Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


Download 262.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana01.03.2023
Hajmi262.71 Kb.
#1239033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH TIZIMLARINING TASNIFI. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARINI TARKIBI VA STRUKTURASI-конвертирован (1)

parallel 
va 
parallelketma-ket olib borish usuli qo‘llanadi. Bu loyihalashning har xil 
bosqichlarini birga olib borishga imkon beradi, natijada tayyorlashning umumiy 
sikli keskin qisqaradi. Masalan, ikkinchi bosqichda rejalashtirilgan tadbirlar 
birinchisi tugashidan avvalroq boshlanadi, uchinchi bosqich – ikkinchi bosqich 
tugashidan avval va hokazo.
Yangi mahsulotni yaratish va o‘zlashtirish yoki chiqariladigan mahsulotni 
takomillashtirish ishlarini tashkil etishda ko‘rgazmali grafik tasvirlar –ikkita 
elementdan (ishlar va voqealar) iborat bo‘lgan tarmoqli grafiklardan foydalanish 
muhim o‘rin tutadi.


Voqealar – bu ularning boshlang‘ich va yakuniy bosqichlarida aniq qayd etish 
mumkin bo‘lgan ishlarning har bir turining boshi yoki tugashidir. Rejalashtirilgan 
tadbirni tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi ishlarning 
boshlanish payti boshlang‘ich voqea deyiladi.
Grafikda voqealar ichida raqami ko‘rsatilgan doiralar bilan ishlar – ketma-ket 
bog‘langan voqealarni bog‘laydigan strelka bilan belgilanadi. Ishlarning 
davomiyligi strelkaning uzunligi emas, strelka ustida ko‘rsatiladigan vaqt birliklari 
soni (odatda kun yoki oylar soni) bilan ko‘rsatiladi. Strelka ostida ishlarni 
o‘tkazish xarajatlari (pul, kishi-kunlar) ko‘rsatiladi.
Tarmoqli grafikdagi to‘liq yo‘l – bu boshlang‘ich voqeadan yakuniy voqeaga 
olib boruvchi o‘zaro bog‘liq ishlar va voqealarning uzluksiz ketma-ketligidir. 
Tarmoqli grafik ishlarni bajarishni eng oqilona tashkil etishga, barcha kerakli 
operatsiyalar va harakatlarni bajarishda qat’iy ketma-ketlik va navbatini 
belgilashga imkon beradi. Tarmoqli grafik yordamida har bir voqeaning bajarilishi 
muddatlarini, demak, yakuniy voqea natijalariga erishish muddatini etarlicha 
aniqlikda belgilash mumkin. Tarmoqli grafikni qo‘llab, voqeani yakunlash 
muddatlarini optimallashtirish, har bir tadbirning muddatini qisqartirishga turli 
omillarning ta’sirini aniqlash va belgilash, ayrim ijrochilarning harakatlarini 
nazorat qilish, kuzatishni va boshqarishni tashkil etish mumkin.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish jarayonida tegishli 
standartlar tizimlari bilan belgilangan me’yorlar, qoidalar va talablardan 
foydalanish katta ahamiyatga ega. Standartlardan foydalanish ishlab chiqarishni 
ilmiy 
va 
texnik 
tayyorlash, 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulotning 
raqobatbardoshligini kafolatlay oladigan yuqori darajadagi sharoitlarni ta’minlash 
imkonini yaratadi.

Download 262.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling