I. O’quv materiallar 1- mavzu transport vositalari detallarining ish qobilyatini qayta tiklash texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari reja


 MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARNING TEXNIK HOLATINI


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/37
Sana28.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1303872
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
Detallarni ish qobiliyatini

 
5 MAVZU TRANSPORT VOSITA DETALLARNING TEXNIK HOLATINI
ANIQLASH 

Reja: 
1. Mashinadagi elementlarning oxirgi xolati. 
2. Chekli yeyilish. 
3. Detallarni yaroqsizga chiqarish o’lchamlarini aniqlashning usullari. 
4. Chekli yeyilishni aniqlash usullari. 
Tayanch iboralar: chekli yeyilish, oxirgi holat, to’liq resurs, texnologik 
usul,texnik iqtisodiy usul.


16 
Mashina yoki undagi elementlarning oxirgi xolati deb shunday xolatga 
aytiladiki, bunda xavfsizlikning bartaraf etib bo’lmaydigan darajada bo’lishi yoki 
belgilangan parametrlarning bartaraf etib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi, yoxud 
ish samaradorligi ruxsat etilganidan xam kamayib ketishi tufayli, mashina yoki 
detaldan bundan keyin foydalanish to’xtatiladi. Oxirgi xolat mashinaning 
chidamliligini cheklaydi. 
Chekli yeyilish yoki tirqish deb shunday yeyilish yoki tirqishga aytiladiki
bunda detal yoki tutashmaning oxirgi xolati boshlanadi va falokat yuz bermasligi 
xamda mashinaning texnik yoki iqtisodiy tavsiflari keskin yomonlashmasligi uchun 
bundan keyin undan foydalanish to’xtalishi yoki texnik qarov o’tkazilishi zarur. 
Ishlatish va ta’mirlash jarayonida detallarni rostlash yoki yaroqsizga chiqarish 
uchun ularning chekli darajada yeyilgan – yeyilmaganligini aniqlash kerak. 
Ishlatila boshlangandan to oxirgi xolatga kelgunga qadar bajaradigan ishi detal 
yoki tutashmaning to’liq resursi deb ataladi. Ruxsat etilgan yeyilish yoki tirkish deb 
shunday yeyilish yoki tirkishga aytiladiki, bunda detal yoki tutashmaning qoldik 
resursi butun mashinaning yoki yig’ish birligining ta’mirlararo resursiga teng bo’ladi. 
Chekli va ruxsat etilgan yeyilishlar xamda tirkishlarning qiymatlari va mashina 
elementlarining texnik xolatini ko’rsatuvchi boshqa belgilarning kattaligi detal xamda 
tutashmalarni nuqsonli – nuqsonsizlarga chiqarishga doir texnik shartlarda keltiriladi. 
Ma’lumki transport vositalarini shesternya tishlarining yeyilishi ortishi bilan 
ularning foydali ish koeffisenti yomonlashadi. SHu sababli chekli yeyilish 
qiymatlarini aniqlash xam nazariy, xam amaliy axamiyatga ega. Buning ustiga, ishlab 
chiqarish sharoitida shesternya yaroksizga chiqarish uchun xech qanday texnik shart 
– sharoit bo’lmaydi. 
Quyidagi detallarni yaroksizga chiqarish o’lchamlarini aniqlashning ushbu 
usullari taklif etiladi: 
1. Texnologik usul – bunda yaroqsizga chiqarish o’lchamlari ish sifatiga, detallarning 
mutaxkamlik zaxirasi koeffitsienti, mexanizm yoki mashinaning f.i.k va boshqa 
ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. 
2. Texnik – iqtisodiy usul – bunda amortizatsiyaga va ishlatishga sarflangan 
xarajatlar taqqoslanadi. 
3.Aralash, kombinatsion usul – bunda yaroqsizga chiqarish o’lchamlari xajmini 
amaliy kuzatish, ish ko’rsatkichlarining o’zgarishi jadvali, iqtisodiy samaraga doir 
egri chiziq ma’lumotlari bo’yicha taqqoslash orqali aniqlandi. 
Yuqorida bayon etilganlardan ko’rnadiki, xozirgi vaqtda mashinalar detallari 
yeyilishining chekli qiymatini aniqlashning quyidagi to’rt usuli mavjud:
1.Statistik; 
2.Texnik;
3.Texnologik;
4.Iqtisodiy. 
Statistik usulni qo’llashning asosiy shartlaridan biri shundaki, avvalo 
o’lchashlar yetarli miqdorda o’tkazilishi va eng ko’p uchraydigan ish sharoitlari 
mumkin qadar xisobga olinib borilishi zarur. Bu usuldan faqat tekshiruv usuli 
sifatidagina foydalanish mumkin. 


17 
Texnik usul texnik mezondan foydalanib chekli kattaliklarni topishning 
umumiy usuli bo’lib, fizik xodisalarning rivojlanish qonunlaridan kelib chiqadi. 
Unda abtsissalar o’qi bo’ylab juftlikning ishlagan vaqti, ordinatalar o’qi 
bo’ylab esa yeyilish yoki tirqishning qiymati qo’yilgan. Bu chiziq yaqqol ifodalangan 
uchta qismdan tashkil topgan. Egri chiziqni 1 qismi tutashmaning siyqalanish 
darajasini ifodalaydi. To’gri chiziqli eng uzun 2 qismli tutashmaning me’yorida 
ishlash davriga tug’ri keladi. Bu davr davomida tutashma tabiiy yeyiladi. Yeyilish 
sur’ati yoki tezligi ushbu davrning asosiy tavsifi xisoblanadi,egri chiziqning 3 qismi 
esa tutashmaning ruxsat etilganidan ortiq yeyilishi oqibatida yemirilishi davriga mos 
keladi. 
Detal yoki uzel ishining uchinchi davrida yeyilish yoki tirkishning son 
qiymatlarini aniklash texnik usulning asosiy vazifasidir 
Texnologik usuldan asosan uzel yeyilishi yoki me’yordagi rostlashlar buzilishi 
bilan uzgaradigan mashinaning ish sifatini belgilangan chegaralarda aniklashda 
foydalaniladi. Masalan, qultivatorlarning kirquvchi kirrasi yeyilganda begona utlarni 
kirkish sifati agrotexnika talablariga mos kelmasligi mumkin. SHu sabali bunday 
xolda yeyilishning chekli qiymatlarini mashina bajaradigan ish sifatining ruxsat 
etilgan chekli chetlashishlari buyicha topish mumkin. 
Iktisodiy usulda mashina ishining iktisodiy ko’rsatkichlari chekli yeyilishga 
asos qilib olingan. Sifatni belgilangan chegarada saklab kolgan maxsulot birligini 
ishlab chiqarishga eng kam xarajat qilish mashina ish organi yoki uzeli eng makbo’l 
xizmat muddatining, ta’mirlashlararo davrning iktisodiy mezoni bo’lib xisoblanadi. 
Ish sifatini belgilangan chegaralarda saklab kolgan xolda mashinaning eng yuqori 
unum bilan ishlashi mezonining ikkinchi ta’rifidir. 
Detallarning chekli yeyilganini aniklashning birnechta usullari bor. Ulardan 
birinchisi, eng ko’p tarqalgani yeyilishning klassik egri chizig’ini taxlil qilishga 
asoslangan. Bu usul siqkalanish o’tganidan so’ng detallar ma’lum vaqtgacha bir tekis 
yeyilishiga va grafikdagi egri chiziq tarmog’i qandaydir o’zgarmas ko’tarilish 
burchagiga ega bo’lishiga asoslangan. Ammo xamma detallar uchun xam bu usuldan 
foydalanish mumkin emas, chunki yeyilishning egri chizigi barcha detallar uchun 
xam uzgarmas ko’rnishga ega emas. Bundan tashqari, mazkur usulda ishning sifati 
e’tiborga olinmaydi. 
Detallarning xizmat muddatini aniqlashning ikkinchi usuli quyidagi qonunga 
asoslangan: agar detal mavsumda to’liq ishlay olmasa, yeyilish grafigidan qat’iy 
nazar detal almashtiriladi. Bu usulni bitta detal butun agregatning uzoq vaqt bekor 
turib qolishiga olib keladigan xollar uchungina tavsiya etish mumkin. 
Transport vositalari detallarining xizmat muddatini anilashniqng uchinchi 
usuli, yeyilganda ularning ishlash qobiliyatini o’zgarishiga asoslangan, ya’ni agar 
mashina detali ish jarayonida zarur agrotexnika talablarini bajarmay qo’ysa u 
almashtiriladi. Bu ko’p xollarda eng tug’ri yo’l bo’ladi, chunki u zarur miqdordagi 
ishning bajarilishini ta’minlaydi. 
Transport vositalarini detallari chekli yeyilganini aniqlashning to’rtinchi usuli 
shunga asoslanganki, detallarni barvaqt almashtirish xam, kech almashtirish xam 
qilinadigan sarf xarajatlarini oshiradi. Mazkur usul foydalanishning tejamkorligini 
xisobga oladi va detal narxi bilan foydalanish xarajatlari narxining mosligi asosida 


18 
xal etadi. Bu usulda bajariladigan asosiy ishning sifati mutlaqo e’tiborga olinmaydi, 
bu esa uning kamchiligidir. 
Nazorat uchun savollar 
1. Mashinadagi elementlarning oxirgi xolati deb nimaga aytiladi? 
2. CHekli yeyilish yoki tirkish deb nimaga aytiladi? 
3. Yaroqsizga chiqarish o’lchamlarini aniqlash usullari? 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling