Golozoy usulida


Bir hujayrali suvo‘tlar kulturasi


Download 69.24 Kb.
bet10/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

Bir hujayrali suvo‘tlar kulturasi. Bir hujayrali suvo‘tlardan Chlorella avlodiga mansub Chl. elipsoidea, Ch1. vulgaris, Chl. pyrenoides va boshqa bir hujayrali suvo‘tlardan diatom va ko‘k yashil suvo‘tlari keyingi vaqtlarda MDH mamlakatlarida, Ame-rika, Yaponiyada ko‘p miqdorda o‘stirilmoqda. Ular hosil qilgan biomassada ko‘p miqdorda oqsil, yog‘ va vitaminlar uchraydi, shuning uchun ular hayvonlar uchun foydali ozuqa sifatida o‘stiriladi. Masalan, xlorella yorug‘lik energiyasini 24% o‘zlash-tirib, 1m2 yuzada 1 kunda 70 g quruq modda hosil qiladi. 1 gek-tardan 700 kg dan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1m2 da 110 kg dan hosil olingan.
Xlorella hosil qiladigan biomassada 50% oqsil va ko‘p miq-dorda C vitamini bo‘ladi. Quritilganida esa vitamin miqdori ka-mayadi. Xlorelladan olingan oqsil tarkibida juda oz miqdorda bo‘lsa ham metionin aminokislotasi uchraydi, 5-6% yog‘ bo‘-ladi. Agar o‘stirish sharoiti o‘zgartirilsa, unda yog‘ miqdori orti-shi mumkin. Ozuqa muhitida azot kam bo‘lsa, xlorella sekin o‘sadi, oqsil miqdori kamayadi, yog‘ miqdori esa ko‘payadi.
Tajribalarning birida Chl. pyrenoides normal usulda oziq-lantirilganda, biomassada 88,2% oqsil va 5,2% yog‘ hosil bo‘l-gan. Azot yetishmaganda 7,3% oqsil va 83,2% yog‘ hosil bo‘lgan. Xlorella maxsus ochiq yoki yopiq tizimlarda CO2 bilan boyi-tilgan havoda va ozuqa tuzlari yetarli bo‘lgan sharoitda o‘stiri-ladi. Azot manbayi sifatida KNO3 yoki (NH4)2CO4 tuzi beriladi. Ayniqsa mochevina yaxshi o‘g‘it hisoblanadi. Xlorella o‘stirila-yotgan hovuzlarda temir tuzlari cho‘kmaga o‘tib qolmasligi va xlorella hujayralarida fotosintez jarayoni yaxshi borishi uchun, hovuzlardagi suyuqlik muntazam ravishda aralashtirib turiladi. Xlorella kosmik kemalarda o‘stirilsa, kosmonavtlarni kislorod bilan muntazam ta’minlab turadi.
Xemosintez jarayonlari. Xemosintez jarayonining tabiatini S.N. Vinogradskiy (1887) aniqlagan. Bu jarayonda CO2 va H2O kimyo-viy energiya hisobiga birikadi va geksoza hosil bo‘ladi. Xemosintez jarayoni oltingugurt bakteriyalari, nitrifikatorlar, temir, tion va vodorod bakteriyalari tomonidan amalga oshiriladi:

1) 2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ.


2) 2HNO2 + O2 = 2HNO3 + 180 kJ.
4FeCO3 + 6H2O + O2 = 4Fe(OH)3 + 4CO2 + 167 kJ
2H2 + O2 → 2H2O + 575 kJ.

Oltingugurt bakteriyalari H2S hosil bo‘ladigan suv havzalari-da keng tarqalgan. Bular H2S → S → H2SO4 gacha oksidlaydi.


2H2S + O2 = 2H2O + S2.


S2 + 2H2O + ZO2 = 2H2SO4 + 479 kJ.


Oltingugurt bakteriyalari tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, S ning tabiatda aylanib turishida muhim ahamiyatga ega. Bu bakteriya-larga rangsizlardan Beggiotoa (39-rasm), Thiophysa (40-rasm), Thiospirillum (41-rasm), Thiortix va boshqalar misol bo‘ladi.




Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling