Golozoy usulida


Download 69.24 Kb.
bet6/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

Avtotroflar H2H2O gacha oksidlaydi, u tubandagi teng-lama bo‘yicha amalga oshadi: 2H2 + O2 2H2O  575 kJ.
Tuproqdagi ba’zi mikroorganizmlar (Bact. pantotropus va Bact. olygocarbophilus) uglerodni organik moddalardan yoki CO2 dan oladi. Vodorod bakteriyalari molekulyar holdagi H2 ni oksid-laydi. Bular orasida anaeroblar, fakultativ anaeroblar va aeroblar bor. Bu bakteriyalarni 1906-yilda Lebedev va Kazerer tekshirgan.
Vodorod bakteriyalari avtotroflarga kirib, rangsiz, spora hosil qilmaydi, oddiy sun’iy muhitda (tarkibida azot, aminokislotalar bo‘lganda) bemalol o‘sa oladi. Ozuqa muhitiga S, R, Mg, K, Sa va mikroelementlardan Fe, Ni qo‘shiladi, muhit rH = 6,5-7,5 va harorat 28-35°C da yaxshi o‘sadi.
Vodorod bakteriyalari quyidagi gazlar aralashmasida tez o‘sadi: CO2 - 10%, O2 – 10-30%, H2 – 60-80%. Reaksiya tubandagicha kechadi:
H2+1/202H2O; ΔF = -23,5.104 J yoki 6H2+2O2 + SO2  CH20]+5H2O.
Fermentlardan gidrogenaza va ATF ishtirok etadi. Bu bakte-riyalar uchun zarur bo‘lgan H2 va O2 suvning elektrolizidan, C va N chiqindi moddalardan olinadi.
Vodorod bakteriyalari sifatli oqsil sintezlash xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun kemalardagi muhit uchun muhim ahamiyatga ega. Fotoreduksiyani oltingugurtni oksidlovchi yashil va qirmizi rang bakteriyalar amalga oshiradi. Bular H2S ni o‘zlashtirib, uni yorug‘lik energiyasi hisobiga oksidlaydi.
Haqiqiy fotosintez jarayonini, ya’ni H2O, CO2 va yorug‘lik energiyasidan foydalanib organik modda hosil qilish hamda oz miqdorda kislorod ajratish jarayonini tuban o‘simliklardan yashil suvo‘tlar va sodda hayvonlardan yashil yevglena amalga oshiradi.
Ba’zi bakteriyalar organizmdan tashqarida uchramaydi. Ma-salan, difteriya tayoqchasi, zahm kasalligining spiroxetasi va boshqalar; keyingilari parazit va saprofit holda yashay oladi. Ma­salan, kuydirgi yarasini vujudga keltiruvchi Bac. anthracis sun’iy ozuqa muhitida saprofit kabi yaxshi o‘sadi. Ba’zi vakillari, masalan, sellyulozani parchalovchilar qaerda sellyuloza bo‘lsa, o‘sha yerda uchraydi. Bakteriyalarni o‘stirish uchun maxsus ozu­qa muhiti kerak. Saprofit mikroorganizmlar uchun go‘sht-pepton-jelatinali va go‘sht-pepton-agarli substratdan foydalaniladi.

Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling