4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — ushbu tashkilotlar a’zolarining
ishlari
bo‘yicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish huquqi
berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda protsessual ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning
topshirig‘i bo‘yicha;
7) ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida
ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat
bilan faqat advokatlar
shug‘ullanishi mumkin.
3. Kazusdagi vaziyatdan kelib chiqib javobgar va uchinchi shaxslarning sud majlisiga
kelmaslik oqibatlarini tahlil qiling.
148-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim
etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif
qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar
bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi
sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi
bo‘lgan taqdirda, arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar,
uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin.
Kazusdagi holatda Javobgar Majburiy ijro byurosi Bektemir tumani bo‘limi
hamda
uchinchi shaxs Toshkent shahar Bektemir tumani hokimiyati vakillari sud majlislarining
vaqti va joyi tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lsada
kelmadi va kelmaganlik
sabablarini sudga maʼlum qilmadi. Shunga qaramasdan, MSIYtKning 148-moddasi oxirgi