Golozoy usulida
Xemoorganogeterotrofiya usulida
Download 69.24 Kb.
|
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geterotroflar
2.2. Xemoorganogeterotrofiya usulida oziqlanish kerakli ener-giya va uglerodni organik moddalardan oladigan mikroorganizm-larga xosdir. Bularga tuproq va boshqa substratlarda yashovchi ae-rob anaerob mikroorganizmlar kiradi.
Xemoorganogeterotroflar organik materiallar hisobiga yashov-chi saprofitlarga va tirik organizmlar to‘qimalarida yashovchi parazitlarga ajratiladi. Bu ikkinchi usul paratrofiya deyilib, paratrof mikroorganizmlar faqat hujayra ichida yashovchi obligat bak-teriyalar bo‘lib, xo‘jayin hujayrasidan tashqarida yashay olmaydi (rikketsiylar va boshqa bakteriyalar). Yuqorida tavsif berilgan oziqlanish usullaridan mikroorga-nizmlar orasida eng ko‘p tarqalgani – fotolitoavtotrofiya va xemoorganogeterotrofiya usulida oziqlanishlardir. Birinchi tur oziqlanish oliy o‘simliklar, suvo‘tlari va bir guruh bakteriyalarga, ikkinchi turdagi ovqatlanish bakteriyalarning boshqa maxsus sharoitda yashaydigan guruhlariga xos. Ko‘plab mikroorganizmlar oziqlanishning bir usulidan ik-kinchisiga o‘tishi mumkinligi aniqlangan. Masalan, vodorod bakteriyalar ma’lum sharoitda (muhitdagi uglevod va organik kislotalarda kislorodning borligi) xemolitoavtotrofiya usulidan xemoorganogeterotrofiya usuliga o‘tishi aniqlangan. Mikroorganizmlarning oziqlanishi va usullari haqida boshqa bir manbalarda quyidagicha talqin etiladi (Inog‘omova, 1983). Barcha yashil o‘simliklar, ko‘k-yashil suvo‘tlari, qirmizi va yashil rangli oltingugurt bakteriyalari – fotolitotroflar, nitrifikator-lar – xemolitotroflar, hayvonlar va ko‘pchilik mikroorganizmlar – xemoorganotroflardir. Oziqlanishning eng keng tarqalgan turi gete-rotrof, ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanishdir. Geterotroflar orasida saprofitlar qoldiq organik moddalar bi-lan oziqlansa, parazitlar tirik organizmlar hisobiga oziqlanadi. Geterotroflardan tashqari avtotrof mikroorganizmlar ham bor. Bular xemosintez, fotosintez, fotoreduksiya hisobiga o‘zi organik moddalar hosil qiladi. Xemosintez jarayonida CO2 va H2O dan ajralib chiqqan kimyoviy energiya hisobiga organik modda hosil bo‘ladi, bunda NH3NO2HNO3gacha oksidlanadi (nitrifika-torlarda) yoki FeSO3 Fe(OH)3 ga aylanadi (temir bakteriya-larda). Bu jarayonlarda ajralgan energiya hisobiga xemosintez javrayon amalga oshadi. Download 69.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling