Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
entrepont nm kemaning ikki palubasi orasidagi joy. entreposage nm omborga qo‘yish. entreposer vt omborga qo‘ymoq. entrepôt nm ombor, yuk ombori. entreprenant, ante adj epchil, uddaburo, tashabbuskor. entreprendre vt 1. biror ishga kirishmoq, ishni boshlamoq; n’entreprenez rien sans me téléphoner menga qo‘ng‘ iroq qilmasdan hech narsa qilmang; entreprendre un voyage sayohat qilmoq; 2. zimmasiga olmoq; pudratga olmoq; entreprendre des travaux de construction qurilishni baylab, pudratga olmoq; 3. biror kishini ishontirishga, og‘dirib olishga urinmoq. entrepreneur, euse n korxona egasi; tadbirkor; pudratchi. entreprise nf 1. boshlangan ish, tashabbus; 2. pudrat; 3. korxona; chef d’entreprise korxona egasi. entrer I. vi kirmoq, ichkariga kirmoq; entrer dans une maison uyga kirmoq; 2. o‘qishga yoki ishga kirmoq; entrer à l’université universitetga o‘qishga kirmoq; 3. qo‘shilmoq, aralashmoq, qatnashmoq; entrer dans un complot fitnaga qo‘shilmoq; 4. qo‘shilmoq, birikmoq, tarkibiga kirmoq; 5. entrer en colère jahli chiqmoq; entrer en détail diqqat bilan o‘rganmoq, kuzatmoq; II. vt 1. kiritmoq, olib kirmoq; entrer des marchandises tovar olib kirmoq; 2. botirmoq, suqmoq; il lui entrait ses ongles dans la main uning qo‘liga tirnoqlarini botirar edi. entresol
nm antresol, birinchi va ikkinchi qavat oralig‘ idagi joy. entre-temps adv shu orada, shu asnoda, shu vaqt ichida. entretenir I. vt 1. bir maromda saqlamoq, ta’minlamoq; to‘xtashga, susayishga, uzilishga yo‘l qo‘ymaslik; entretenir le feu olovni o‘chirmay saqlab turmoq; entretenir une correspondance avec qqn birov bilan xat yozishib turmoq; 2. qaramoq, tutmoq, parvarish qilmoq; yaxshi holatda saqlamoq; entretenir une route yo‘lning holatini yaxshi saqlamoq; un jardin mal entretenu parvarishsiz, boqimsiz, qarovsiz bog‘; 3. boqmoq, qaramoq, tarbiya qilmoq; entretenir sa famille oilasini boqmoq, ro‘zg‘or tebratmoq; 4. gaplashib turmoq, gapni, suhbatni qizitib turmoq; II. s’entretenir vpr 1. ovunmoq, yupanmoq, o‘zini ovuntirmoq, o‘zini yupatmoq; s’entretenir d’illusions o‘zini orzu-umidlar bilan yupatmoq; 2. gaplashmoq, bir-biriga gapirmoq, suhbatlashmoq; 3. s’entretenir la main malakasini saqlamoq. entretenu, ue adj 1. birovning qaramog‘ idagi, qaram, boqim; une femme entretenue birovning qaramog‘idagi ayol, o‘ynash; 2. bien entretenu boqimli, parvarishi yaxshi; mal entretenu boqimsiz, qarovsiz, parvarishi yomon.
entretien nm 1. qarash, parvarish qilish; tartibli, ozoda, but saqlash, yaxshi holatda saqlash; ta’mir; l’entretien d’une voiture mashinani shay saqlash; l’entretien courant des machines uskunalarni joriy ta’mirlash; l’entretien des routes yo‘llarni ta’mirlash; 2. boqish, qarash, ta’minlash; l’entretien des troupes armiyani ta’minlash (oziq-ovqat, kiyim-kechak kabilar bilan); 3. suhbat; muzokara; avoir un entretien avec le ministre vazir suhbatida bo‘lmoq; les entretiens diplomatiques diplomatik muzokaralar. entretoise nf tirgovuch, tirgak, ko‘ndalang qo‘yilgan to‘sin; ko‘ndalang o‘tkazilgan, qo‘yilgan narsa. entretuer (s’) vpr bir-birini o‘ldirmoq; bir-biri bilan o‘lguncha urishmoq. entrevoir vt 1. g‘ira-shira, elas-elas, sal-pal ko‘rib qolmoq; yo‘ l-yo‘lakay ko‘zi tushmoq; zo‘rg‘a ajratmoq; entrevoir qqch dans l’ombre nim qorong‘ilikda biror narsani zo‘rg‘a ajratm oq; je l’ai entrevu dans l’escalier men uni zinada yo‘l-yo‘lakay ko‘rib qoldim; 2. oldindan ko‘rmoq, payqamoq, sezmoq, kelajakni ko‘rmoq, bashorat qilmoq; taxmin qilmoq; vous avez entrevu la solution siz yechimini topdingiz; entrevoir une nouvelle vie yangi hayotni bashorat qilmoq, oldindan ko‘rmoq. entrevue nf uchrashuv, muzokara; ménager une entrevue uchrashuv uyushtirmoq; avoir une entrevue avec le directeur direktor bilan uchrashmoq. entropie nf phys entropiya (energiyaning tanazzulga uchrashi prinsipini ifodalovchi matematik funksiya). entrouvrir vt sal ochmoq, qiya ochmoq; entrouvrir les rideaux pardani qiya ochmoq. énumératif, ive adj sanoq, hisobga oid; hisoblaydigan, hisobga oladigan. énumération nf sanab chiqish; ro‘yxat; l’énumération des objets d’une collection kolleksiyaga kirgan buyumlarni sanab chiqish (ro‘yxatini tuzish). énumérer
vt sanab, hisoblab chiqmoq, sanamoq, hisoblamoq. envahir
vt 1. bostirib kirmoq; bosib olmoq, zabt etmoq, ishg‘ol etmoq; 2. to‘ldirib yubormoq; to‘lib ketm oq; la foule envahit la place xaloyiq maydonga to‘lib ketdi; l’eau va envahir la maison hozir uy suvga to‘lib ketadi; 3. qamrab olmoq, to‘ldirmoq. envahissement nm 1. bostirib kirish, zabt etish; bosib olinish, zabt etilish; 2. qamrab olganlik; to‘ldirganlik, egallab olganlik. envahisseur nm bosqinchi, istilochi. envasement nm loyqa bosish, loyqaga to‘lib qolish. envaser
vt loyqa bilan to‘ ldirmoq, loyqaga botirmoq; loyqaga ko‘mmoq. enveloppant, ante adj 1. o‘ragan; qamragan; 2. fig maftun etadigan, jozibali; yurakdan uradigan; des paroles enveloppantes yurakdan uradigan so‘zlar. enveloppe nf 1. konvert; 2. tashqi ko‘rinish; parda, qobiq; 3. ko‘rpaga tutiladigan choyshab, jild. enveloppement nm 1. o‘rash, o‘rab qo‘yish; 2. mil o‘rab, qurshab olish; une manœuvre d’enveloppement qurshab olish manyovri. envelopper I. vt 1. o‘ramoq, chulg‘amoq; 2. qamramoq, qamrab olmoq; II. s’envelopper vpr o‘ranmoq, chulg‘anmoq. envenimer I. vt 1. qo‘zg‘amoq, qo‘zg‘atmoq, qichitmoq, yallig‘lantirmoq; envenimer une plaie yarani yallig‘lantirmoq; 2. fig avj oldirmoq, keskinlashtirmoq, kuchaytirmoq, oshirmoq; envenimer un débat bahsni keskinlashtirmoq; envenimer une querelle janjalni kuchaytirmoq; II. s’envenimer vpr 1. yallig‘lanmoq, qizarmoq, shishmoq; 2. fig keskinlashmoq; kuchaymoq; la discussion s’envenima bahs keskinlashdi. envergure nf 1. uzunlik, kenglik; qanotlarning yozilgandagi kengligi; cet oiseau a 3 mètres d’envergure bu qush qanotlarining kengligi 3 metrga teng; 2. mar reya ning uzunligi (yelkan bog‘lanadigan ko‘ndalang yog‘och); 3. masshtab ko‘lam, miqiyos; un esprit de grande envergure keng miqiyosdagi fikr. envers
1 prép 1. biror kimsa-narsa haqida, to‘g‘risida; biror kimsaga- narsaga nisbatan; ko‘ra; il a mal agi envers nous u bizga nisbatan yomon munosabatda bo‘ldi; 2. loc envers et contre tous umumiy qarshilikka qaramay. envers
2 nm ters tomoni, teskari tomoni, ichki tomoni, teskarisi; à l’envers teskarisiga, chappasiga. envi (à l’) loc adv bir-biriga gal bermay, chug‘urlashib. enviable
adj orzu qiladigan, havas qilinadigan; orzu qilsa arziydigan, havas qilsa arziydigan. envie nf 1. orzu, havas, istak, xohish; il brûle d’envie u istakdan yonmoqda; avoir envie istamoq, xohlamoq; fam envie de femme enceinte boshi qorong‘ilik (homilador ayolning biror narsani tusashi); fig injiqlik, kutilmaganda biror narsani injiqlik bilan talab qilish; 2. rashk, hasad; faire envie à qqn rashkini keltirmoq, hasad uyg‘otmoq; 3. fam xol, nor; 4. pl fam tirnoq milki. envier
vt havas qilmoq, havasi kelmoq; il envie les autres uning boshqalarga havasi kelyapti; je vous envie d’habiter la campagne sizning qishloqda yashashingizga havasim kelyapti. envieux, euse I. adj hasadli, g‘ayir, ichi qora, baxil; ko‘rolmaydigan; des regards envieux hasad bilan qarash, suqlanib qarash; être envieux hasadgo‘y bo‘lmoq; II. n hasadchi, hasad qiluvchi odam; g‘ayir, baxil, ichi qora.
environ I. adv taxminan, chamasi; il y a environ deux mois taxminan ikki oy burun; II. nm pl atrof, tevarak, kanora; loc adv aux environs de atrofida, tevaragida. ENVIRONNANT
ÉPATAMMENT
203 environnant, ante adj o‘rab olgan, atrofdagi, yon-beridagi; la campagne environnante atrofdagi qishloq; le milieu environnant atrof muhit; o‘rab olgan muhit. environnement nm o‘rab olgan muhit, sharoit, atrof-muhit. environner I. vt 1. o‘rab olmoq, qurshab olmoq; une haute muraille environne le château qasrni baland devor o‘rab olgan; 2. fig atrofiga to‘planmoq, yig‘ilmoq; les dangers qui l’environnent uni o‘rab turgan xavf- xatar; la société qui nous environne bizni o‘rab turgan jamiyat; II. s’environner vpr atrofiga to‘plamoq, yig‘moq; s’environner d’amis fidèles sodiq do‘stlarni atrofiga yig‘moq. envisager vt 1. biror nuqtai nazardan qaramoq, ma’lum munosabatda bo‘lmoq, e’ tibor bermoq, e’ tiborga, hisobga olmoq, hisoblanmoq; o‘ylamoq; il faut envisager calmement l’avenir kelajak haqida vazminlik bilan o‘ylash kerak; comment envisagez-vous ce problème? siz bu masalaga qanday munosabatdasiz? il faut envisager la question sous un autre angle masalaga boshqa tomondan, nuqtai nazardan yondoshmoq kerak; 2. oldindan ko‘rmoq, sezmoq, kelajakni ko‘rmoq; oldindan bilmoq, bashorat qilmoq; taxmin qilmoq, mo‘ljallab qo‘ymoq, ko‘z oldiga keltirmoq; vous n’avez pas envisagé cette possibilité siz bu imkoniyatni kutmagan edingiz, oldindan ko‘zda tutmagan edingiz. envoi
nm 1. jo‘natish, yuborish; to‘p oshirish (sportda); un coup d’envoi to‘pga birinchi zarbani berish. envol nm uchish, parvoz qilish; parvoz; l’envol d’un avion samolyotning parvozi; la piste d’envol uchish polosasi, chizig‘i. envolée
nf 1. uchish, parvoz qilish; 2. fig parvoz, beqiyos yuksalish, ravnaq; ilhom. envoler
vpr 1. uchmoq, uchib ketmoq; les oiseaux se sont envolés qushlar uchib ketdilar; s’envoler à tire-d’aile shiddat bilan, jon-jahd bilan uchib ketmoq; 2. poét tez o‘ tmoq, o‘ tib ketmoq; yo‘qolmoq, yo‘q bo‘lmoq; les illusions s’envolent orzu-umidlar o‘ tib ketdi, puchga chiqdi. envoûtant, ante adj un regard envoûtant maftun, shaydo, rom qiladigan nigoh; une beauté envoûtante sehrlaydigan, maftun qiladigan go‘zallik. envoûtement nm 1. dilrabolik, kishini shaydo, maftun qiladigan, sehrlab qo‘yadigan narsa; 2. sehrlash; sehrlanganlik. envoûter
vt 1. sehrlamoq, avramoq, afsun qilmoq; ko‘zi tegmoq, suqi, kinnasi kirmoq; 2. maftun qilmoq; shaydo qilmoq; envoûter son auditoire tinglovchilarni sehrlab olmoq; cette femme l’a envoûté bu ayol uni shaydo qilib qo‘ydi. envoyé, ée I. adj une balle bien envoyée aniq oshirilgan to‘p; fam une réponse bien envoyée oqilona, zukko javob; II. nm vakil; muxbir; xat tashuvchi; l’envoyé spécial d’un journal gazetaning maxsus muxbiri. envoyer I. vt 1. yubormoq, jo‘natmoq; envoyer un enfant à l’école bolani maktabga yubormoq; envoyer une lettre xat jo‘natmoq; envoyer chercher qqn, qqch biror kimsani, narsani olib kelishga jo‘natmoq; envoyez-moi un dictionnaire menga bir lug‘at yuboring; le ministre a envoyé en mission deux spécialistes vazirlik ikki mutaxassisni xizmat safariga jo‘natdi; envoyer qqn à la mort biror kimsani o‘ limga yubormoq; envoyer qqn dans l’autre monde biror kimsani narigi dunyoga jo‘natmoq; envoyer un télégramme telegramma jo‘natmoq; 2. oshirmoq, otmoq; envoyer une balle to‘p oshirmoq; envoyer des pierres tosh otmoq; II. s’envoyer vpr 1. jo‘natilmoq, yuborilmoq; ces marchandises ne peuvent pas s’envoyer par la poste bu tovarlar pochta orqali jo‘natilmaydi; 2. bir-biriga jo‘natmoq; ils s’envoient toujours une lettre au Nouvel an yangi yilda ular doim bir-biriga xat yuboradilar. envoyeur, euse n jo‘natuvchi, yuboruvchi (pochtada). enzyme nf ferment (tirik hujayrada ishlab chiqariladigan va organizmda modda almashuvini tartibga solib turadigan organik modda). éolien, ienne I. adj géog shamol ta’siri ostida vujudga keladigan; II. nf shamol tegirmon. épagneul, eule n spaniel (ovchi itning bir turi). épais, aisse I. adj 1. qalin, zich, quyuq; 2. yo‘g‘on qalin; un mur épais qalin devor; 3. quyuq, quyultirilgan; une huile épaisse quyuq moy; un brouillard épais quyuq tuman; 4. qovushmagan, epsiz, lavang; II. nm 1. o‘rtasi; qalin joy; au plus épais de la foule xaloyiqning o‘rtasida; 2. cho‘kindi, quyqa; au fond de la bouteille il y a de l’épais shishaning ostida quyqa, cho‘kindi bor; III. adv zich; qalin qilib; semer épais qalin qilib ekmoq. épaisseur nm 1. yo‘g‘onlik, qalinlik; l’épaisseur de la glace muzning qalinligi; le mur a 2 mètres d’épaisseur devorning qalinligi ikki metr; 2. quyuqlik, qalinlik, zichlik; l’épaisseur de la sauce sousning quyuqligi. épaissir
I. vt 1. quyuqlashtirmoq; épaissir une sauce avec la farine sousga un qo‘shib quyuqlashtirmoq; 2. yo‘g‘onlashtirmoq, qalinlashtirmoq; og‘irlashtirmoq; to‘ldirmoq; il faut épaissir votre dossier sizning hujjatlaringizni to‘ldirish kerak; II. s’épaissir vpr 1. quyuqlashmoq; qalinlashmoq; le brouillard (s’) épaissit tuman quyuqlashmoqda; 2. yo‘g‘onlashmoq; to‘lishmoq; og‘irlashmoq. épaississement nm 1. quyuqlashish, qalinlashish; quyuqlik, qalinlik; l’épaississement du brouillard tumanning qalinligi, quyuqligi; 2. yo‘g‘onlashish, to‘ lishish; yo‘g‘onlik; to‘liqlik, to‘ lganlik; l’épaississement de la taille gavdaning yo‘g‘onligi. épanchement nm 1. méd oqish, oqib chiqish, quyilish; un épanchement de sang qon quyilishi; 2. géog lavaning oqishi; lavaning otilib chiqishi; 3. fig ochiq izhor, ifoda etish; ko‘ngildagini ochib aytish, yorilib gapirish, dilidagini to‘kib solish. épancher I. vt izhor etmoq, bayon qilmoq, bildirmoq, to‘kib solmoq; sochmoq; épancher ses secrets sirlarini to‘kib solmoq; épancher son cœur dilidagini bayon qilmoq, to‘kib solmoq; II. s’épancher vpr yorilib gapirmoq, dilidagini aytmoq, dilini yozmoq, ichidagilarni aytib yuragini bo‘shatmoq. épandage nm to‘kish; sochish; sepish; champs d’épandage oqava suvlar tozalanadigan joy; axlatxona, axlattepa. épandre
I. vt 1. quymoq, to‘kmoq; 2. yoyib, sochib tashlamoq, sochmoq; sepmoq; épandre les engrais dori, o‘g‘it sepmoq (ekinga); II. s’épandre vpr 1. to‘kilmoq, to‘kilib ketmoq; 2. tarqalmoq, yoyilmoq. épanouir
(s’)
vpr kurtak yozmoq, kurtak chiqarmoq, gullamoq; ochilmoq, ochilib ketmoq. épanouissement nm 1. kurtak yozish; ochilish; gullash; 2. fig gullab- yashnash; ochilish; ravnaq topish. épargnant, ante n pul qo‘ygan kishi, pul qo‘yuvchi, omonatchi; grand, petit épargnant katta, yirik, kichik omonatchi. épargne nf 1. jamg‘arish, tejash; to‘plash, yig‘ ish; 2. tejamkorlik; 3. yig‘ilgan, to‘plangan, jamg‘arilgan pul, mablag‘, jamg‘arma; l’épargne nationale davlatning pul zaxirasi; davlat xazinasi; la caisse d’épargne omonat kassa; l’épargne logement uy-joy qurish uchun pul yig‘ish. épargner
I. vt 1. jamg‘armoq, to‘plamoq, yig‘moq (pul, mablag‘ haqida); il épargne pour ses vieux jours u qariganda ishlatish uchun pul to‘playapti; il a épargné un million u bir million pul yig‘di; 2. ehtiyot qilmoq, ayamoq; il épargne sur tout u hamma narsaga pulini tejaydi, kam sarflab pulni tejaydi, puldan orttiradi; il faut épargner les provisions oziq-ovqatni tejash zarur; 3. qutqarmoq, xalos, ozod qilmoq; saqlab qolmoq; épargner un travail à qqn biror kimsani biror mushkul ishdan xalos etmoq; épargner à qqn une honte biror kimsani uyatdan, sharmandalikdan saqlab qolmoq; 4. ayamoq, rahm, shavqat qilmoq; épargner son adversaire raqibini ayamoq; la maison a été épargnée par la guerre urushdan bu uy talafot ko‘rmadi; II. s’épargner vpr 1. o‘zini avaylamoq; 2. qutulmoq, xalos bo‘lmoq. éparpillement nm 1. sochish, yoyish, sochib tashlash; tarqatib yuborish, to‘zg‘itib yuborish; 2. sochilish, tarqalish. éparpiller I. vt 1. sochmoq, yoymoq, yoyib qo‘ymoq, sochib tashlamoq; éparpiller de la paille sur le sol yerga poxolni yoyib qo‘ymoq; 2. fam tarqatib, to‘zg‘itib yubormoq; la vie a éparpillé les amis aux quatre coins du pays hayot do‘stlarni butun mamlakat bo‘ylab to‘zg‘itib yubordi; II. s’éparpiller vpr bir yo‘la bir necha ishga yopishmoq. épars, arse adj 1. sochilgan, sochib tashlangan, yoyilgan, yoyib tashlangan; tartibsiz yotgan; unda-bunda; sochilib ketgan, bir-biridan uzoqda joylashgan; des maisons éparses dans la plaine tekislikda bir-biridan uzoqda joylashgan uylar. épatamment adv fam o‘taketgan, hayratda qoldiradigan darajada, nihoyatda. ÉPATANT
ÉPINE
204 épatant, ante adj hayratda qoldiradigan, ajoyib, aqlni shoshiradigan, nihoyatda ajoyib; g‘oyat zo‘r; un film épatant g‘oyat zo‘r film. épaté, ée adj 1. yassi, yapasqi, yapaloq, puchaygan; le nez épaté yapaloq burun; 2. fig fam hayron, tong, qoyil qolgan; esankiragan, dovdiragan, taajjublangan. épatement nm 1. yassilik, yapaloqlik, puchuqlik; l’épatement du nez burunning yassiligi; 2. fam hayron, qoyil, mahliyo bo‘lish, tong, qoyil qolish; hayrat, mahliyolik. épater I. vt hayratda qoldirmoq, hayron, tong, qoyil qoldirmoq; juda ham ajablantirmoq; esankiratib qo‘ymoq; son succès m’a épaté uning muvaffaqiyati meni esankiratib qo‘ydi; il cherche à épater ses amis u o‘rtoqlarini hayratga solishni istaydi; II. vpr s’épater hayratga tushmoq; ajablanmoq; il ne s’épate de rien uni hech narsa ajablantirmaydi. épaule nf yelka; kurak usti; kift; la tête enfoncée entre les épaules yelkasini qisib; hausser les épaules yelka qismoq, hayron bo‘lmoq; faire toucher les épaules yelkasini yerga tegizmoq, kurashda g‘olib bo‘lmoq; il a la tête sur les épaules uning kallasi, miyasi joyida, uning aqli bor; u aql bilan ish ko‘radi; donner un coup d’épaule à qqn biror kimsaga yordam bermoq; faire qqch par dessus l’épaule biror narsani e’ tiborsizlik bilan bajarmoq. épaulé nm tosh yoki shtanga ko‘tarishda yelka darajasiga ko‘ targuncha bo‘lgan harakat. épaulement nm tirgovich devor. épauler
vt 1. yelka tiramoq, yelkasiga qo‘ymoq; il épaula son fusil u miltiqni yelkasiga tiradi;
2. yordamlashmoq, yordam bermoq,
ko‘maklashmoq; yonini, tarafini olmoq. épaulette nf 1. mil pogo‘n; 2. ayollar ichko‘ylagining yelka lentasi, yelkabog‘; 3. taglik (ust kiyim yelkasi ichidan qo‘yiladigan yostiqcha). épave nf 1. halokatga uchragan kema parchalari; le rivage était couvert d’épaves qirg‘oq kema parchalari bilan qoplangan edi; fig les épaves d’une armée majaqlangan armiyaning qoldiqlari; 2. bo‘sh, latta, noshud, shalviragan odam. épée
nf qilich; shamshir, tig‘, tirer l’épée qilichni yalang‘ochlamoq; passer au fil de l’épée qilichdan o‘tkazmoq, o‘ldirmoq; un coup d’épée dans l’eau befoyda urinish, harakat; épée de Damoclès doimiy xavf-xatar, tahlika. épeiche
nf olachipor qizilishton. épeler
vt 1. harfma-harf, hijjalab o‘qimoq; 2. harflarni nomini aytmoq, harfma-harf aytmoq; voulez-vous épelez votre prénom? ismingizni harflab ayta olasizmi? éperdu, ue adj sarosimaga tushgan, esankiragan; o‘zini yo‘qotgan; éperdu de joie sevingandan o‘zini yo‘qotgan, o‘ ta suyungan. éperdument adv haddan tashqari, nihoyat, behad; être éperdument amoureux haddan tashqari sevib qolmoq. éperlan
nm dengiz mayda balig‘i. éperon
nm 1. shpor (otliqlar etigining poshnasiga taqiladigan temir tepki); donner, piquer des éperons otni shpor bilan niqtamoq, tezlatmoq; 2. mar kemaning o‘tkir tumshug‘i; 3. géog tarmoq (tizma tog‘ tarmog‘i); un éperon rocheux qoyali tog‘ tizmasi; 4. zool pix (xo‘roz haqida). éperonner vt 1. shpor bilan niqtalamoq, tezlatmoq (otni); 2. fig qo‘zg‘atmoq, uyg‘otmoq; hayajonga solmoq. épervier
nm 1. qiyg‘ir, qirg‘ iy; 2. irg‘itiladigan, otib tashlanadigan, yoyib tashlanadigan to‘r, matrap (baliq ovida). éphèbe nm go‘zal, barno yigit, o‘spirin. éphélide nf sepkil. éphémère I. adj 1. umri qisqa, bir kunlik; un insecte éphémère bir kun yashaydigan, umri qisqa hasharot; 2. o‘ tkinchi; bir lahzali, bir onli; tez o‘tib ketadigan, bebaho; un bonheur éphémère bebaho baxt; II. nm zool qisqaumrlilar. éphéméride nf 1. yirtma kalendar; 2. pl astron efemeridalar (astronomik jadvallar); 3. turli davrlarda yilning aynan bir kunida sodir bo‘lgan voqealar Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling