I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Detallarni ish qobiliyatini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi xolat
Birinchi xolat shu bilan bog’liqki, oxirgi holat mezoni yig’im birlikni kapital
tamirlashga jo’natish zarurligini bildiruvchi mezondan boshqa narsa emas. Transport vositalari agregatlari uchun ular bajargan ishning shunday miqdori mezon bo’lib xizmat qiladiki, shu paytda kapital ta’mirga jo’natilsa, butun xizmat muddati mobaynida qilinadigan xarajatlar eng kam bo’ladi. Ikkinchi xolat esa shu bilan bog’likki, muayyan agregatning oxirgi holati mezonini aniqlash uchun undan foydalana boshlangandan beri jami qilingan harajatlar funktsiyasini bilish kerak bo’ladi. O’z navbatida, bunday funktsiya oxirgi holat tushunchasini yangicha talqin qiladi. Masalan, qandaydir agregatda bir qancha istalgan ishlamay qolishlar yuz bersayu, ammo birorta ham resurs bo’yicha ishlamay qolish sodir bo’lmasa, u holda ana shu ishlamay qolishlarni va bekor turib qolishidan ko’rilgan zararlarni bartaraf etishga qilinadigan jami harajatlar shunday katta bo’lar ediki, bunday paytda oxirgi holat kelganini va agregatni kapital ta’mirlash lozimligini ta’kidlash maqsadga muvofik bo’lar edi. Qisqa qilib aytganda, bir qancha istalgan ishlamay qolishlar o’zining oqibatlariga ko’ra resurs bo’yicha ishlamay qolishga tengdir, ya’ni oxirgi holat boshlanganini bildiradi. SHunday qilib, oxirgi xolat mezonlari sinovlar yoki quzatuvlar natijalari asosida muayyan yigish birligining resursini, shuningdek, muayyan yigish birligining axvolini baxolashga muljallangan. Aytib o’tilgan mezonlardan xar qaysisi maxsus iqtisodiy – matematik model bo’yicha ishlab chiqilgan. Quyida shunday mezonlarning mazmuni transport vositalarini agregatlaridan biri misolida keltirilgan. Bajarilgan ishga bog’lik bo’lgan xarajatlar xajmi ko’rsatilgan. Strelka bilan bajarilgan ish T ko’rsatilgan bo’lib, u agregatni ishga yaroqli xolatda saklashga qilingan eng kam xarajatlarga tugri keladi. T ning bu qiymati agregat uchun oxirgi xolatning umulashtirilgan mezoni bo’ladi va rejadagi xamda boshka yiriklashtirilgan vazifalarni xal etish uchun yaraydi. 10 3.1-rasm. Xizmat muddati mobaynidagi xarajatlar to’plangan chetli xarajatlar darajasiga bog’liqligini ifodalovchi grafik Ta’mirlararo optimal bajarilgan ish miqdorini aniqlash uchun mashinalar bajargan ish miqdori – T ga bog’lik ravishdagi ekspluatatsion xarajatlar – Ex qiymatlarining statistik ma’lumotlari berilgan bo’lishi kerak. Bu berilgan ma’lumotlarni abtsissa o’qlariga – bajarilgan ish miqdorini soatlarda. Ordinata o’qi bo’yicha esa – shu qiymatlarga mos keladigan ekspluatatsion xarajatlar qiymatlarini qo’yib, qulay grafik usulida ko’rsatish mumkin. Ekspluatatsion xarajatlarning minimal qiymatlarini bilgan xolda, uncha qiyin bo’lmagan grafiklar ko’rsh yo’li bilan ta’mirlararo bajarilgan ish miqdorini topish mumkin (4 – rasmga qarang). Demak, agar – E xmin .=X sum bo’lsa, u xolda optimal bajarilgan ish miqdori T moto – soatni tashkil etadi. Bu topshirikni matematik usulda quyidagicha yechish mumkin. Ko’p turli ko’rnishdagi matematik boglanishlar ichida ekspluatatsion xarajatlar Ex ning mashinalar bajargan ish miqdori T ga boglikligini ifodalovchi va qullanilishi mumkin bo’lgan funksiya bu Ex = AxTp ko’rnishdagi darajali funktsiyadir. Bu bog’lanishda A va p koeffitsientlarining mos ravishda tanlash xisobiga ekspluatatsion xarajatlarning bajarilgan ish miqdoriga bog’likligini ko’p xajmdagi o’zgarishlarini ifodalash mumkin. Bitta tutashmani xosil qiluvchi ikki detalning yeyilishini ko’rsatuvchi egri chiziqlar keltirilgan. Rasmdan ko’rinib turibdiki, tirqish chekli qiymatigacha kattalashgan tutashma yaroqsizga chiqariladi, chunki bunday uzel yoki yig’ish birliklarining biror ish xolati, xarakteristikasi keskin yomonlashadi. Eyilish kattaligi ortib borgani sari tutashmaning qoldik resursi Ttut kamayadi. Yeyilish «N» ning kattaligi yoki « N » ning qiymati chekli qiymatlariga yetganda detal yoki tutashmaning resursi batamom tugaydi va bundan keyin undan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. 11 3.2-rasm. Mashina detallari yeyilishining umumiy holda qabul qilinga egri chizig’i elementlari Transport vositalarining barcha detallarini ish xarakteriga ko’ra ikkita mustaqil guruxga ajratish mumkin: O’zining brakka chiqarish ko’rsatkichiga va yeyilishning chekli kattaligiga ega bo’lgan detallar. Detallar bundan ortik yeyilsa, ular sinib, falokat ro’y berishi mumkin. Bunday detallarga vtulkalar, sharikli va rolikli podshipniklar, radial tirkishning kattalashuvi, shesternyalar, yulduzchalar tishining yeyilishi, traktorlarning yurish qismi detallari va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Oxirgi xolati, ya’ni ishqalanuvchi detallar orasidagi tirkishning chekli qiymati, odatda, detallarning sinishiga olib kelmasdan, uzel, agregat yoki butun mashinaning texnik yoxud iqtisodiy tavsiflari buzilishiga sabab bo’ladigan yigish birligi, tutashma. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling