Dessert sharoblari


Download 82.86 Kb.
bet9/20
Sana17.06.2023
Hajmi82.86 Kb.
#1521366
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
5 Ma\'ruza DESERTLI VA QUVVATLI SHAROBLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI (1)

Nazorat savollari:

  1. Desert va quvvatli sharoblarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  2. Desertli yarim shirin sharoblar qanday tayyorlanadi ?

  3. Shirin desertli va likyor sharoblar qanday tayyorlanadi ?

  4. Tokay sharoblari qanday tayyorlanadi ?

  5. Quvvatli sharoblarni tayyorlash usullari haqida ma’lumot bering.

  6. Quvvatli sharoblarning qanday turlari bor?

  7. Desert sharoblar qanday uzum navlaridan tayyorlanadi?

  8. Uzumni pishganlik darajasini olinadigan sharob turlariga ta’siri qanday?

mavzu: Sharobmaterialni saqlash.
Reja:

  1. Sharobmaterialni saqlash vaqtidagi fizikaviy jarayonlar.

  2. Sharobmaterialni saqlash vaqtidagi bioximiyaviy jarayonlar.

  3. Sharobmaterialni saqlash vaqtida bajariladigan ishlar.

  4. Sharobmaterialni «perelivka» qilish usullari.



Tayanch so‘z va iboralar. Sharobmaterial, «buket», uchuvchan moddalar, akdsorbentlar, ekstraktiv moddalar, xemosorbtsiya, «dolivka», «perelivka», «usushka», sulfitlash.
1.Sharobmaterialni saqlash vaqtidagi fizikaviy jarayonlar. Sharobmaterial sharobni saqlash-muxim texnologik jarayon bo‘lib buning natijasida sharobda o‘ziga xos bo‘lgan maza va «buket» shakllanadi. Uning tarkibidagi chidamsid moddalar cho‘kadi. Sharob tiniklanadi va loyka hosil bo‘lishiga chidamli bo‘ladi.
Sharobni saqlash vaqtida turli xil fizikaviy va bioximiyaviy jarayonlar ruy berib, bu jarayonlarning borishi va ularning tezligi saqlash davrining ba’zi boskichlarida uzgaradi. Bu jarayonlarning borishiga turli texnologik operatsiyalar ta’sir etadi. Sharobmaterialni saqlash vaqtidagi fizikaviy jarayonlar. Saqlash vaqtida moddalarning eruvchanligi kamayib erimaydigan xolatga utishi va cho‘kishi; sharob tarkibidagi uchuvchan moddalarni buglanishi.
Cho‘kish jarayoni suyuq va kattik fazalarning og‘irlik kuchi ta’sirida ajralishi bo‘lib, u saqlash vaqtida uzluksiz davom etadi. Buning natijasida sharob tiniklanadi. Bu jarayonni borishiga atrof-muxit xarorati va tashki mexanik kuchlar ta’sir etadi, masalan qurilmalarni tebranib ishlashi salbiy ta’sir etadi, chunki sekinlashadi va natijada sharobni tinishi cho‘ziladi. Shu sababdan sharobmateriallar saqlanadigan xonalarida bir xil xarorat va devorlani tebratib kuch bilan ishlaydigan qurilmalar urnatilmaydi.
Cho‘kish jarayonini tezlashtirish mumkin. Sharob tarkibidagi uchuvchi moddalarning bo‘linishi, sharob saqlanadigan sig‘imlaridan gaz utkazish xususiyatiga va ularning maxkamligiga bog‘lik. Metall sig‘imlarda va yogoch sig‘imlarda ko‘p buglanish bo‘ladi. Buglanish natijasida sig‘imdagi sharobning miqdori kamayadi, uning tarkibidagi uchuvchan moddalar miqdori kamayadi va ekstraktiv moddaning kontsentratsiyasi oshadi. Buglanish sharob saqlanadigan xonaning xarorati va xavoning nisbiy namligiga boglik.

Download 82.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling