Institut français d’Études sur l’asie centrale
Download 18.64 Mb. Pdf ko'rish
|
bilan hakamlik qilmoq.
ÉQUITATION
ÉRUPTIF
207 équitation nf ot minish, otda, ot minib yurish. équité
nf adolatlilik, haqqoniylik, odillik, to‘g‘rilik. équivalence nf qadri, qiymati, ahamiyati yoki sifatining bir xil bo‘lishi; ekvivalentlik, biror jihatdan tenglik, teng ma’nolilik; teng qiymatlilik. équivalent, ente I. adj teng baholi, teng qiymatli, bahosi, qiymati bir xil bo‘lgan; ekvivalent teng bo‘la oladigan; teng ma’noli; teng; baravar; deux quantités équivalentes ikkita bir xil, baravar miqdor; deux expressions équivalentes ikkita bir xil ma’noli ibora; en russe il n’y a pas d’expression équivalente rus tilida teng ma’noli ibora, so‘z yo‘q; être équivalent à tenglashmoq, baravar kelmoq; bas kelmoq; la prime est équivalente à un mois de travail mukofot bir oylik maoshga baravar keladi; II. nm ekvivalent (bir narsaga har jihatdan teng bo‘lgan, u bilan almasha oladigan narsa); moslik, muvofiqlik, loyiqlik, to‘g‘ri, mos kelish; l’équivalent de la chaleur phys issiqlikning mexanik ekvivalenti; chercher l’équivalent d’un mot biror so‘zga mos keladigan boshqa so‘zni qidirmoq. équivaloir vi teng baholi bo‘lmoq, teng qiymatli bo‘lmoq; ahamiyati baravar (bir xil) bo‘lmoq; teng bo‘lmoq; qiymati, ahamiyati yoki ma’nosi bir xil, teng bo‘lmoq; o‘xshash bo‘lmoq; cette réponse équivaut à un refus bu javob rad qilish bilan baravar. équivoque I. adj 1. ikki ma’noli, ikki ma’noda tushunilishi mumkin bo‘ lgan; un mot équivoque ikki ma’noli so‘z; une réponse équivoque ikki xil tushunilishi mumkin bo‘lgan javob; 2. shubhali, shubha tug‘diradigan, ishonib bo‘lmaydigan, qorong‘i; dargumon; un personnage équivoque shubhali shaxs; une attitude équivoque shubhali, shubha tug‘diradigan xatti- harakatlar; II. nf 1. ikki ma’nolilik, ikki ma’noli gap; shama, qochirim, ishora; un discours plein d’équivoques qochirim to‘la nutq; sa réponse est sans équivoque uning javobi aniq; user d’équivoque qochirimli iboralarni ishlatmoq, qo‘llamoq; 2. shubha, gumon, ikkilanish; dissiper toute équivoque barcha shubhalarni tarqatib yubormoq. érable nm zarang (daraxt). éradication nf tag-tomiri bilan yo‘q qilish, tugatish, bitirish. érafler vt 1. timdalamoq, tirnab olmoq; tirnab o‘ tmoq; la balle lui a éraflé le bras o‘q qo‘ lini tirnab o‘ tdi; 2. tirnab chizmoq, yozmoq, qirib chizmoq, yozmoq.
éraflure nf 1. tirnalgan, timdalangan joy, tirnoq izi, chaqa; 2. qirilgan, tirnalgan, sidirilgan joy. éraillement nm tortib, yulib yirtish; qirib chizish, tirnab yozish; tirnalgan, qirilgan joy; xirillash (ovoz). érailler I. vt 1. gazmolni, matoni tortib, yulib yirtmoq; 2. qirib, chizib yozmoq, tirnab chizmoq (mebel haqida); II. s’érailler vpr sitilmoq, qirqilmoq (gazmol haqida); s’érailler la voix xirillab qolmoq, xirillamoq; ovozi bo‘g‘ilib qolmoq. éraillure nf 1. ishqalangan, sitilgan, qirqilgan joy (gazmol haqida); 2. tirnalgan, qirilgan, sidirilgan joy. ère nf 1. yil hisobi, sana; era; l’ère musulmane hijriy (musulmonlar yil hisobi); avant notre ère miloddan avval, eramizdan avval; 2. era, epoxa, zamon, davr (katta tarixiy davr); l’ère de l’atome atom davri; 3. géol era, epoxa, davr (katta geologik davr); l’ère archéenne arxey erasi (Yerda hali hayot yuzaga kelmagan eng qadimiy davr). érectile adj anat tarang bo‘la oladigan, turadigan. érection nf 1. qurish, barpo qilish, o‘rnatish, tiklash (monument, yodgorlik haqida); 2. physiol ba’zi mushaklarniung taranglashishi, tortilishi; ereksiya, jinsiy a’zoning taranglashishi. éreintant, ante adj charchatadigan, toliqtiradigan. éreintement nf 1. charchatish, toliqtirish; 2. qattiq koyish, so‘kish, haqorat, qattiq tanbeh; yerga, pastga urish, nafsoniyatga tegish. éreinter
vt 1. charchatib qo‘ymoq, toliqtirmoq; ce travail m’a éreinté bu ish meni charchatib qo‘ydi; 2. tanqid qilmoq; yomonlamoq, yerga, pastga urmoq; qattiq koyimoq; qattiq koyimoq, so‘kmoq, haqoratlamoq, urishmoq, nafsoniyatga tegmoq. érémitique adj zohidlarga, tarki dunyochilarga oid, xos; qalandar, darvish, zohid; vie érémitique darvishona hayot. érésipèle nm voir érysipèle. éréthisme nm yuqori darajadagi ta’sirchanlik; patologik qo‘zg‘atuvchanlik. erg
1 nm phys erg (ish yoki energiya o‘lchov birligi). erg 2
ergot nm 1. pix (xo‘rozda); monter sur ses ergots chiranmoq, o‘zini botir qilib ko‘rsatmoq; 2. bot qorakuya, qorakosov (g‘alla o‘zimliklari boshog‘iga tushadigan zaharli qora zamburug‘lar). ergoter vi birovni asossiz ayblamoq, tirnoq ostidan kir qidirmoq; birovni arzimagan narsa uchun ayblayvermoq, kutkilamoq; yopishib olmoq. ergoteur, euse n bahsni, bahslashishni, talashishni yaxshi ko‘radigan odam, bahschi, janjalkash; tirnoq ostidan kir izlaydigan odam. ériger vt 1. qurmoq, tiklamoq, o‘rnatmoq; ériger une statue haykal o‘rnatmoq; 2. ta’sis qilmoq, tuzmoq, o‘rnatmoq. ermitage
nm 1. xilvatxona, uzlat, tarki dunyo qilgan odam yashaydigan joy; 2. fig chekkadagi, odamlardan uzoqdagi, ovloq joy. ermite nm 1. zohid, qalandar, darvish, tarki dunyochi; 2. odamlarga qo‘shilmaydigan, yolg‘izlikda yashaydigan kishi, odamovi, yakkamoxov; vivre en ermite odam lardan uzoqda, yolg‘izlikda yashamoq. érosion nf géol eroziya, nurash, yemirilish, yer qobig‘ining turli ta’sirlar natijasida parchalanishi, yemirilishi; l’érosion du sol tuproq eroziyasi, nurashi. érotique adj 1. ishq-muhabbatga oid, ishqiy; oshiqona, ishq; la poésie érotique ishqiy nazm, ishqiy she’r; 2. erotizm va erotikaga oid; erotik, shahvoniy, hirsiy; shahvatparast. érotiquement adv shahvoniy hirs bilan. érotiser vt ishqiy tus bermoq, shahvoniy tus bermoq. érotisme nm erotizm, shahvatparastlik, shahvoniy hisga berilish; shahvoniy his, hirs, erotika. errance
nf daydish, sanqish, tentirash, sarson-sargardon yurish. errant, ante adj 1. sayoq, daydi, beqaror, ko‘chmanchi; kezib yuradigan, sayyor; darbadar; un chien errant daydi it; une vie errante ko‘chmanchilik hayoti, qo‘nimsizlik; un chevalier errant jahongashta ritsar; 2. fig o‘ynoqi (ko‘z); un regard errant o‘ynoqi ko‘zlar; olma-kesak teradigan ko‘zlar, bejo ko‘zlar. errata
nm inv matbaa xatolari ro‘yxati; matbaa xatolari. erratique adj 1. géol des blocs, roches erratiques ko‘chib yuradigan tog‘ jinslari; 2. méd qur-qur paydo bo‘ladigan, vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan, qur-qur tutadigan. erratum
nm matbaa xatosi; terishda, bosishda yo‘ l qo‘yilgan xato. erre
nf 1. tezlik, jadallik, ildam lik; 2. mar kemaning motor o‘chirilgandan keyingi tezligi; continuer sur son erre inersiya tufayli harakatni davom ettirmoq (kema); perdre son erre sekinlamoq, to‘xtamoq, sur’atni yo‘qotmoq (kema).
errements nm pl adashish, yanglishish, xato qilish, noto‘g‘ri yo‘ldan ketish. errer
vi daydimoq; adashmoq, yanglishmoq. erreur
nf 1. xato, xatolik; haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan asossiz, noto‘g‘rilik; commettre une erreur xato qilmoq, yanglishmoq; 2. xato fikr, xato qarash; 3. adashish, yanglishish, noto‘g‘rilik; erreur de calcul hisobda yanglishish; 4. noto‘g‘ri xatti harakat; xatolik, yanglishuv. erroné, ée adj xato, yanglish; une opinion erronée yanglish fikr; conclusion erronée noto‘g‘ri hulosa. erronément adv xato; yanglish, noto‘g‘ri. ersatz
nm inv erzats, sun’iy, yasama narsa; un ersatz de café sun’iy qahva.
éructation nf kekirish; kekirish. éructer I. vi kekirmoq; II. vt éructer des injures bo‘ralab so‘kmoq, haqorat qilmoq, haqorat, la’nat so‘zlari yog‘dirmoq. érudit, ite I. adj o‘qimishli, bilimdon; aql-zakovatli; II. nm bilimdon kishi, olim, o‘qimishli odam. érudition nf bilimdonlik, aql-zakovat, olimlik; être d’une grande érudition chuqur bilimli kishi bo‘ lmoq; un ouvrage d’érudition ilmiy asar. éruptif, ive adj 1. méd toshmali; 2. géol otilib chiqqan, otilgan, les roches éruptives otilib chiqqan tog‘ jinslari. ÉRUPTION
ESPADON
208 éruption
nf 1. otilish, otila boshlash (vulkan haqida); une éruption volcanique vulkan otilishi; 2. méd toshma; duvullab toshish, toshma chiqish. érysipèle ou érésipèle nm saramas (yuqumli teri kasalligi). érythème nm terining qizarishi (teri kasalligi). ès prép docteur ès lettres filologiya fanlari do‘ktori; docteur ès sciences fan do‘ktori. esbroufe
nf fam o‘zini katta tutish, gerdayish, kekkayish; kattalik, manmanlik, dimog‘dorlik; kibr havo; viqor; faire de l’esbroufe oliftalik, oliftagarchilik qilmoq; kekkaymoq, gerdaymoq; à l’esbroufe surbetlarcha, surbetlik bilan; orsizlik bilan. esbroufeur, euse n maqtanchoq, o‘zini katta fahmlaydigan, tutadigan odam. escabeau
nm 1. narvon (ikki yoqqa ochiladigan narvon); 2. kursi. escadre
nf eskadra (harbiy dengiz floti va aviatsiyaning yirik qo‘shilmasi). escadrille nf eskadrilya (harbiy havo flotining bo‘linmasi). escadron
nm 1. eskadron (otliq askarlar, bronetank qo‘shinlari bo‘linmasi); 2. harbiy havo kuchlari bo‘linmasi. escalade nf 1. oshib o‘tish; tirmashib oshib o‘tish; l’escalade d’un mur devordan oshish; 2. o‘rmalab, tirmashib chiqish; l’escalade d’un rocher qoyaga tirmashib chiqish; 3. polit eskalatsiya (o‘sish, kengayish, ko‘payish; o‘stirish; kengaytirish, ko‘paytirish). escalader vt 1. ustidan oshib o‘ tmoq; tirmashib oshib o‘ tmoq; escalader une grille panjaradan oshib o‘ tmoq; 2. o‘rmalab, tirmashib, chirmashib chiqmoq; escalader une montagne, un pic toqqa, cho‘qqiga tirmashib chiqmoq. escalator nm eskalator (o‘zi yurar zina). escale nf 1. to‘xtab o‘ tish; qo‘nib o‘ tish; l’avion fait escale à Londres samolyot Londondan qo‘nib o‘ tadi; 2. qo‘nib o‘ tish joyi; to‘xtab o‘ tish joyi. escalier
nm zina, zinapoya; l’escalier de service orqa, qo‘shimcha zina; un escalier roulant eskalator; descendre l’escalier quatre à quatre zinadan yugurib tushmoq. escalope
nf yupqa kesilgan go‘sht bo‘lagi. escamotable adj olinadigan, olib qo‘yiladigan, chiqadigan; qaytarma, ko‘tarma, qaytarib, ko‘tarib qo‘yiladigan; un train d’atterrissage escamotable yig‘ma shassi; un lit escamotable ko‘tarma karavot. escamotage nm 1. ustalik, mohirlik bilan yashirish; ko‘z ilg‘atmay, mohirlik bilan yashirish; fokus; l’escamotage d’une carte à jouer qartani mohirlik bilan yashirish; 2. av yig‘ish, yig‘ishtirish; l’escamotage du train d’atterrissage shassini yig‘ish; 3. yashirinish, yashirinib, burkanib, qochib, qutilib qolish; ľescamotage des difficultés qiyinchiliklardan qutilib qolish. escamoter vt 1. ko‘z ilg‘atmay yashirmoq, olib qo‘ymoq; escamoter une carte qartani mohirlik bilan yashirib qo‘ymoq; 2. olib qo‘ymoq, urib ketm oq; escamoter un portefeuille hamyonni olib qo‘ymoq; 3. ustalik, ustamonlik bilan qutulmoq, xalos bo‘lmoq; chap berub qolmoq, o‘zini chetga olmoq, tortmoq, chap berib qutilib qolmoq; escamoter une difficulté qiyinchilikdan qutulib qolmoq; escamoter une question savolga javob berishdan o‘zini chetga olmoq; 4. fig tez yoki past tovushda talaffuz qilmoq; 5. av shassini ko‘tarmoq, yig‘moq. escamoteur, euse n 1. ko‘zboylovchi; fokuschi 2. usta, chaqqon o‘g‘ri; 3. fig ustalik bilan qutuluvchi, o‘zini chetga oluvchi, chap berib qoluvchi kishi (savolga javob, qiyinchilik haqida). escampette nf prendre la poudre d’escampette qochmoq, qochib qolmoq. escapade
nf 1. sho‘xlik; 2. qochish, qochib ketish, qochqinlik; faire une escapade qochmoq, qochib ketmoq. escarbille nf yonib tugamagan ko‘mir bo‘lagi, uchquni. escarboucle nf qizil yoqut (asl tosh). escarcelle nf vx hamyon, karmon, xaltacha. escargot nm zool shilliq qurt, chig‘anoq. escarmouche nf 1. otishma, otishish; 2. fig janjal, g‘avg‘o, dahanaki jang. escarpe nm bandit, bosqinchi; qurollangan o‘g‘ri. escarpé, ée adj tik, tikka; rocher escarpé tik qoya. escarpement nm tiklik, tikkalik; tik jarlik, qiyalik. escarpin nm ilgaksiz ochiq tufli. escarpolette nf vieilli arg‘imchoq, halinchak. escarre nf qasmoq, qora qo‘ tir. esche ou aiche ou èche nf xo‘rak, yem (qarmoq, qopqon, tuzoqqa qo‘yiladigan yem). escient
(à bon) loc adv ongli ravishda, tushunib, bilib; parler à bon escient tushunib, bilaturib gapirmoq. esclaffer
(s’) qah-qah urib kulib yubormoq, xoxolab kulib yubormoq. esclandre nm mojaro, mashmasha; g‘avg‘o, janjal. esclavage nm qullik, tutqunlik. esclave
n qul, tutqun. escogriffe nm novcha, daroz odam, beso‘naqay, bo‘ychan odam. escompte
nm fin diskont (muddati to‘lmagan vekselni hisobga olish va undan ushlab qolinadigan haq); une opération d’escompte diskont operatsiyasi. escompter vt 1. fin vekselni hisoblga olmoq, hisoblab chiqmoq; escompter un effet à un taux élevé katta prosent hisobiga veksel sotib olmoq; 2. fig ishonmoq, ko‘zlamoq, umid bog‘lamoq; orqa qilmoq, suyanmoq; escompter un grand succès katta muvaffaqiyat qozonishga umid bog‘lamoq. escorte
nf mil eskort (soqchi lar otryadi); faxriy eskort. escorter
vt qo‘riqlab bormoq, kuzatib bormoq, soqchilik qilib bormoq; escorter un prisonnier mahbusni qo‘riqlab bormoq; escorter un convoi kemalar karvonini qo‘riqlab, kuzatib bormoq; escorter un hôte mehmonni kuzatib bormoq. escorteur nm soqchi, qo‘riqchi kema. escouade nf 1. mil bo‘lim, bo‘ linma; zveno; 2. kichik guruh, to‘da, gala. escrime nf sport qilichbozlik; qilichbozlik mashqi; qilichbozlik san’ati; faire de ľescrime qilichbozlik bilan shug‘ullanmoq; salle d’escrime qilichbozlik zali.
escrimer (s’) vpr harakat qilmoq, urinmoq, tirishmoq, zo‘r bermoq; s’escrimer à faire qqch biror narsa qilishga tirishmoq; s’escrimer contre qqch biror narsaga qarshi kurashmoq; biror narsani uddasidan chiqish uchun harakat qilmoq; je m’escrime à vous expliquer cela men sizga buni tushuntirishga harakat qilyapman. escrimeur, euse n qilichboz. escroc nm arg muttaham, firibgar, qallob, aldoqchi, tovlamachi, g‘irrom. escroquer vt 1. firib berib, aldab, ko‘zbo‘yamachilik bilan olmoq; 2. firib berib ketmoq, g‘irromlik qilmoq, chuv tushirmoq; je me suis fait escroquer
meni chuv tushirishdi. escroquerie nf muttahamlik, firibgarlik. esgourde nf arg quloq. eskimo n voir esquimau. ésotérisme nm 1. tushunarsizlik, jumboqlilik, qiyinlik; ľésotérisme d’un poème poema, she’rning tushunarsizligi; tushunish qiyin she’r; 2. philos ezoterizm (ta’limot). espace 1
olam; la conquête de ľespace kosmosni zabt etish; les voyageurs de ľespace kosmonavtlar; 3. ikki hodisa orasidagi muddat, vaqt; davr, vaqt oralig‘i; en ľespace d’une heure bir soat mobaynida; j’ai été à Paris deux fois en l’espace d’un an men Parijda bir yil ichida ikki marta bo‘ldim; 4. muz parda orasi, interval. espace
2 nf typogr harf terishda so‘zlar orasini ochish, abzas hosil qilish uchun qo‘yiladigan metall plastinka. espacement nm 1. joylashtirish; joylash; ikki narsa orasidagi masofa, ora, oraliq; o‘rta, o‘rtalik, ľespacement des arbres sur l’avenue ko‘cha chetidagi daraxtlar orasidagi masofa; 2. ikki hodisa orasidagi muddat, vaqt, davr; interval; ľespacement des trains poyezdlar harakatidagi interval. espacer vt 1. oraliq masofa, o‘rtasida joy qoldirib joylashtirmoq; 2. biror narsani vaqti-vaqti bilan bajarmoq, amalga oshirmoq; espacer ses visites mehmondorchilikka vaqti-vaqti bilan, goh-goh, ba’zi-ba’zida bormoq; espacer ses discours goh-goh, ora-sira ma’ruza qilmoq. espadon
nm nayzabaliq. ESPADRILLE
ESTAFILADE
209 espadrille nf mato tufli. espagnol, ole I. adj ispan, ispan va Ispaniyaga oid; II. n 1. ispan, ispaniyalik; 2. nm ispan tili. espagnolette nf ilgak, lo‘kkidon (deraza haqida). espalier nm ishkom, so‘ri, panjara (mevali daraxt uchun). espèce nf 1. tur; xil, nav, zot; les espèces animales et végétales hayvonlar va o‘simliklarning turlari; ľespèce humaine insoniyat; 2. narsa yoki kimsaning qiymat jihatidan kategoriyasi; toifa, xil; de la même espèce bir xil, o‘xshash; quelle espèce d’homme est-ce? bu qanaqa odam o‘zi? les gens de votre espèce sizga o‘xshash, sizdek, sizdaqa odamlar; il roulait sur une espèce de bicyclette u velosipedga o‘xshash bir narsani minib ketardi; en ľespèce bu holda, ayni holda; c’est un cas d’espèce bu alohida hol; 3. pl naqd pul; oltin, kumush tanga; payer en espèce naqd pul to‘lamoq. espérance nf umid, ishonch, orzu, istak, niyat; umid uchqunlari; placer ses espérances en qqn biror kimsaga ishonmoq, umid qilmoq. espéranto nm esperanto (xalqaro sun’iy til). espérer
I. vt 1. ishonmoq, umid qilmoq, umidvor bo‘lmoq; tayanmoq, suyanmoq, orqa qilmoq; on espère toujours inson doim umid bilan yashaydi; vous serez là, j’espère siz kelasiz deb umid qilaman; 2. kutm oq, taxmin qilmoq, deb o‘ylamoq; j’espère réussir men muvaffaqiyat qozonaman deb o‘ylayman; men udassidan chiqaman deb o‘ylayman; j’espère qu’il viendra u keladi deb o‘ylayman; II. vi ishonmoq, ishonch bildirmoq; je n’ai aucune raison d’espérer ishonish, ishonch bildirish uchun menda hech asos yo‘q; espérer en l’avenir kelajakka ishonmoq. espiègle I. adj sho‘x, o‘yinqaroq; II. n sho‘x bola, o‘yinqaroq, o‘ynoqi bola. espièglerie nf sho‘xlik, hazilkashlik; hazil-huzul; tantiqlik; to‘polonchilik; to‘polon. espion, onne n josus; ayg‘oqchi, agent. espionnage nm josuslik, ayg‘oqchilik; un film d’espionnage razvedkachilar haqidagi film. espionner vt josuslik qilmoq; yashirincha kuzatmoq; espionner l’ennemi dushmanni yashirincha kuzatmoq; espionner ses voisins qo‘shnilarni yashirincha kuzatmoq. esplanade nf katta bino oldidagi maydon. espoir nm 1. umid, ishonch; perdre tout espoir bor ishonchini yo‘qotmoq; l’espoir d’un succès muvaffaqiyatga ishonch; être plein d’espoir umid, ishonchga to‘la bo‘lmoq; 2. ishongan, umid bog‘lagan kimsa, narsa, istinodgoh; tayanch, orqa; la jeunesse est l’espoir de notre pays yoshlar mamlakatimizning tayanchidir. esprit nm 1. jon, ruh; 2. es, hush; perdre ses esprits hushidan ketmoq, behush bo‘lib qolmoq; reprendre ses esprits hushiga kelmoq; 3. ruh, arvoh, jin; l’esprit du mal iblis, shayton, jin; 4. aql, idrok, ong; fikr, dunyoqarash; il est sain de corps et d’esprit u aqlan va jismonan sog‘lom; la liberté d’esprit hurfikrlilik; un homme d’esprit aqlli odam; cultiver son esprit dunyoqarashni kengaytirmoq; aqlini o‘stirmoq; les nourritures de l’esprit ma’naviy ozuqa; où aviez-vous l’esprit? kallangiz, boshingiz qayerda edi? avez-vous perdu l’esprit aqlingizni yedingizmi? kalangiz ishlaydimi? une tournure d’esprit fikri-zikri, fikri-xayoli; 5. xarakterli xususiyat, mohiyat, ruh, talab; dans l’esprit de l’époque zamon ruhida(gi), zamon talabida(gi); l’esprit d’une doctrine ta’limotning mohiyati; 6. aqlning, fikrning o‘ tkirligi, zukkolik, zakiylik, donolik, zakovat; il est plein d’esprit u juda zikko; 7. chim spirt; esprit-de-vin etil spirt. esquille nf zirapcha; suyak sinig‘i. esquimau, aude n 1. eskimos (AQSh Alyaskasida, Shimoliy Kanadada va Grenlandiyada yashaydigan xalq); 2. nm eskimos tili; 3. nm eskimo (muzqaymoqning tayoqchali bir turi). esquinter vt 1. fam haddan tashqari charchatm oq, toliqtirmoq; 2. tanqid qilmoq (obro‘sini, nomiga dog‘ tushirish darajasida); 3. buzmoq, ishdan Download 18.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling