Golozoy usulida
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez
Download 69.24 Kb.
|
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI
Yashil va qirmizi rang bakteriyalarda fotosintez. Barcha yashil o‘simliklarning eng muhim xususiyatlaridan biri quyosh nurlari yordamida CO2 va H2O dan organik modda hosil qilish, ya’ni fotosintez jarayonidir. Uni quyidagi tenglama bilan ifo-dalash mumkin:
6CO2 + 6H2O + yorug‘lik energiyasi C6H12O6 + 6O2 Fotosintez jarayonida yorug‘lik energiyasi yutiladi va organik moddada to‘planadi, atrofga esa kislorod ajralib chiqadi. Tuban organizmlardan ko‘k-yashil va bir hujayrali yashil suv-o‘tlarida ham fotosintez jarayoni boradi, ayniqsa, xlorella muhim ahamiyatga ega. Oliy o‘simliklardan farq qilib, yashil bakteriyalar (Chlorobium, Pelodictyon), ko‘k-yashil suvo‘tlar xlorofillni qoron-g‘ida hosil qiladi. Rus olimi Artari (1899, 1913) aniqlashicha, ko‘pchilik yashil suvo‘tlari va lishayniklar tanasidan ajratib olingan suvo‘tlar agar-agarda yaxshi o‘sadi (ya’ni ozuqa muhitida glyukoza, pepton, mineral tuzlar bo‘lganda). Bu esa V.N. Lyubimenko va A.I. Oparinning fikrini, ya’ni ular geterotrof oziqlanish avtotrofdan oldin kelib chiqqanligini tasdiqlaydi. Yashil bakteriyalar va yuksak o‘simliklardagi xlorofill turli nur-larni yutadi. Yuksak o‘simliklardagi xlorofill qizil va ko‘k-binafsha nurni yutsa, bakteriyalardagi xlorofill olti xil rangli nurni yutadi. Qirmizi rang bakteriyalardagi xlorofill o‘simliklardagi „a” xlorofillidan farq qiladi, o‘simlik xlorofillidagi birinchi pirol halqada vinil guruh, ya’ni CH2 | CH bo‘lsa, bakterioxlorofillda CH2 | C = O ya’ni metil guruh bor. Bundan tashqari, bakterioxlorofill molekulasida ikki atom vodorod ortiqcha, nurlarning yutilish maksimumi yashil va qir-mizi rang bakteriyalarda 800-890 nm oralig‘ida. Qirmizi bakte-riyalarning karotinoidlari 400-600 nm orasidagi nurni yutib, uni bakterioxlorofillga o‘tkazadi. Ulardagi xlorofill granulalarida joy-lashadi va faqat elektron mikroskopda ko‘rinadi (38-rasm). 38-rasm. Mikroorganizmlarning fotosintez apparati: 1, 4 – qirmizi bakteriyalar; 2,3,5 – yashil rangli oltingugurt bakteriyalari. Ularda fotosintez quyidagicha boradi: Yashil bakteriyalarda: Qirmizi bakteriyalarda: Download 69.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling