Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi
Ishlab chiqarishning umumiy tavsifi
Download 262.71 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH TIZIMLARINING TASNIFI. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARINI TARKIBI VA STRUKTURASI-конвертирован (1)
2.1.3. Ishlab chiqarishning umumiy tavsifi Ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarishning iqtisodiy resurslari yoki omillarini iqtisodiy sub’ektlarga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni olish uchun o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat. Ishlab chiqarishning quyidagi turlari farqlanadi: - moddiy ne’matlar va xizmatlarni olishga qaratilgan moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar); - nomoddiy ishlab chiqarish – nomoddiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq (sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar). Ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning turli-tuman omillari qo‘llanadi: - tabiiy resurslar; - investitsion resurslar; - mehnat resurslari; - tadbirkorlik ko‘nikmalari. Ishlab chiqarish faoliyatining har xil turlari ajratiladi: - buyurtmali ishlab chiqarish - individual buyurtmalar bo‘yicha ishlab chiqarish, ushbu turi hatto kichik ko‘lamida ham yuqori unumdor bo‘lishi mumkin, unga yuqori malakali mehnat resurslariga yuqori talab xos bo‘ladi; - moslashmaydigan ommaviy ishlab chiqarish - bir turdagi standartlash- tirilgan mahsulotni ishlab chiqarish. Bu holda ko‘p kapitalni talab qiladigan texnologiya ishlatiladi. Ushbu ishlab chiqarish faqat ishlab chiqarishning katta hajmida unumli bo‘lishi mumkin; - moslashuvchan ommaviy ishlab chiqarish - tejamkor ommaviy ishlab chiqarishning afzalliklarini butlovchilarning turli birikmalaridan foydalanish yo‘li bilan ishlab chiqariladigan buyumlari nomenklaturasini kengaytirish bilan birlashtiradi. - oqimli ishlab chiqarish - unga xom ashyo va materiallarni uzluksiz iste’mol qilish va bunga mos holda mahsulotning uzluksiz oqimi xos bo‘ladi. Haftasiga 7 kun tun-kun ishlashda eng katta unumdorlikka erishiladi, chunki jihoz- uskunalardan foydalanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tannarxi shunchalik kam bo‘ladi. Bu mehnat resurslaridan nisbatan kam foydalanishni talab qiluvchi yuqori avtomatlashtirilgan va ko‘p kapitalni talab qiluvchi ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarishning unumdorligi. Ishlab chiqarish tavsifini yaratishda, nafaqat ishlab chiqariladigan mahsulot turini va uni ishlab chiqarish hajmini, balki ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati, ishlab chiqarish xarajatlari va mehnat unumdorligi bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishning texnik vositalari va texnologik usullarini hisobga olish lozim. Ishlab chiqarishni tashkil etish ishlab chiqarishning barcha omillarining muvofiqlashgan faoliyatini, ularning proporsional miqdoriy nisbatini va o‘zaro birbirini almashishini ta’minlaydi. Mahsulotlarning belgilangan hajmini ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslarini birlashtirish ishlab chiqarish texnologiyasi deyiladi. U yoki bu texnologiyani tanlash mezoni ishlab chiqarishning unumdorligi deyiladi, u iqtisodiy va texnologik bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy - ishlab chiqarishning omillariga xarajatlar va uning daromadlari orasida qiymat bog‘liqligini aks ettiradi. Agar ishlab chiqarish usuli ishlab chiqarishda ishlatiladigan resurslarning minimal muqobil qiymatini ta’minlaydigan bo‘lsa, u iqtisodiy unumli hisoblanadi. Texnologik - ishlatiladigan resurslar va olinadigan mahsulot orasida bog‘liqlikni moddiy ifodalanishida tavsiflaydi. Agar: - ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ushbu resurslar hajmida maksimal mumkin bo‘ladigan bo‘lsa; - unda omillarning kamroq miqdori ishlatiladigan mahsulotning belgilangan hajmini ishlab chiqarishning boshqa usuli bo‘lmasa, texnologiya unumli deb hisoblanadi. Shunday qilib, ishlab chiqarishning muayyan usulining texnologik unumdorligi ikkita usul bilan baholanadi: - ushbu usulda mahsulot chiqarishni maksimallashtirish orqali; - ushbu mahsulot chiqarish hajmiga zarur bo‘lgan resurslarning miqdorini minimallashtirish orqali. Texnologiyani tanlash yuzasidan qaror qabul qilish uchta bosqichda bajariladi: - mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish usullarini aniqlash; - mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish usullari ichidan bir necha texnologik unumli ishlab chiqarish usullarini tanlash; - mavjud texnologik unumli usullardan bitta iqtisodiy unumli usulni tanlash. Narxlar (resurslarga yoki tayyor mahsulotga) yoki bozor kon’yunkturasining boshqa parametrlarining o‘zgarishi avval tanlangan ishlab chiqarish usulini samarasiz qilishi va aksincha, boshqa usulni unumli qilishi mumkinligini hisobga olish lozim. Download 262.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling