5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi;
6) investitsiya nizolari bo‘yicha;
7) raqobat to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi.
Shuningdek, sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risidagi ma’muriy va
boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan
yuzaga keladigan, qonun bilan o’zining
vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Endi yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda bizga berilgan muammoli vaziyatdagi ish
haqiqatan ham ma’muriy sudga taalluqli ekanligini asoslab beramiz. Demak, bu vaziyatda
javobgar sifatida keltirilgan ma’muriy organlar - Urganch tuman hokimligi va Urganch
tuman davlat kadastrlar xizmati bo‘limi va arizachi B.Usmanov hisoblanadi. Arizachining
talabi – yer maydoni bo’yicha (marhum) otasi B.Pardayev nomiga egalik huquqini eʼtirof
etish majburiyatini yuklash bo’lib, bu
MSIYTK ning 27-moddasida keltirilgan 7 ta
ishlardan 5-toifasiga to’g’ri keladi.
Navbatdagi masala vakillikning o’ziga xos jihatlariga yuzlanadigan bo’lsak, dastavval o’zi
sudda vakillik orqali ish yuritish degan tushunchaga ta’rif berishimiz lozim.
MSIYTKning
58-moddasiga ko’ra vakillik
orqali ish yuritish - “Sudda yuridik shaxslarning ishlarini
ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat
qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi.”
Vakillikning ham ikki turi bor : qonuniy va shartnoma bo’yicha (ixtiyoriy). Bizdagi
vaziyatda vakillikning ikkinchi turi bor. Shartnoma bo’yicha
vakillikni batafsil
tushuntiradigan bo’lsak, bunda vakillar ixtiyoriy ravishda vakil sifatida ishtirok etishadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: