Humoyun va akbar


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/52
Sana19.08.2020
Hajmi1.29 Mb.
#126916
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
avlodlar dovoni ziyouz com


www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
berganlar. Men uni bugungidek adolat uchun kurashgan paytlarimda taqurmen. Boshqa 
vaqtda ehtiyot qilib asraymen. Toki bu adolat qilichi bizdan keyingi avlodlarga ham nasib 
etsin! 
Qilich qiniga  qaytarib solingach, Shoh Tahmasp Amir Temurning Yildirim Boyazid 
ustidan erishgan g‘alabasini maqtab ketdi: 
— Temur bobongiz Anqara yaqinida Boyazidni tor-mor etgani bizim Tabriz-u Qazvinlar 
uchun-da cho‘x xayrli zafar o‘lmishdir. 
Safaviylar bilan turk sultonlari orasidagi nizolar hozir yana avjiga chiqqan edi. Turklar 
Tabrizni bosib olgandan so‘ng safaviylar poytaxtni Qazvinga ko‘chirishga majbur 
bo‘ldilar. Shu bezovtaliklar davrida turk sultonlarining Temurdan tor-mor bo‘lgan 
paytlarini eslash Tahmaspga alohida mamnuniyat baxsh etar va Humoyunni bugungi 
jasorati uchun e’zozlash imkonini berardi. 
— Biz sizning barcha istaklaringizni bajo etyurmiz, — dedi u yana sal kayfi oshgach va 
Humoyunning qulog‘iga shivirladi: — Ko‘hinur buradami?* 
Humoyunning yuragi shig‘ etdi. 
— Ko‘hinur... Qazvinda. 
— Bir ko‘rmoq istaram... 
— Bajonidil. Qazvinga qaytsak, huzuringizga eltgaymen. 
Ichida esa «mayli, bosh omon bo‘lsa olmos topilgay» deb, Ko‘hinur bilan o‘zicha 
xayrlashib ham qo‘ydi. 
 
____________ 
* A r a ya — oraga. 
* K o‘ n a h — mehmon. 
* E l i — qo‘li demakdir. 
* Q a d a m a — qadab mahkamlangan, instruktatsiya qilingan. 
* B u r a d a — bu yerda.
 
*  *  * 
 
Qazvinning Chilsutun qasri ichida Nigorxona deb ataladigan va kamdan kam odam kira 
oladigan nafosat makoni bor edi. Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari chizgan, har 
biri yuz ming oltin tangaga ham sotilmaydigan noyob rasmlar mana shu Nigorxonada 
saqlanardi. Behzodning o‘zi bundan olti yil avval vafot etgan, u asos solgan Nigorxona 
ishlariga hozir Sulton Muhammad ismli mashhur naqqosh va rassom mutasaddi qilib 
tayinlangan edi. Tahmasp bolaligidan rasm chizishni yaxshi ko‘rar, otasi Shoh Ismoil uni 
yetti-sakkiz yoshida Kamoliddin Behzodga shogirdlikka bergan edi. Nigorxonaning 
devorlariga naqshlangan rasmlar orasida Tahmaspning musaffo bolalik ko‘zi bilan 
ko‘rgan ov manzarasini aks ettiruvchi surati ham bor edi. 
Bugun peshin namozidan so‘ng shoh Tahmasp, uning singlisi Shohzoda Sultonim, 
Humoyun va Hamida bonu — to‘rtovlari shu Nigorxonani yana bir tomosha qilgani 
keldilar. Ularga peshvoz chiqqan san’atkorlar orasida asli termizlik bo‘lgan Mir musavvir 
va uning o‘g‘li Mirsaid Ali ham bor edi. Humoyun avval kelganda ular bilan uzoq 
suhbatlashgan, chizgan suratlarini ko‘rib, iste’dodlariga qoyil bo‘lgan: «Agar tangrim 
bizni murodga yetkazsa, sizlarni Kobulga yoki Agraga taklif etgaymen, borurmisizlar?» 
— deb so‘ragan edi. Shunda har ikki musavvir borishga tayyor ekanlarini, ammo shoh 
ruxsat bermasligini aytgan edilar. Humoyun shohdan ruxsatni o‘zi olmoqchi bo‘lgan va 
buning uchun qulay fursatni kutib yurgan edi. 
Bugun Humoyun boshqa noyob rasmlar qatori Tahmasp chizgan ov manzaralarini ham 
ko‘rib, undagi bo‘yoqlarning tiniqligini, tasvirlardan yosh qalbning sof bir harorati sezilib 
turishini shohning o‘ziga juda yoqadigan qilib aytdi. Hamida bonu ham Nigorxonadagi 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
ajoyib rasmlardan olgan zavqini Tahmaspning o‘zi chizgan suratga qo‘shib gapirdi. Shoh 
bu maqtovlardan yayrab, erib turganda Humoyun bir chetda odob saqlab qo‘l 
qovushtirib turgan Mir Said Alini ko‘rsatdi-da: 
— Hazrat shahanshoh, sizning Nigorxonangiz bebaho gavharlar bilan to‘lmishdir, — dedi. 
— Mir musavvir asli termizlik ekan. Agar izojat bersangiz, men uni o‘g‘li bilan Kobulga 
olib ketsam. Toki sizning tarbiyangiz bilan orttirgan san’atlarini boshqa mamlakatlarga 
ham tarqatsalar. Bu bilan sizning shuhratingiz butun olamga yoyilajakdir. 
Shoh Mir Said Aliga qoshini chimirib qaradi, so‘ng Humoyunga yuzlanib miyig‘ida kuldi. 
— Bizim bu musavvirlar gavhar yaraturlar. Har bir suratini gavhar yanglig‘ o‘ng tuman 
sekkaga* ham bermayurlar. 
— Ammo biz bularning xarajatlari uchun shoh hazratlariga ming tuman* to‘lashga ham 
tayyormiz. 
— Yaxshi, siz avval Kobulga qayting, so‘ngra o‘ylab ko‘ryurmiz, — dedi Tahmasp. 
Kobul yo‘lida hali qancha to‘siqlar borligi, avval Qandahorga borib, Akbarni qutqarish 
kerakligi Humoyunning esiga tushdi. U shu bugun shoh bilan o‘zining orasidagi chigal 
tugunlarni uzil-kesil yechib olmoqchi edi. Humoyunning maslahati bilan Hamida bonu 
kecha oqshom Shohzoda Sultonimga uchrashgan va endi sirligi qolmagan tumorni va 
undagi Ko‘hinur olmosini, o‘g‘rilar telpagidan topilgan la’llarni unga ko‘rsatgan, so‘ng 
bo‘lgan voqeani bir-bir aytib bergan edi. Ravshan ko‘ka bilan Xo‘ja G‘ozilar Validbek 
eshik og‘asining vositachiligida shoh xizmatiga olinganini eshitgan Shohzoda Sultonim: 
— Vah, bu xato o‘lmishdir, — deb astoydil kuyundi, razil o‘g‘rilarni Mirzo Humoyun 
shohga aytib jazo berdirmaganidan taajjublandi. Hamida bonu Humoyunning mehmonda 
yurganda bunday janjallardan andisha qilishini aytdi: 
— Shahanshoh hazratlari Ko‘hinur olmosini ko‘rmoqchi ekanlar, — dedi Hamida. — 
Marhamat, qayerga desalar biz Mirzo hazratlari bilan olib borib ko‘rsatgaymiz. Agar 
yoqtirsalar taqdim etgaymiz. Shu haqda hazrat og‘angiz bilan gapirishib, bizga javobini 
aytingiz. 
Shohzoda Sultonim bugun ertalab Tahmaspga bu gaplarning hammasini batafsil so‘zlab 
berdi. Shundan keyin shoh bular bilan Nigorxonada uchrashadigan bo‘lib odam yubordi. 
Hozir bu yerdagi nodir suratlarni gavharga qiyoslab maqtaganlarida Hamida bonu 
qo‘lidagi kisaga solib yurgan oltin qutichani va undagi Ko‘hinurni ma’yus bir tuyg‘u bilan 
ko‘z oldidan o‘tkazdi. Chunki Humoyun Ko‘hinurni qurbon qilib bo‘lsa ham shoh bilan 
orani yaxshilamoqchi va tezroq Qandahorga borib Akbarni qutqarmoqchi edi. 
Noyob suratlarni ko‘rib, qalblari nafosat zavqidan mayinlashgan holda Nigorxona 
to‘ridagi muhtasham xonayi xosga kirdilar. 
Shohning ko‘ngli yumshab turgan mana shu asnoda Humoyun Hamida bonuga «olmosni 
bering» deganday ishora qildi. Hamida qo‘lidagi kisadan oltin qutichani olib, chap qo‘li 
ko‘ksida, eriga odob bilan uzatdi. Humoyun qutichani ochdi-da: 
— Olampanoh, Ko‘hinurni eslatgan edingiz, marhamat, — deb shohga tutdi. 
Tahmasp oltin quticha ichida chindan ham nur tog‘iga o‘xshab jilolanib turgan olmosni 
ko‘rdi-da, qalbida kuchli bir tuyg‘u mavj urganini sezdi. Bu — go‘zallik tuyg‘usi edi. 
Tahmaspning bolalikdagi rassomlik iste’dodi keyinchalik rivoj topmay qolgan, o‘ng 
yoshida otasi o‘lib, toj-u taxt janjallari boshiga tushgach, intihosiz urush-yurushlarda 
qo‘li nafis mo‘yqalamni tutishdan chiqib qolgan edi. Ammo uning yosh qalbida shoir otasi 
va ulug‘ musavvir Behzod uyg‘otib ketgan go‘zallik tuyg‘usi hali ham so‘nmagan edi. U 
o‘z tug‘ishganlari orasida eng sof va go‘zal inson deb bilgan singlisi Shohzoda Sultonimni 
bunchalik yaqin olib yurishining boisi ham — dilida yashab kelayotgan o‘sha go‘zallik 
tuyg‘usi, poklikka va nafosatga bo‘lgan tashnalik edi. 
Hozir ming turli jilva bilan yonib turgan Ko‘hinur olmosi unga tabiat yaratgan eng noyob 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
go‘zalliklardan biri bo‘lib ko‘rindi. Hayotda kichkina bir zarrasi ham juda kam 
uchraydigan olmos sofligi va mustahkamligi Ko‘hinurda tog‘day yombi bo‘lib bir joyga 
yig‘ilganligi — tabiatning mustasno bir mo‘jizasi ekanini Tahmasp yurakdan his qilgan 
sari zavqi oshib borardi. 
Ammo u o‘z zavqini aytmas, Humoyun bilan Hamida bonu oldida Ko‘hinurni maqtashdan 
o‘zini tiyib turar edi. Chunki agar u maqtasa Humoyun Ko‘hinurni hozir unga taqdim 
etishi kerak — ikkovi ham tan oladigan odat shu edi. 
Tahmasp zavqli bir hayajon bilan singlisiga qaradi: 
— Samoyinurni ver-chi. 
Sadaf qutichadagi Samoyinur Shohzoda Sultonimda ekan, uni olib akasiga berdi. 
Tahmasp ikki olmosni ikki qo‘lida yonma-yon tutib bir-biriga solishtirdi. 
Kattalik jihatidan Ko‘hinur xiyol ulkanroq. Ammo go‘zallikka kelganda Samoyinurning 
osmon gumbazini eslatuvchi shakli va unda behisob yulduzlarday chaqnab turgan olmos 
qirralarining jilvasi Tahmaspga yana bir betakror mo‘jizadek tuyuldi. Narigi ikki ig‘vogar 
Ko‘hinurni bundan beqiyos katta deb yolg‘on gapirganlarini shoh endi o‘z ko‘zi bilan 
ko‘rib turibdi. U ikki olmosni barobar tutgan holda: 
— Bu noyob mo‘jizalarning vatani o‘lmish Hindiston chindan-da buyuk mamlakatdir, — 
dedi.— Ko‘hinur... 
Shohzoda Sultonim akasiga xavotirlanib ko‘z tashladi. Hozir u Ko‘hinurni maqtay 
boshlasa, tamom, har ikki olmos ham Tahmaspniki bo‘ladi. Lekin mardlik va adolatni 
yaxshi ko‘radigan Shohzoda Sultonim o‘z akasidan iftixor qilishni istar, undan olijanob 
bir saxovat kutar edi. Agar busiz ham musofirlikda qiynalib yurgan Humoyun bilan 
Hamida bonudan Ko‘hinur ham olinsa noinsoflik bo‘lishini kuyunchak qiz ich-ichidan 
sezib, iztirob chekmoqda edi. Hozir shu topda noinsoflik bilan olijanoblikning orasida 
go‘yo birgina qadam masofa bor. Nahotki akasi olijanoblikka tomon shu birgina qadamni 
qo‘ya olmasa? 
Singlisining ko‘nglidan o‘tayotgan iztirobli savolni Tahmasp uning javdirab turgan 
ko‘zlaridan sezdi. Humoyun bilan Hamida esa taqdirga tan bergan kabi osoyishta. Ular 
yaxshi istiqbol uchun Ko‘hinurni qurbon qilishga tayyor turishibdi. Shoir otasidagi 
mardlik va tantilik Tahmaspda ham borligini Hamida bonu bilan Humoyun bilib 
qo‘yishlari kerak! Shoh «Ko‘hinur» deb, bir tutilib olgach, gapni boshqa yoqqa burdi: 
— Ko‘hinur — yer ostinan topilmish bir tog‘. Bizim Albrus tizma dag‘i Ko‘hiqafning* 
shimolida yer ostinan chiqib, ikki boshli buyuk Elbrus cho‘qqisiga aylangan ekan. 
Rivoyatni bilyursiz: bu ikki Elbrus orasidagi tog‘lar yer ostidan o‘tyurmish. Men xayol 
ediramki*, Humoyun hazratlarining Hindistondan ketishi, musofirotda, quvg‘inda yurishi 
— tog‘ning yer ostiga tushishi yangilikdir. Ammo tog‘ — yer ostida ham buyukdir. Man 
buni hazrat Humoyun ovda botirlik ko‘rsatganda ko‘rmisham. Hozir Ko‘hinurni menim 
elima verib, chox saxovat ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarida men yer ostidagi tog‘ning 
buyukligini yana bir bor his etmisham. Istaramki, shu tog‘ yana yer yuziga chiqsin. 
Humoyun hazratlari ila Hamida begim ikkovlarining hind elidagi martabalari yana 
tiklansin. Shu tilak bilan Ko‘hinurni o‘zingizga qaytib berajakman. Bizga Samoyinurni 
taqdim etmishsiz. Biz buni eng yuksak samoviy nur o‘rnida qabul qildik. Ko‘hinur esa 
o‘zingizga va avlodlaringizga nasib etsin! 
Tahmasp oltin qutichani Humoyunga qaytarib berayotganda Shohzoda Sultonim 
akasining bu ishidan ta’sirlanib, uni yelkasidan quchdi-da, qulog‘iga shivirladi: 
— Jonim sizga qurbon, hazrat og‘ajon! 
Humoyun bilan Hamida ham Tahmaspning shoir otasi kabi ajoyib o‘xshatishlar qilishga 
va falsafiy fikrlar aytishga qodirligini endi payqadilar.  
Oltin quticha Hamida bonuning kisasidan qayta joy oldi. Tahmasp ularni kuzatib 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
qo‘yayotganda, shoir otasining Xatoyi degan taxallusi bo‘lganini, uning o‘zi ham ba’zan 
yomon odamlarga ishonib xato qilishini, ammo bugun shu xatosini to‘g‘rilayajagini aytdi. 
Humoyun ketgach, Tahmasp o‘zining Chilsutun qasriga qaytdi-da, xonayi xosga 
Validbekni chaqirtirdi. Eshik og‘aga birdan g‘azab qilib: 
— Sen hansi kazzob o‘g‘rilarni menim dargohima boshlab kelmishsan? — dedi. 
Ravshan ko‘ka bilan Xo‘ja G‘ozining o‘g‘irlik qilganlarini, ayol kishining tumorini 
titkilaganlarini Tahmasp avval ham eshitgan, ammo chandon e’tibor bermagan edi. 
Lekin endi shoh ularni bu o‘g‘irliklari va ig‘vogarliklari uchun shafqatsiz jazoga buyurdi. 
Ravshan ko‘kaning o‘g‘irlik qilgan o‘ng qo‘li bilagidan qirqib tashlandi. Sassiq ig‘volar 
tarqatgan Xo‘ja G‘ozining burni kesildi-yu, abadiy manqa bo‘lib qoldi. 
 
____________ 
* S e k k a — tanga. O‘ n  t u m a n — yuz ming. 
* M i n g  t u m a n — o‘n million. Keyinchalik Humoyun Mir musavvir va Mirsaid Ali uchun shoh Tahmaspga o‘n million tabrizi to‘lab, shundan 
so‘ng ularni Kobulga olib ketgani tarixiy hujjatlarda bor. 
* K o‘ h i q a f — Kavkaz tog‘lari. 
* E d i r a m — etaman.
 
*  *  * 
 
Eng zo‘r istagi — tezroq janubga yo‘l olish, Qandahordagi Akbarga yetishib, undan nari 
Hindistonga qaytish bo‘lgan Humoyun nuqul shu istakka qarshi borishga, asl 
maqsadidan tobora uzoqlashib, yanada shimolroqqa ketishga majbur bo‘lmoqda edi. Bir 
yildan ortiq olib borilgan muzokaralar kech kuzda nihoyasiga yetdi, shoh Tahmasp 
o‘zining to‘qqiz yashar o‘g‘li Murodni, sarkardasi Budag‘xonni o‘ng ikki ming askar bilan 
Humoyunga qo‘shib Qandahorga yuboradigan bo‘ldi. Lekin bu qo‘shinni hali bir joyga 
yig‘ish va Humoyun rahbarligida harbiy yurishga tayyorlash kerak edi. Qazvin atroflarida 
shohning o‘z qo‘l ostidagi o‘ng besh-yigirma ming askar bor, ularni boqishdan tashqari 
ot-ulovlarini yem-xashak bilan ta’minlash oson emas, kuz tugab, qish yaqinlashmoqda. 
Qish o‘chog‘i esa tor. Shu sabablarga ko‘ra Humoyun va uning odamlari shoh vakili 
Budag‘xon bilan birga Qazvindan shimoldagi keng joylarga — hazar dengizi bo‘ylariga 
borib qo‘shin to‘plashi, so‘ng o‘sha yoqlarda Qandahor yurishiga tayyorlik ko‘rishi 
maqsadga muvofiq topildi. 
Ular Elbrus tog‘idan va Mozandaron o‘rmonlaridan o‘tib, dengiz bo‘ylariga kelgunlaricha 
sovuq tushib qoldi. Hamida bonu Qandahorda kiygan issiq samur po‘stinni yana 
sandiqdan oldi. 
U ham Humoyun ham dengizni umrlarida birinchi marta ko‘rmoqda edilar. Qirg‘oqqa 
muttasil urilib turgan dolg‘a to‘lqinlar qattiq shamol turganda atrofga suv zarralarini 
uchirardi. Humoyun dengiz bilan o‘rmon oralig‘idagi keng bir sahnni qarorgoh uchun 
tanladi-da, chodir va o‘tovlar o‘rnatilguncha Hamida bonuni kemaga solib, dengizda sayr 
qildirdi. Havoning qovog‘i soliq, dengiz notinch, katta-katta to‘lqinlar mast tuyaday 
ko‘pirib, kemani u yoqdan bu yoqqa uloqtirar edi. Qirg‘oqdan uzoqlashganlari sari 
to‘lqinlar yiriklashib borar, uch tomon ko‘z ilg‘amas kenglik, hammasi harakatlanib 
ko‘pirib yotgan suv. 
Humoyun dengizning shimol chetiga yetguncha kema salkam bir oy suzishi kerakligini, 
shu bir oylik yo‘lning hammasi yaxlit, intihosiz suv ekanini aytganda Hamidaning vahmi 
keldi. Kemaning chayqalishi ham kuchayib ketgandan so‘ng uning boshi aylana boshladi. 
Hozir yana uning bo‘yida bo‘lgan, uch oydan so‘ng yangi farzand tug‘ilishi kerak. Lekin 
musofirlikda og‘ir ruhiy azoblar ichida mudom Akbardan xavotir bo‘lib yashayotgan 
Hamida bonu o‘zini juda noxush va behol sezar, ikkinchi bola kasalmand tug‘ilmasa deb 
qo‘rqardi. Humoyunda ham Sind bo‘ylarida Akbar paydo bo‘lgan paytlardagi ichki 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
109
ko‘tarinkilik yo‘q, u Qazvindagi murakkab va mute hayotning ruhiy qiynoqlarini birpasga 
unutgisi kelib goho afyun iste’mol qilardi. Hamida uning afyon kayfidan o‘zini qushday 
yengil sezib, xandon urib kulgan paytlarini, ertasiga esa lanj bo‘lib, bo‘shashib 
o‘ltirganlarini ko‘rar, «Shunday kunlarda bo‘lgan bolaning umri qanday kecharkin?» deb 
battar bezovtalanardi. U Humoyundan iltimoslar qilib, afyunni ikkinchi iste’mol 
qilmaslikka so‘z olardi. Lekin oradan o‘n besh-yigirma kun o‘tib Humoyunning boshiga 
yana bironta chigal va murakkab mushkulot tushar, kechalari uxlay olmay qiynalar, axiri 
hakimidan moshday qora afyun so‘rab olib, uni gulobga qo‘shib, ezib ichar va shu bilan 
xiyol tinchir edi. 
Dengizda noxush chayqalib borayotgan kema buning hammasini Hamidaning yodiga 
tushirdi-yu, boshi battar aylanib, peshonasidan sovuq ter chiqdi. Humoyun uning rangi 
oqarib ketganini ko‘rdi va kemani qirg‘oqqa qaytarishni buyurdi. 
Qirg‘oqdan ancha naridagi qarorgohda ayollar uchun shamolpana joyga katta saroparda 
o‘rnatilgan, uning ichiga chodirlar tikilgan edi. Dengiz sayridan behol bo‘lib qaytgan  
Hamida bonuni kanizi to‘rdagi o‘tovga olib kirib anor sharbati ichirdi va issiq joy qilib 
yotqizdi. 
Humoyun atrof yaxshi ko‘rinadigan baland bir joyga sakkiz burchakli oq o‘tov tikdirib, 
uni o‘ziga qabulxona — borgoh qilgan edi. U kema sayridan shu o‘tovga qaytganda 
Bayramxon barra po‘stin va quloqchin kiygan qo‘ng‘ir soqolli bir kishini uning oldiga 
boshlab keldi. 
— Hazratim, — dedi Bayramxon, — Agrada sizga qarchig‘ay sovg‘a qilgan moskoviyalik 
mehmon yodingizdami? 
Humoyun bundan besh yil oldin ko‘rgan Matvey Kalitinni darrov tanidi va salomlashib, 
borgohga taklif qildi. Matvey Semyonovichning yonida o‘n sakkiz yoshlardagi barvasta 
yigit ham bor edi. 
— O‘g‘lim Akim! — deb uni Humoyunga tanishtirdi. Ota-bola ikkovi ham mezbonning 
hurmati uchun boshlaridan quloqchinlarini oldilar. Ularning gardish qilib kesilgan o‘siq 
qo‘ng‘ir sochlari bir-birlarinikiga juda o‘xshar, faqat Matveyning sochlarida oqi ko‘payib 
qolgan edi. 
— Sizni bu joylarga qanday shamol uchirmish? — so‘radi Humoyun. 
— Kaspiy shamoli! — deb Matvey dengiz tomonni ko‘rsatdi. U Hazar dengizini Kaspiy 
deb o‘rgangan edi. — Bu dengizni shimol tomonida bizning vatanimiz Rossiya bor. 
Agradan hazrat otangiz Moskvaga elchi qilib yuborgan Xo‘ja Husaynni bizning odamlar 
haligacha Boburin deb atab, eslab yuradilar. U yashagan xutor kattagina qishloqqa 
aylanib baburino nomini olgan. Bu yerda Xo‘ja Husayn ko‘rinmaydir. Boshi omonmi? 
Humoyun og‘ir uh tortdi: 
— Xo‘ja Husayn boshqa ko‘p jasur kishilarimiz qatori Sherxon bilan bo‘lgan janglarda 
tangri rahmatiga bordi... 
Matvey Semyonovichning ovozi musibatdan titrab: 
— Sarstvo yemu nebesnoe!* — dedi-da, bir cho‘qinib qo‘ydi. Og‘ir xo‘rsinib, Xo‘ja 
Husayndan ko‘rgan yaxshiliklarini eslab ketdi: — O‘shanda meni zindondan chiqarib 
o‘yiga olib bordi, parvarishlab darmonga kirgizdi! «Sherxon bostirib kelmasdan tezroq 
jo‘nang» deb, barcha kam-u ko‘stimni to‘g‘rilab, vatanimga kuzatib qo‘ygan edi. 
Matvey Semyonovich Moskvaga qaytib borguncha yana ko‘p xavf-xatarlar va 
mashaqqatlarni boshdan kechirdi. Lekin u Xo‘ja Husayn yordamida Hindistondan olib 
ketgan parchalar, nodir matolar, marvaridlar, mushk-u anbarlarni Moskva zodagonlari 
katta pullarga sotib olishdi. Matvey Semyonovich belini ancha baquvvat qilgach, 
Novgoroddan butun bir kemani o‘ntacha odami bilan uch oyga yolladi-yu, unga 
Kaspiyning janubiy qirg‘og‘ida yaxshi qadrlanadigan mo‘ynalar, asallar, zig‘irpoyadan 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
to‘qilgan chiroyli matolarni ortib Mozandaronga keldi. Bu yerdan esa ipak va ip 
gazlamalar, mayiz, qand, novvot kabi Moskoviyada tansiq bo‘lgan shirinliklar olib 
ketmoqchi. 
— Moskoviyaga hozir kim podsho? — deb so‘radi undan Humoyun. 
— Ivan To‘rtinchi*. 
Sizning otangizdan elchi bo‘lib borgan Xo‘ja Husayn uning otasi Vasiliy Uchinchi bilan 
uchrashgan edi. U vafot etdi. 
— Podsholaring biz tomonlarga elchi yubormoqchi emasmikin? 
Matvey Semyonovich bosh chayqadi: 
— Podshomiz hali yosh, endi o‘ng to‘rtga kirdi. Hozir mamlakat ichidagi tashvishlar ham 
unga yetib ortadi. 
— Qanday tashvish? 
— Tarqoq viloyatlarni Moskva atrofiga birlashtirish osonmi! Boyarlar hammasi o‘zicha bir 
podsho bo‘lgisi kelgay. Lekin Ivan To‘rtinchi yosh bo‘lsa ham qahri yomon deb eshitdim! 
Itoat etmaganlarni ayamay qiyratar emish. Boshqalari buni ko‘rib, yosh podshoning 
oldida titrab turarmish. Hozir bizning mamlakat Moskoviya emas, ko‘p viloyatlar 
birlashib, Rossiya nomini oldi. 
— Sizlarda ham ichki parokandaligu viloyatlarni bir markaz atrofiga birlashtirish 
muammosi bor ekan-da, — dedi Humoyun taassuf bilan. 
— Ammo bizda tamg‘a solig‘i yo‘q, — dedi Matvey. — Lekin bu yerda tamg‘a solig‘i juda 
baland ekan. 
— Qancha? 
— Musulmon bo‘lsangiz sotgan mollaringizning yigirmadan birini olurlar. Bizga o‘xshagan 
boshqa dindagilar molining o‘ndan birini tamg‘a solig‘iga to‘lashga majbur. Shoh 
Tahmasp sizni juda hurmat qilurlar, deb eshitdim. Bir og‘iz aytsangiz, hazratim, bizni 
shu soliqdan ozod etsalar. 
Humoyun o‘ylanib qoldi. Matvey Kalitin uning oldiga bir chekkasi shu adolatsiz soliqdan 
himoya istab kelgan edi. 
— Janob Matvey, bu yerda biz ham siz kabi musofirmiz. Shohning ichki ishlariga 
aralasholmasmiz. Agar Hindiston bizga nasib etsa, yana boring, o‘shanda bajonidil... 
— Taqdir sizni qo‘llasinu yaxshi niyatingizga tezroq yeting, Mirzo hazratlari. Ammo 
Matvey Kalitin Hindistonga qaytib borolmasa kerak. 
— Nechun? 
— Yosh ketib qoldi. Mana, soch-soqollar oqardi. Ikki oradagi yo‘l azoblariga endi 
sog‘lig‘im bardosh berolmagay. Ammo Hindistonda ko‘rgan ajoyibotlarimni, siz bilan 
Xo‘ja Husayn qilgan odamgarchiliklarni umrbod unutmasmen. Agar siz bo‘lmasangiz, 
johil Said Xalil meni zindonda chiritib yuborgan bo‘lardi. Buning hammasini mana bu 
yoshlarga, — deb Matvey Semyonovich o‘g‘li Akimga ishora qildi,— so‘zlab tamom 
qilolmasmen. Istaymenki, ikki orada bordi-keldi bo‘lib tursin. Men bo‘lmasam, o‘g‘lim 
kelgusida Hindistonga sizni so‘roqlab borgay. Shuning uchun forsiy, turkiy tillarni 
o‘rganmoqda. 
Humoyun Akimga qiziqib bir ko‘z tashlab oldi. U ichki bozorlarda xaridorlarni aldab boy 
bo‘ladigan savdogarlarni yomon ko‘rardi. Ammo karvonlar va kemalarda uzoq yo‘llarning 
yuz xil mashaqqatlarini yengib, qit’adan qit’aga nodir buyumlar bilan birga ko‘p 
yangiliklarni ham olib boradigan Matvey Kalitinga o‘xshash tijorat kishilarini hurmat 
qilardi. Shuning uchun u adolat istab kelgan Matveyga qo‘lidan kelgan yordamni bergisi 
keldi. Matvey Agraga sovg‘a qilib eltgan issiq samur po‘stin bultur Qandahor sovuqlarida 
Hamidaga juda asqatgani, qorli Elbrus tog‘idan ham begim shu po‘stinga o‘ranib 
o‘tganini esladi. 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Humoyun qo‘yin cho‘ntagidan ichi qat-qat qilib tikilgan charm xaltacha oldi. Xaltachaning 
bir qatida ikkita yoqut turgan edi. Shularning yirikrog‘ini kaftiga qo‘ydi-da, Matvey 
Semyonovichga uzatdi. 
— Oling, mendan esdalik. Balki tamg‘a solig‘ining hissasi shu yoqutdan chiqar. 
Matvey Semyonovich yal-yal yonayotgan qip-qizil, yirik yoqutni ta’zim bilan olar ekan, 
uning qiymati juda baland ekanini sezdi. Nafaqat tamg‘a solig‘ining hissasi, balki o‘zi 
kemaga ortib kelgan barcha mollarining beradigan foydasidan ham bu yoqutning narxi 
balandroq ekanini uning tajribali ko‘zlari darhol payqadi. 
— Bu sovg‘angiz men uchun bebahodir, — dedi u Humoyunga. — Men buni avloddan-
avlodga meros qilib qoldirgayman. Mana, o‘g‘lim, Akim ham, uning farzandlari ham buni 
bizga kim in’om qilganini eslab yursinlar. 
Humoyun bu gaplarni ma’qul ko‘rib, bosh irg‘adi: 
— Janob Matvey, farangistonlik Pakavir Sherxon tomoniga o‘tib,bizga to‘g‘anoq 
berganda, siz xolis turib bizga ko‘mak bergan edingiz. Mening ezgu tilagim shulki, siz 
mansub bo‘lgan xalq bilan bizning elimiz orasi hamisha shu yoqutday beg‘ubor tursin. 
Munosabatlarimiz doim la’lning qirmizi cho‘g‘idek yonib tursin! 
Ular qadrdonlardek iliq xayrlashdilar. Ota-bola dengiz bo‘yidagi kemalariga tomon qaytar 
ekanlar, Hazar dengizining qishki sovuq to‘lqinlari ularning boshlari osha ko‘kka 
sapchiguday ko‘rinar va jo‘shib, ko‘pirib yotardi. Humoyun kemada birpas sayr qilib, bu 
to‘lqinlar orasida qanday behalovat bo‘lganini esladi. Shimoldan kelgan azamat ota-bola 
haftalar, oylar davomida goh xatarli to‘fonlar, goh dengiz qaroqchilari bilan olishib, 
serg‘azab Hazar dengizining bu boshidan narigi boshiga suzib o‘tishlari uchun qanchalik 
kuch va jur’at kerakligini o‘yladi-yu, ularga ich-ichidan qoyil bo‘lib qo‘ydi. 
 
_____________ 
* «Osmon shohligi unga nasib qilsin», ya‘ni joyi jannatdan bo‘lsin! 
* I v a n  IV — Keyinchalik Ivan Grozniy nomi bilan mashhur bo‘lgan.
 
*  *  * 
 
Ikki orada shia-sunniy janjallari chiqmasin uchun Budag‘xon boshliq qizilbosh askarlari 
alohida qarorgohga to‘planmoqda edi. Humoyunning qarorgohidagi qo‘shin ham kun 
sayin ko‘payib borardi. Bayramxon Hazar bo‘yidagi sunniy mazhablik turkman 
qabilalaridan besh-olti yuz bek-u navkarni Humoyun xizmatiga tortdi. Shu orada 
Turdibek Turkistoniy Xurosonga borib Humoyunga yana bir talay tarafdorlar topib keldi. 
— Hazratim, hatto o‘zbekning mashhur Shaybon urug‘idan bo‘lgan Aliqulixon nomli bek 
ham inisi bilan sizga ancha moyil, — dedi Turdibek. — O‘zi bilan so‘zlashmoqchi 
bo‘lsangiz, odam yuboray, qabulingizga kelsin. 
— Shaybon urug‘idan bo‘lsa, Xurosonda ne qilur?— taajjublanib so‘radi Humoyun. 
— Ularni Buxorodagi urug‘doshlari sig‘dirmagandan keyin, Xurosonning Jom shahriga 
kelib qolgan ekan. Turondagi shayboniyzodalarga adovatlari cheksiz. Sizning 
Samarqand-u Buxoroni ulardan tortib olishingizni istaydir. «Agar Movarounnahrga 
qaytmoqchi bo‘lsalar, biz xizmatlariga kirgaymiz», deydir. 
Humoyun o‘ylanib qoldi. Hindistonda Sherxonning hokimiyati tobora mustahkam bo‘lib 
bormoqda. Panjob va Agradan ma’lumot yuborib turgan xufiyalar Sherxonning qo‘shini 
yuz yigirma mingga yetib, hech kim bas kelolmaydigan qudratga ega bo‘lganini xabar 
qildilar. 
Movarounnahrda esa shayboniyzodalarning hokimiyati parcha-parcha bo‘lib zaiflashib 
bormoqda. Samarqand Buxoro xoniga itoat etmaydi. Farg‘ona vodiysida mustaqil xonlik 
paydo bo‘lmoqda. Toshkent ham Buxoro xonligidan ajralib chiqqan. Hammasi bir-biri 

Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling