Dessert sharoblari
Download 82.86 Kb.
|
5 Ma\'ruza DESERTLI VA QUVVATLI SHAROBLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shirin desertli va likyor sharoblar.
- Muskat sharoblari.
Desert sharoblar turlari.
Desertli yarim shirin sharoblar. Sharoblarning bu turi keng tarqalmagan. Bu sharoblarda spirt 15-16%, qand 5 dan 10% gacha, kislotalik 6 gG‘l yuqori bo‘ladi. Desertli yarim shirin sharoblar turli usulda tayyorlanadi. Bijg‘iyotgan uzum sharbatida kerakli qand miqdorini saqlab qolish va bijg‘ish jarayonini to‘xtatish uchun spirt qo‘shib tayyorlanishi mumkin. Shirasiz va yarim shirali sharoblarni kupajlab spirt qo‘shib quvvatliligini 15-16% gacha etkazib bu sharoblarni tayyorlasa bo‘ladi. Bu ichimlik toifasiga oq, nim qizil va qizil sharoblar kiradi. Shirin desertli va likyor sharoblar. Shirin va likyorli sharoblar umumiy ishlab chiqarish texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lib ularning o‘rtasidagi farq qand miqdoriga borib taqaladi. Bizning mamlakatimizda yuqori sifatli desertli sharoblar ishlab chiqarish uchun qulay iqlim va tuproq sharoitlar mavjud. Desert sharoblar uzumlarning turli navlaridan tayyorlanadi. Muskat sharoblari. Bu sharoblar yarim shirin yoki shirin bo‘lib, muskat uzumlardan ya’ni oq, nim qizil, qora, siyoh rang, aleksandriya va vengriya navlaridan tayyorlanadi. Muskat aromati sharoblarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Bu aromat meva po‘stlog‘ida bo‘lib qayta ishlashda uzum uzum sharbatida erib ketadi. Pishib yangi uzilgan va biroz so‘ligan mevalarda muskat aromati yaxshi suziladi. Uzum juda so‘lib, quriganda efir moylar oksidlanish natijasida muskat hidi susayadi. Bu holatni muskat sharoblarni tayyorlashda hisobga olish lozim. MDH davlatlarida muskatlar keng tarqalgan, muskatlardan eng yaxshi sharoblarni Qrimning Janub qirg‘oqlarida tayyorlashadi. Qrimda muskatni quyidagicha tayyorlashadi. Kech terilgan so‘ligan uzumni qirg‘ichdan o‘tkazadi, uzum sharbatini mezgada ushlab turib aralashtiradi, bir sutkada keyin siqib oladi. Bijg‘ish boshlanishi bilan spirt qo‘sha boshlaydi. Ko‘proq qand saqlash uchun uni izchil va tez ravishda olib boradi. Buning uchun uzum sharbatida 6% spirt bo‘lib turishiga qarab uni qo‘shadi. Shundan keyin sof achitqilar kiritib, 3-3,5% qandni bijg‘itadi va asta-sekin spirt qo‘shib uning miqdorini 13% gacha etkazadi. Sharob tiniqlashganda uni suzib oladi (noyabrda) va bir oydan keyin ikkinchi marta suzishadi. Ikkinchi va keyingi yillari oksidlanishning oshishini va aromatini yo‘qotilmasligini oldini olish uchun bir martadan yopiq holatda sharob qayta suziladi. Markasiga qarab muskat sharoblar ikki-to‘rt yil davomida yaxshi saqlanadi. Ulardagi spirt miqdori 12 dan 16% gacha, qand miqdori 16 dan 30% gacha bo‘ladi. Shu yo‘l yordamida Pino seriy, Aletiko, Qrim Pedrosi navlaridan sharob tayyorlanadi. Qrimda joylashgan «Masandra» kombinati chiqarayotgan eng yaxshi sharoblarga quyidagilar kiradi: Livadiya (spirt 13%, qand 30%), Kastel (spirt 13%, qand 24%), Krasniy itmen va Beliy desertniy (spirt 13%, qand 23%), Yujnoberejniy (spirt 16%, qand 20%), Tavrida qora muskati (spirt 13%, qand 26%). Aromatik muskatlari ham ajoyib sifatlarga ega. Oq va nim qizil muskatlar bir xil konditsiyaga ega bo‘lgan holda (spirt 15%, qand 24%) xususiyatlari jihatidan ajralib turadi. Ba’zi yillarda bu ular Qrim sharoblaridan qolishmaydi. MDH mamlakatlarida ishlab chiqarilgan desert sharoblar Angliya, Italiya, Vengriya, Avstriya, Germaniya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan ko‘riklarda oliy mukofotlar bilan taqdirlangan. Frantsiya, Italiya va Ispaniyada ishlab chiqarilayotgan muskat sharoblar. Frantsiyaning Janubiy hududlarida Lyukel Rivezelt, Froptinyan va Morasal nomli mahalliy muskat sharoblar ishlab chiqariladi. Frantsiyada muskat navli uzumlarni sinchkovlab saralab oladi. Pishgan uzumlarni so‘lishi uchun ob-havoga qarab 2-3 hafta navdada qoldiradi. Ba’zi bir yillarda so‘ligan uzumdan olingan uzum sharbatida 35% gacha qand bo‘ladi. Bunday uzum sharbatilarning bijg‘ishidan keyin sharobda 14% alkogol va 10-12% qand qoladi. Yig‘ilgan uzum saralandi. Undagi chirigan qurib qolgan va pishmagan mevalari olib tashlanadi. Tozalangan uzum shingil ajratuvchi maydalagichdan o‘tkazilib 4-5 marta presslab siqib chiqaradi. Pressdan chiqqan uzum sharbatini bochkalarga quyib bijg‘itadi. Ba’zida 40% qandi bor qattiq dudlangan qandli uzum sharbati sekin bijg‘iydi. Tez-tez qayta suzish va dudlash yordamida 1-2 yil ichida bijg‘ish to‘xtab muskat tiniqlashadi. Tez bijg‘ib ketishdan qo‘rqib, ba’zi sharobsozlar uzum sharbati bijg‘ishi oldindan unga spirt qo‘shadi. Spirt tez bijg‘ib ketishga yo‘l qo‘ymaydi. Bijg‘ish tugagandan so‘ng sharobni suzib achitqilardan ajratib olishadi. Birinchi yili bochkada bir necha yil davomida etiladi. Shundan keyin u butilkalarga suziladi. Shunday usulni qo‘llab dastlab qandi yuqori bo‘lgan uzumlardan (35-40%) qandi oz (12-15%) muskatlr tayyorlanadi. Qandi ko‘p bo‘lgan muskatlarni tayyorlashda frantsuz sharobsozlari spirt qo‘shadi. Umuman Frantsiyada muskat sharoblarni ishlab chiqarishda spirtlash keng yoyilgan usuldir. Frantsiya qonunini spirtlayotgan uzum sharbatida 5% dan kam bo‘lmagan o‘zining spirti mavjud bo‘lishligini talab qiladi. Spirt qo‘shilgan uzum sharbatini (mistel) Frantsiyada sharob sifatida bozorga chiqarish ta’qiqlangan. Shuningdek Sitsiliya (Palerno, Sirakuzi), Kalabriya va Vezuviy atroflarida italyan muskatlarini ishlab chiqarishadi. Download 82.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling