Golozoy usulida
Download 69.24 Kb.
|
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fotoorganogeterotrof usulida
- 2. Xemotrof
1.Fototrofiya (energiya manbayi quyosh energiyasi).
1.1. Fotolitoavtotrofiya usulidagi oziqlanish hujayra mod-dalarini yorug‘lik nuri, CO2, noorganik moddalar (H2O, H2S, S) yordamida hosil qiladi. Ya’ni fotosintezni amalga oshiradi. Bu guruhga sianobakteriyalar, qirmizi bakteriyalar va yashil bak-teriyalar kiradi. Sianobakteriyalar o‘simliklar kabi fotoximiya usulida CO2 ni suv molekulasidagi vodorod bilan quyidagi reak-siyasini amalga oshiradi: CO2+H2O+yorug‘lik nuri (CH2O) +O2 Bu simvol (CH2O)ni qaytarilish darajasi va undagi ugle-rodlar sonini ko‘rsatadi. Qirmizi oltingugurt bakteriyalar fotosintezni amalga oshira-digan a va b xlorofillar hamda har xil karotinoid pigmentlarga ega. Bu bakteriyalar H2S tarkibidagi H ni ishlatib, organik mod-da hosil qiladi. Sitoplazmada oltingugurt donalari to‘planadi va keyinchalik sulfat kislotasigacha oksidlanadi: CO2+ 2H2S+ yorug‘lik nuri (CH2O) + H2+2S 3 CO2+2S+5H2O+ yorug‘lik nuri 3(CH2O) +2H2SO4 Qirmizi oltingugurt bakteriyalar ko‘pincha obligat anaerob-lardir. 1.2. Fotoorganogeterotrof usulida oziqlanish fotosintezdan tashqari oddiy organik moddalarni ishlatadigan mikroorganizm-larga xos oziqlanishdir. Bu guruhga qirmizi oltingugurt bo‘lma-gan bakteriyalar (qirmizi nooltingugurt bakteriyalar) kiradi. Ularni a va b bakterioxlorofillari hamda har xil karotinoid pigmentlari bor, ular H2S ni oksidlay olmaydi, oltingugurt to‘plab, tashqi muhitga chiqarmaydi. 2. Xemotroflar (energiya manbayi sifatida anorganik va organik birikmalar ishlatiladi). 2.1. Xemolitoavtotrofiya usulida oziqlanish H2, NH3+ , NO2-, Fe2+, H2S, S, SO32-, S2O32-, CO va boshqa anorganik birikmalar-ning oksidlanishidan energiya oladi. Bu jarayon xemosintez deb ataladi. Uglerodni xemolitoavtotroflar CO2 dan oladi. Xemosintez (temir hamda nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarda) S.N. Vinogradskiy tomonidan kashf qilingan. Xemolitoavtotrofiya ammiak va nitritlarni oksidlaydigan nitri-fikatsiyalovchi bakteriyalar, serovodorodni, elementar oltingugurt va oltingugurtning ba’zi oddiy birikmalarini oksidlaydigan oltingu-gurt bakteriyalari tomonidan, vodorodni suvgacha oksidlaydigan, ikki valentli temirni uch valentli temirgacha oksidlaydigan va hoka-zo bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. 2NH3 + 3O2 = 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ. 2HNO2 + O2 = 2HNO3 + 180 kJ. 4FeCO3 + 6H2O + O3 = 4Fe(OH)3 + 4CO2 + 167 kJ 2H2 + O2 → 2H2O + 575 kJ. Oltingugurt bakteriyalari H2S hosil bo‘ladigan suv havzalari-da keng tarqalgan. Bular H2S → S → H2SO4 gacha oksidlaydi. 2H2S + O2 = 2H2O + S2. S2 + 2H2O + 3O2 = 2H2SO4 + 479 kJ. Download 69.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling