Екстремизм ва терроризмга карши курашнинг маънавий-маьрифий асослари


Download 231.81 Kb.
bet30/57
Sana11.11.2023
Hajmi231.81 Kb.
#1767039
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
maruza-matni

Tashkilotning asoschisi. Guruh 2006 yil 15 oktyabrda bir guruh qurolli jamoalarning yig‘ilishi natijasida yuzaga kelgan. Guruhga Abu Umar ismli shaxs yetakchi etib saylangan. Bir qancha qo‘poruvchilik harakatlarini o‘z bo‘yniga olgan.
2010 yil 19 aprelda Abu Umar Bag‘dodiy o‘ldirilgandan so‘ng guruhga Abu Bakr Bag‘dodiy yetakchi bo‘ladi. Manbalarda kelishicha, Abu Bakr Bag‘dodiyning ikki nafar asosiy yordamchisi bor. Bular: Abu Ali Anboriy; u harakatning Suriyadagi harbiy harakatlarini boshqaradi. U Saddam Husayn armiyasida sobiq generaldir. Ikkinchisi, Abu Muslim Turkmoniy; u Iroq armiyasida yetakchi razvedka mutaxassisi bo‘lgan.
Tashkilotning asosiy g‘oyalari. Tashkilot xalifalikni qaytarish va shariatni tatbiq qilishni иmaqsad qiladi.
Moliyaviy manbalari: Tashkilot Iroqning Mosul va boshqa mintaqalarini egallagandan so‘ng dunyodagi eng boy terroristik tashkilotlardan biriga aylangan. Rasmiy bayonotlarda aytilishicha, Mosul shahridagi Markaziy bankidan 500 milliard Iroq dinorini qo‘lga kiritgan. Harakatga tegishli ommaviy axborot vositalari: Harakatning “Dobiq” nomli jurnali bor.
Harbiy kuchlari: IShID tasarrufida Iroq va Suriya armiyasidan qo‘lga kiritgan bir qancha tanklar, raketalar, zirhli texnika va boshqa qurollar bor.
Harakatga munosabat: Hozirgi kunda “Islom davlati” tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladigan qonunlar joriy qilinmoqda. Jumladan, xristian dini vakillarini “zimmiy” hukmida hisoblab, ulardan “jizya” solig‘ini majburlab undirish, ularga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanmaslik kabi taqiqlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, har qanday musiqiy disklar yoki musiqa asboblarini sotish ham man etilgan. Musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga o‘rta asr jazo metodlari qo‘llanmoqda. Butun dunyo musulmon ulamolari “Islom davlati”ning faoliyatini tanqid qilib, harakat tomonidan e’lon qilingan xalifalik islom ta’limotlariga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini ta’kidlamoqdalar.

Download 231.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling