I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

CHekli yeyilish - Ich yoki chekli tirkish - CH deb shunday yeyilish yoki 
tirkishga aytiladiki, bunda detal yoki tutashma oxirgi xolatga keladi. Mashinaning 
texnik yoki iktisodiy ko’rsatkichlari keskin yomonlashuvining oldini olish uchun 
detal yoki tutashmadan bundan keyin foydalanmaslik kerak.
Avtomobil detallarining oxirgi xolati xamda yig’ish birliklari quyidagilar bilan 
ifodalanadi:
1.Mashinaning birinchi yoki navbatdagi ta’mirlashga bo’lgan talabi bilan;
2.Mashinani xisobdan chiqarishning maqsadga muvofiqligi bilan;
3.Mashina tuzilishining ma’naviy eskirishi bilan.
SHunga qura mashinaning yoki yig’ish birligining chidamliligi, resursi va 
xizmat muddati quyidagi turlarga bo’linadi:

ta’mirlashgacha, 
ya’ni 
foydalanila 
boshlangandan 
to 
birinchi 
ta’mirlashagacha bo’lgan chidamlilik;


12 
- ta’mirlashlararo, ya’ni avvalgi ta’mirlashdan to navbatdagi ta’mirlashagcha 
bo’lgan chidamlilik;
- to’liq, ya’ni foydalanila boshlangandan to xisobdan chikargungacha bo’lgan 
chidamlilik.
Nazorat uchun savollar 
1. Detallarni turlanishi chegaraviy holatini ma’nosi nima? 
2. Chekli yeyilish nima? 
3. Avtomobil detallarining oxirgi xolati xamda yigish birliklari nima bilan 
ifodalanadi? 
4- MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARINI YUVISH VA
TOZALASH..
 
Reja: 
 
1. Mashinalarni ta’mirlashda yuvish va tozalashning axamiyati.
2. Sirtdan yuvish jarayoni.
3. Kirlarning turlari.
4. Tozalashlar turlari.
5. Tozalashlar usullari va uskunalari. 
Tayanch iboralar: sirtdan yuvish, iflosliklarning turlari, texnologik kirlar, 
makrotozalash, miqrotozalash, faol tozalash, qaynatib tozalash.
Ta’mirlanadigan ob’ektlarni tozalash – ishlatiladigan mashinalar va 
uskunalarning texnik xolatini boshkarishda muxim tadbir bo’lib xisoblanadi. Mashina 
qismlari va agregatlari chala tozalangan yoki kir bo’lsa, ish muddati 25…30%ga 
kamayadi.
Sirtdan yuvish. Avtomashinalar va ularning agregatlari ta’mirlash fondi 
maydonchasida sirtdan yuvish joyiga keltiriladi. Tashqi yuvish joylari avtomobilni 
siljitadigan konveyerli yuvish uskunasi bilan jixozlanadi. Uskunada ikkita – yuvish 
va quriritish xonalari bor. Uskuna soatiga 10 ta avtomobilni yuvish imkoniyatiga ega.
Mashinalar va ular agregatlarining sirtini yuvishda Labomid – 101 va Labomid 
– 102 yuvish vositasidan foydalanadi. Yuvish vositalarining vazniy kontsentratsiyasi: 
1m
3
suvga 10kg yuvish vositasi solinadi. Eritma harorati 65…70 gradus. Sirtni 
yuvishda agregatlar karteridagi moy to’kiladi va suv bug’i bilan eritib butunlay 
ketkaziladi. Eski buyoqlar SP-6, AFT-1, SD yoki SP kabi yuvish vositalari xamda 
№646, 647, 648, 651 va R – 10 eritgichlar yordamida ketkaziladi. Yuvuvchilar detal 
sirtiga purkab yoki kirchutka bilan yotkiziladi. SHundan keyin yuvgichning naviga 
karab 5…20 min.vaqt o’tkandan so’ng eski bo’yoqlar qirgichlar bilan olib 
tashlanadi, tozalangan sirt uayt – spirt yoki erituvchi modda eritmasiga xo’llangan 
latta bilan artib tashlanadi.
Avtomobillarni tozalashga sarflanadigan mehnat asosiy ta’mirlashga sarflanadigan 
barcha mehnatning taxminan 5%ni tashkil etadi. Masalan, dvigatel silindrlar blokini 
va ularning kallaklarini qurumdan, o’tirib qolgan tuzlardan chala tozalash dvigatel 


13 
quvvatini 5…8%ga kamaytiradi, yonilgi sarfini 10…20%ga oshiradi, yig’ma 
qismlarning ta’mirlararo ishlash muddatini 30%gacha kamaytiradi. Avtomobillar va 
ularning detallari yuvilmaganda ta’mirlashdagi ish unumi 15…20%gacha kamayadi.
Dvigatelning sovitish tizimida suyo’likka aralashgan loy, qum, zang va 
organik modallar loyka cho’kindilar xosil kiladi. CHang, kirindi, jilvirlar, ishkalash 
pastalarining qoldiqlari, quyindilar texnologik kirlar deb yuritiladi.
Detallar sirtini tozalash ular sirtidagi kirlarni turli usullar bilan ketkazishidan 
iborat.
Mashina chang, kir va loylardan tozalanadi, so’ngra maxsus yuvish 
maydonchasiga keltiriladi, yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi. SHundan 
keyin mashina ko’zdan kechiriladi va uning texnik holati aniqlanadi.
Mashina qismlari va detallarni tozalash va yuvish texnologik jarayonida oqava 
suvlarni neytrallash va zaxarli modallar yopishgan qattiq chiqindilardan qayta 
foydalanishni ko’zda tutish lozim. Buning uchun yuvish mashinalaridan ishlatilgan 
eritmalar qabul qudug’iga to’planadi. Bu quduqda oqava suvlar kimyoviy reagentlar: 
xlorli oxak, oxak suvi bilan yog’sizlantiriladi. Oqava suv qabul qilish qudug’ida 2 
kun saklangandan so’ng metall bak - neytralizatorlarga olinadi. Oqava suvlardan 
qolgan kimyoviy elementlar quyosh nuri va neytralovchi vositalar ta’sirida 
yumshaydi. Oqava suvlar bak- neytralizatorlarda 5 kun mobaynida saqlanadi, so’ngra 
bug’latish maydoniga okiziladi. Bu maydonchada suv tabiy yo’l bilan bug’lanadi
Ta’mirlash korxonalarida traktorlarning tozalash texnologik jarayoni rasmda 
qursatilgan. Bunday kirlar uch guruxga bo’linadi: cho’kindilar, cho’kindi tuzlar va 
qurumlar.
Kirlarning turi. Traktorlarda, kishlok xujalik mashinalari va avtomobillardagi 
kirlar yo’lda sachragan loy, yopishgan usimlik qoldiqlari, zaxarli kimyoviy moddalar 
qoldig’i, moy-kir cho’kindilari, lak-bo’yoqlar, zang maxsullari, cho’kindi tuzlar, 
moylar, uglerodli cho’kindilar, qurumlar va boshqa turlarga bo’linadi. Sirtlarning 
turiga qarab moslanishi rasmda ko’rsatilgan kirlar fizik – mexanika xossalari va 
paydo bo’lish sharoitlariga qarab ish vaqtida paydo bo’ladigan ekspluatatsion va 
texnologik kirlarga bo’linadi.
4.1-rasm. Avtomobillarning ifloslanishi. 


14 
Ekspluatatsion kirlar, uz navbatida, tashiladigan ashyolar koldigi, yo’l-
tuprokdan utgan kirlar: yonilgi-moylar va eskirgan moylar koldigi: smolali 
cho’kindilar, lak qoldiqlari, qurum, cho’kindi tuzlar, zang maxsulotlari, eski 
buyoqlar, zichlovchi mastika, pasta va kistirmalarning qoldiqlariga bo’linadi.
Texnologik kirlar – detalni quyishda ishlatilgan tuprok qoldiqlari, kuyindilar, 
ishqalash va yetiltirishda ishlatilgan pastalar, chang, kirindi va moy yo’llarida qolgan 
qattiq jilvir zarrachalar yoki detallar sirtiga yopishgan jilvirlardan iborat.
Jilvir zarrachalar ayniqsa, alyuminiydan ishlangan detallarda uchraydi. Bunday 
kirlar chala tozalansa, detal ishqalab moslash davrida tez yeyiladi, shuningdek 
sirtlarda tirnalgan joylar paydo bo’ladi.
Detal sirtida texnologik jarayonlarni bajarishga, ya’ni yarokli-yaroksizga 
ajratish, tiklash va yig’ishga xalakit bermaydigan miqdorda kir qolgan bo’lsa, bunday 
sirt toza deyiladi. Odatda qoldiq kirlar miqdori bilan farqlanadigan uch daraja 
tozalash: makrotozalash, mikrotozalash va faol tozalash bo’ladi.
Makrotozalash – detalning asosiy sirtidagi, yarokli-yaroksizga ajratish va 
mexanik ishlov berishga xalakit beradigan kirlarni ketkazish jarayonidir. Bunday 
detal sirti uzining g’adur-budurlik darajasigacha tozalanadi.
Mikrotozalash – sirtning mikronotekisliklardagi kirni ketkazish. Mikrotozalash 
detallarga so’nggi ishlov berish va yig’ishdan oldingi muxim axamiyatga ega, chunki 
birikmaning ish muddati erishilgan tozalik darajasiga bog’lik bo’ladi.
Faol tozalash – detal sirtini faol holatiga kelgunga qadar kislota bilan dorilashdan 
iborat. Detallarni tiklashda tozalashning bu turi mustaqil axamiyatga ega emas, balki 
detalni tiklovchi qoplamani galvanik usulda qoplash oldindan bajariladigan 
tayyorgarchilik ishidir.
Detallar, agregatlar va mashinalarni tozalash usullari. Ta’mirlash korxonalari-
da tozalashning asosan oqimli, titratib, pnevmatik, ultratovush, kimyoviy-termik va 
elektr kimyoviy usullari qo’llaniladi.
Detallarni qaynatish. Detallar joyidan ko’zg’atilmaydigan tog’aralarda ishqorli 
eritma yoki sintetik yuvish vositalarini AM – 15, ML – 52 va boshqa, 80 – 90 gradus 
darajagacha isitilib yuviladi.
Suyuklik purkab, oqimli tozalash. Sintetik yuvish vositalarining kirga fizik – 
kimyoviy ta’siri suyuklikni katta bosim bilan purkaganda yanada kuchayadi. Bu 
usulda tozalangan mashinalarni ikki toifaga bo’lish mumkin: monitorli va oqimli 
mashinalar. Monitorli mashinalarga shlang bilan suv purkaydigan tozalagichlar va 
monitorli yuqori bosimli yuvish uskunalari kiradi. Agregatlarni, qismlarni va 
texnologik kir qoldiqlardan tozalashda purkab tozalash mashinalaridan foydalaniladi. 
Konveyerli purkab tozalash mashinalari bir – ikki va uch xonali bo’lishi mumkin. 
Uch xonali yuvish mashinalarining birinchi xonasida detallar eritma bilan yuviladi, 
ikkinchi xonasida su bilan chayqab olinadi, uchunchi xonasida esa 100gradusgacha 
qizdirilgan havo bilan ko’rtiladi.
Botirib tozalash. Murakkab shaklli detallarining va ichki tashqi sirtlarini 
tozalashda ularni botirib tozalash usulidan foydalaniladi. Bu usulning salbiy tomoni 
shundaki, yuvuvchi eritmalardan foydalangan sari ularning iflosligi oshib boradi va 
kir cho’kindilaridan chiqarib tashlash qiyin. Shuning uchun botirib yuvish usullari 
vositalarini tozalovchilarni suyuklik ichida suyuklik purkab, tozalashni jadallashtirish 


15 
qurulmalari bilan jixozlanadi. Suyuklik ichida suyuklik purkalganda detallar xam 
botirib, xam suyuklik purkab tozalanadi. 
Labomid – 203 va MS – 8 sintetik yuvish vositalarining eritmalarida botirib va 
purkab tozalash usullari birgalikda qullanilganda sirtlar sifatli tozalanadi, mehnat 
unumdorligi oshadi va energiya sarfi kamayadi.
Detallarni tozalashda ishlatiladigan uskuna. Yuvish ishlarida olti xil yuvish-
tozalash mashinalaridan monitorli, purkaydigan, botirma, aralash, maxsus 
mashinalar, avtomatlashtirilgan tozalash yo’llaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish dasturi unchalik katta bo’lmagan ta’mirlash korxonalarida 
yuvish togaralari ishlatiladi. Bu xolda tozalash jarayoni tog’aradagi suyuklikning 
haroratini va eritmaning kontsentratsiyasini oshirish yo’li bilan jadallashtiriladi. 
Kattaroq avtota’mirlash korxonalarida detallar isitgich tog’aralarda yuviladi. Bunday 
istgichli tog’aralarda detallarni tozalash jarayoni tebranma yoki titranma 
platformalarni qo’llanib detallar platformalarning kassetalariga joylanadi, shuningdek 
yuvish eritmasini qo’shimcha ravishda aylantirib jadallashtiriladi. Tog’oradagi 
eritma maxsus parraklar bilan aralashtiriladi, detallar siljitiladi, shuningdek 
ultratovush tebranishlar xosil qiladigan maxsus nurlangich o’rnatiladi.
Rotorli yuvish mashinalarida konteynerga joylangan detallar tog’orada yaxshi 
siljiydi. Tog’aradagi eritma issiklik almashtirgich bilan isitiladi. Tog’ara tubiga 
cho’kkan kirlar vintli konveyer yordamida kir to’plagichga chiqariladi. Aralash 
yuvish mashinalarida detallar aralash usulda yuviladi, bu esa tozalash samaradoligini 
oshiradi.
Maxsus yuvish mashinalaridan yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar bilan sifatli 
tozalash mumkin balmagan detallarining sirtlarini tozalashda foydalaniladi. Masalan, 
shatunlar, silindrlar bloki, tirsakli vallardagi moy yo’llarini fakat maxsus yuvish 
mashinalari yordamidagina tulik tozalash mumkin.
Nazorat uchun savollar 
1. Mashinalarni ta’mirlashda yuvish va tozalashning axamiyati qanday? 
2. Sirtdan yuvish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 
3. Tozalash turlarini sanab bering 
4. Tozalash uskunalarini ishlash jarayonini tushuntirib bering? 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling