Elektr energetikasi


Transformatorlardagi kuchlanish isrofini aniqlash


Download 5.18 Mb.
bet24/91
Sana14.10.2023
Hajmi5.18 Mb.
#1701867
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
Bog'liq
Маъруза Аудит

Transformatorlardagi kuchlanish isrofini aniqlash

Quyidagilarni qabul qilamiz S1=P1+jQ1– transformator-larning birlamchi chulg’ami qabul qiladigan quvvat; S2=P2+jQ2 – transformatorlaring ikkilamchi chulg’ami orqali chiqib ketadigan quvvat; S1– S2 – transformatorlarning ichki isroflari.


Transformatorlarning almashtirish sxemasi liniyanikiga o’xshashligi sababli, U’ va  U” – larni yuqoridagi formulalar orqali aniqlanadi.


Elektr tarmoqlardagi quvvat isrofini aniqlash
Elektr energiyani tarmoqlar orqali uzatish va taqsimlash chog’ida liniya va transformatorlarda quvvat va energiya isrofi kuzatiladi. Quvvat isrofi-aktiv R va reaktiv - Q quvvat isroflariga bo’linadi.
Aktiv quvvat isrofi [P=3I2R] – bu isroflar tarmoqlarning elektr o’tkazgichlari va transformator simlarining qizishiga sarf bo’ladi.
Katta sistemalarda bu isroflar o’nlab 100 minglab kVt ni tashkil etishi mumkin. Bu isroflar o’rnini qoplash uchun esa elektr stansiya quvvatini yanada oshirish ya’ni qo’shimcha mablag’ talab etiladi.
Iste’molchilar quvvatiga qarabgina generator quvvatini tanlab bo’lmaydi. 2 mln. kVt li sistemada aktiv quvvat isrofi 200-300 mln. kVt –ni tashkil etadi, hamda o’sha isroflarni qoplash maqsadida generatorga qaratiladigan qo’shimcha mablag’ ham 20-40 mln. so’mni (1961 yil narxida) tashkil etadi. Yil davomida yo’qotilgan energiya narxi esa 5-7 mln. so’mni tashkil etadi.
Reaktiv quvvat isrofi [Q=3I2X]– transformatorlarda va liniya o’tkazgichlarida XL va XT hisobiga hosil bo’ladi.
Isroflarni qoplash maqsadida nimstansiyada maxsus reaktiv quvvat generatorlari sinxron kompensatorlari va kondensatorlar o’rnatiladi: bu esa o’z navbatida yana qo’shimcha mablag’ni talab etadi.
Sistemadagi reaktiv quvvat isrofi har doim aktiv quvvat isrofiga nisbatan yuqori bo’lgan, ya’ni XL va XT bir necha bor RL va RT – ga nisbatan ko’proq. Lekin 1 MVt genenratsiya qilinayotgan reaktiv quvvat narxi o’rnatilgan quvvatga nisbatan 10-15 marta kamdir.
Quvvat va energiya isroflari kuchlanishini ko’tarish, ko’ndalang kesim yuzasini ko’tarish va iste’molchilarda kondensatorlar, hamda sinxron kompensatorlarni o’rnatish hisobiga amalga oshiriladi. Loyihalashtirish jarayonida energiya isrofini kamaytirish masalasi ko’ndalang qo’yiladi, sababi sistema faoliyati uning iqtisodiy qo’rsatkichlariga ham bog’liqdir.



Download 5.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling