Ilmiy jurnal
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya 1 son 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar tahlili va metologiya.
№ 1, 2023 “PSIXOLOGIYA” ILMIY JURNAL * НАУЧНЫЙЖУРНАЛ * SCIENTIFIC JOURNAL
56 tafakkurining yaqqolligi xotirasining kuchliligi, tafakkurning yorqinligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi.Maktab ta‘limiga tayyorlanayotgan bolaga diqqat nisbatan uzoq muddati va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o‘yinlarda rasm chizish va qurish-yashash mashg‘ulotlarida loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda matematik amallarni yeshichda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Bola o‘z diqqatini muayyan obyektga yo‘naltirish, to‘plash taqsimlash bo‘yicha ma‘lum darajada ko‘nikmaga ega bo‘lib o‘z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to‘plashga intiladi. Adabiyotlar tahlili va metologiya. Xorijiy mamlakatlarda ham mental arifmetika sohasiga bo‘lgan qiziqish kundan kunga rivojlanib bormoqda. Stenford universitetidan Maykl Frank va Kaliforniya universitetidan Devid Barnerni Hindistonga borishga va mental arifmetikani o'qitish doirasida intellektual qobiliyat qanday rivojlanayotganini aniqlashga qaror qilishadi. Olimlarni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, qanday qilib bir vaqtning o'zida bir qancha abakus toshlarini tasavvurda hisoblash edi. Chunki odam bir vaqtning o'zida bir-nechta narsani tasavvur qila olishi qiyin edi. O'quvchilar esa, 15 xonali abakusning 3-4 xonasida joylashgan toshlarni bemalol qo'shib-ayirishgan. Tadqiqotda yana bir jihatga e'tibor qaratilgan, mental hisoblash til xususiyatlari bilan juda kam bog'langan lekin miyaning sensomotor qismlari bilan yaxshigina bog'langan bo'ladi. Tadqiqotda qatnashgan o'quvchilarga she'r aytish bilan birgalikda hisoblash partada sodda barmoq harakatlarini bajarish kuzatilgan. Shu asnoda ko'p ustunli misollarni ishlash vazifasi berilgan. Tadqiqotchilarda shu narsa aniq bo‘ldiki, mental arifmetika mashg‘ulotlari bolalarda ikkala yarim sharlarning baravar ishlash funksiyasini bajaradi. Bolalarning bilimlar tizimini o‘zlashtirishga tushunchalarni qonuniyatarini noma‘lum belgisiga binoan o‘rganishlari tez-tez uchrab turadi va bu hol o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi qiyinlashtiradi.Shuning uchun o‘quvchilarga tushunchani to‘g‘ri umumlashtirish usullarini o‘rgatish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning umumlashtirish faoliyatini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan taqdiqotlardan o‘zlari mustaqil ravishda narsalarni muhim belgilalariga asosan umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ularda mahalliy tushunchalar atamalar, tushunchalar miqdori keskin kamayadi. Boshlangʻich sinflardagi ta‘lim jarayonida ba‘zan hissiy-yaqqol yoki empirik umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Narsa va hodisalarni guruhlarga ajratish va tasniflash lozim bo‘lib qolsa, ko‘pincha shu usullalardan ham foydalanish tavsiya qilinadi. Bayon etilganlardan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta‘lim jarayonida turli umumlashtirish va mavhumlashtirish usullaridan foydalanish ma‘lum bo‘ladi. Ularning mavhumlashtirish va umumlashtirish faoliyati to‘rtinchi sinfgacha asta-sekin murakkablashib miqdori va sifati jihatdan o‘zgarib boradi. Shunday qilib, maxsus tashkil etilgan mavhumlashtirish va umumlashtirish usulalarini o‘rgatish bolalar taffakurining rivojlanishi maktab yoshidagi o‘quvchilarning taffakuri, mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash, tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashdek o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalardan va o‘smirlar tafakuridan keskin farq qiladi. Bolalar taffakurida yaqqol obrazlarga suyanib mulohaza yuritish, ya‘ni yaqqol taffakur muhim taffakurdan ma‘lum darajada ustun turadi. Va ularning taffakuri yosh xususiyatiga mutlaqo mosligini ko‘rsatadi. Ta‘lim jarayonida taffakur operatsiyalarini mustaqil fikrlashni o`rgatish boshlang`ich sinf o‘quvchilariga mental arifmetika mashg‘ulotlarini o‘rgatish orqali rivojlanadi. Biz ko‘rib o‘tayotgan aqliy rivojlanish muammolarini yechishda mental arifmetika mashg‘ulotlarining ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda. Mental arifmetika fanining tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu fan taxminan 5 ming yil oldin Qadimgi Yunoniston va Mesopotamiyada paydo bo‘lgan. Aynan o'sha paytda miyaning ikkala yarim sharining rivojlanishini rag'batlantiradigan, xotira, diqqat va aqliy hisoblashni ajoyib natijalarga erishishga imkon beradigan usul sifatida paydo bo'ldi. Mental arifmetikaning rivojlanishining svilizatsiya darajasi Osiyo mamlakatlarida kuzatildi. Abakus va mental arifmetika qadimgi Xitoyda muhim svilizatsiya yutugʻidir. Mental arifmetika Xitoyda rivojlangan bo‘lsa-da, Yaponiyadagi rivojlanish mental arifmetikaning yuqori cho‘qqisiga erishdi. Yaponlar aql- idrokni rivojlantiruvchi mashg‘ulotni xitoyliklardan o‘zlashtirib olib o‘zlarining hisoblash sanoq sistemalarini ishlab chiqqanlar. Bu usul odamlar tez va to'g'ri hisoblashni o'rganishlari uchun ixtiro qilingan eng muhim vositadir. Mental arifmetika mashg‘ulotlarida abakus deb nomlangan maxsus hisob tizimidan keng qo‘llaniladi. Aytishimiz mumkinki, abakus zamonaviy kalkulyatorning asoschisidir. Faqat kalkulyator aql-idrokni rivojlantirmaydi va odamni o'ylashga majbur qilmaydi, lekin abakus shunday yaratilganki, u bilan hisoblash qobiliyati miyani mashq qiladi, ikkala yarim sharlar, ijodkorlik va aql o'rtasidagi asabiy aloqalarni rivojlantiradi. Ta'limning butun tarixi davomida o'rganish psixologiyasining markaziy muammosi - ta'lim va rivojlanish o'rtasidagi munosabatlar muammosi bo‘lib kelmoqda. Bolalarning kognitiv rivojlanishida ta'limning o'rni haqidagi savolga javoban, olimlarning fikrlari ikkita asosiy yo'nalishga bo'linadi: https://buxdu.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling