Golozoy usulida


Mikroorganizmlarning ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoji


Download 69.24 Kb.
bet3/11
Sana13.12.2022
Hajmi69.24 Kb.
#1000169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MIKROORGANIZMLARNING OZIQLANISHI

Mikroorganizmlarning ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoji. Mikroorganizm hujayrasining asosiy qismini suv (80-90%) tash-kil qiladi (bakteriyalar biomassasini sentrifuga yordamida ajratib olib, cho‘kma analiz qilinganda uning 70-85 % suv, 15-30% ni quruq biomassa tashkil etadi). Agar bakteriya hujayrasi ko‘p za-xira moddalar (lipidlar, polisaxaridlar, polifosfatlar yoki oltin-gugurt) tutsa, uning quruq moddasi ham ko‘proq bo‘ladi.
Bakteriyaning quruq moddasi – asosan polimerlar oqsil (50%), hujayra devori moddalari (10-12%), RNK (10-20%), DNK (3-4%) hamda lipidlar (10%) dan tashkil topgan. Eng muhim kimyoviy elementlardan: uglerod – 50%, kislorod – 20%, azot – 14%, vodorod – 8%, fosfor – 3%, oltingugurt – 1%, kaliy – 1%, magniy – 0,5% va temir – 0,2%. Bulardan tashqari, hujayra tarkibida oz miqdorda, lekin fiziologik aktivlik uchun zarur bo‘lgan bir qancha mikroelementlar: marganets, bor, molibden, rux, mis, kobalt, brom, yod va boshqalar ham uchraydi.
Mikroorganizmlarning oziqlanish usullari
Oziqlanish usuliga ko‘ra bakteriyalar juda xilma-xil guruh-larga bo‘linadi va quyidagi atamalar bilan nomlanadi:
avtotrof (o‘z-o‘zini ovqatlantiruvchi);
geterotrof (boshqalar hisobiga ovqatlanuvchi) usulda oziqla-nish atamasi hayvonlar va o‘simliklar uchun qo‘llaniladi. Lekin mikroorganizmlar uchun yetarli emas, chunki mikroorganizm-larda bu energiya manbayiga ko‘ra va uglerod manbayiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi:
fototroflar – energiya manbayi yorug‘lik bo‘lsa;
xemotroflar – energiya manbayi sifatida har xil organik va anorganik moddalar xizmat qiladi, agar anorganik moddalar (H2, NH3, H2S, Fe+2, C02) va boshqalar bo‘lsa – litotroflar (grekcha “litos” so‘zi “tosh” degan ma’noni bildiradi), tayyor organik moddalarni o‘zlashtiruvchilar –organotroflar deb ataladi.
Mikroorganizmlar o‘zlashtiradigan energiya manbayi va elek-tron donoriga qarab fotoorganotroflar, fotolitotroflar, xemoorga-notroflar va xemolitotroflarga bo‘linadi. Quyida Mishustin bo‘-yicha eng ko‘p tarqalgan oziqlanish usullarini keltiramiz.

Download 69.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling