Golozoy usulida


Ozuqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga kirishi


Download 69.24 Kb.
bet2/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

Ozuqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga kirishi. Mikroorganizmlarning o‘sishi uchun suv juda zarur. Chunki ozuqa moddalari suvda erigan holda bo‘lib, ularni bakteriyalar olib, o‘z hujayralarini tiklaydi va energiya oladi. Ozuqa muhit-larida mikroorganizm hujayra hosil qilishi uchun kerak bo‘lgan barcha elementlar mikroorganizm o‘zlashtiradigan holatda bo‘li-shi kerak. Suvda erigan ozuqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar yordamida kiradi. Hujayraga ularning o‘tishida hujayra devori baryerlik vazifasini bajarsa, sitoplazmatik mem-brana aktiv tanlovchi vazifasini bajaradi. Moddalar hujayraga konsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar bo‘lsa) yoki elektr potensiallari farqi bo‘yicha (tsitoplazmatik membrananing ikki tomonida elektr potensiallari farqi) mavjud bo‘lsa passiv diffu-ziya orqali, o‘tadi. Moddalar transporti osonlashgan diffuziya orqali, konsentratsiya farqi mavjud sharoitda energiya sarflan-may ham yuz berishi mumkin. Yana boshqa turi aktiv tran-sportda, moddalar hujayra ichiga konsentratsiya gradiyentiga qar-shi yo‘nalishda ham kiradi. Unga ATF sarflanadi. Bu mexanizm moddalarning muhitdagi konsentratsiyasi kam bo‘lganda ham ishlatiladi.
Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo‘lib, ular hu-jayraga moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina E.coli hujayrasida laktozani o‘tkazadigan 8000 tacha permeaza mole-kulasi mavjud.
Qand moddalarning hujayraga o‘tishida, avvalo, ular hujayra tashqarisida ferment yordamida fosforlanadi, so‘ngra sitoplaz-maga o‘tadi.
Demak, mikroorganizmlarning ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoji hujayra ichidagi fermentlar tarkibidan tashqari biror birikmani o‘zlashtirish uchun uning maxsus transport mexaniz-mi ham muhim o‘rin tutadi.
Har xil moddalarning kimyoviy tuzilishi bilan ularning mik-rob hujayrasiga kira olishi o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik mav-jud. Ionlarga ajralmaydigan uglevodorodlar va boshqa birikma-lar, odatda, hujayraga juda tez o‘tadi. Agar organik birikmaning molekulasida aminoguruh, oksiguruh yoki karboksil guruh bo‘lsa, moddalarning hujayra ichiga kirish xususiyati keskin o‘zgaradi.
Bunday guruhlar qancha ko‘p bo‘lsa, organik moddalarning hujayra ichiga kirishi shuncha sekinlashadi. Hujayra ichiga ki-radigan moddalar nafas olishda hosil bo‘ladigan H+ va HCO- ionlariga almashinib o‘tadi.

Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling