Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


Ishlab chiqarishning seriyali turi


Download 262.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana01.03.2023
Hajmi262.71 Kb.
#1239033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH TIZIMLARINING TASNIFI. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARINI TARKIBI VA STRUKTURASI-конвертирован (1)

Ishlab chiqarishning seriyali turi – ishlab chiqarishni tashkil etishning ushbu 
shakli uchun mahsulotlarni katta partiyalar (seriyalar) bilan chiqarishning 
belgilangan tezligi bilan chiqarilishi xos bo‘ladi.
Seriyali ishlab chiqarish – ishlab chiqarishning eng ko‘p tarqalgan turi. Unga 
mahsulotning 
katta 
nomenklaturasini 
chiqarishning 
takrorlanuvchanligi 
(doimiyligi) xos bo‘ladi. Chiqariladigan mahsulotning yillik nomenklaturasi har bir 
oyning nomenklaturasidan ko‘proq. Bu esa mahsulotni chiqarishni u yoki bu 
darajada ritmik tashkil etish imkonini beradi.
Mahsulotni katta yoki nisbatan katta miqdorda chiqarish natijasida bu 
chiqariladigan mahsulotni va texnologik jarayonlarni unifikatsiyalashga, bir necha 
mahsulot turlarining tarkibiga kiruvchi standart yoki universal komponentlarni 
tayyorlash imkonini beradi, bu esa yakuniy mahsulot tannarxini kamaytirishga 
yordam beradi.
Ishlab chiqarishning seriyali turi ishlab chiqarishning ko‘pgina turlari, 
xususan, kimyo va oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun xos bo‘ladi. 
Seriyali ishlab chiqarishda mehnatni tashkil etish yuqori ixtisoslashuvi bilan 
ajralib turadi, ya’ni har bir ishlab chiqarish bosqichiga bir necha ma’lum 
operatsiyalarni 
bajarish 
biriktirilgan. 
Bu 
ish 
xodimlariga 
texnologik 
jihozuskunalarni, mahsulot olishning texnologik jarayonini yaxshi o‘zlashtirish, 
uni olishning malakalariga ega bo‘lish va usullarini takomillashtirish imkonini 
beradi. Seriyali ishlab chiqarishning xususiyatlari siklik takrorlanadigan grafik 
bo‘yicha mahsulot chiqarishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini belgilab beradi.
Seriyali ishlab chiqarishning kichik turlari:
- kichik seriyali;
- seriyali;
- yirik seriyali.


Kichik seriyali ishlab chiqarishni shartli ravishda ishlab chiqarishning bittalik 
turiga, yirik seriyali esa ommaviy turiga yaqinlashtirish mumkin. Masalan, 
Vudvord tomonidan taklif etilgan tasnifga muvofiq, bittalik va mayda seriyali 
ishlab chiqarish (Unit Production), ommaviy (Mass Production) va uzluksiz 
(Process Production) ishlab chiqarish farqlanadi.
Mayda seriyali ishlab chiqarish bittalik turidan seriyali turiga o‘tish turi 
bo‘lib, mahsulot chiqarilishi kichik partiyalar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Yirik seriyali ishlab chiqarish ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish shakli bo‘lib, 
bu erda mahsulotni chiqarish uzoq davr mobaynida yirik partiyalar bilan amalga 
oshiriladi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi ishlab chiqarishni tashkil etish shakli 
bo‘lib, unga maqsadi, tarkibi, texnologik turiga ko‘ra bir jinsli bo‘lgan, bir vaqtda 
va parallel tayyorlanadigan mahsulotning ma’lum nomenklaturasini muntazam 
chiqarish xos bo‘ladi.
Ommaviy ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyati bir turdagi mahsulotni 
katta hajmlarda uzoq vat davomida tayyorlashdir. Ommaviy ishlab chiqarishning 
eng muhim xususiyati chiqariladigan mahsulot nomenklaturasining cheklanishidir. 
Zavod yoki sex bir-ikki nomli mahsulotlarni chiqaradi. Bu esa mahsulotlarning 
konstruksiyalarida unifikatsiyalashgan va o‘zaro almashadigan elementlarni keng 
qo‘llashning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini yaratadi.
Chiqariladigan mahsulotning ayrim birliklari bir-biridan farq qilmaydi (faqat 
xususiyatlari va butlanishida ozgina farqlar bo‘lishi mumkin).
Mahsulot birliklariing tizim orqali o‘tishining vaqti nisbatan kam: u daqiqalar 
yoki soatlarda o‘lchanadi. Mahsulot nomlarining soni oylik va yillik dasturlarda 
o‘zaro mos keladi.
Tayyor mahsulot uchun yuqori standartlashtirish va unifikatsiyalash xos 
bo‘ladi. Ommaviy ishlab chiqarish uchun majmuaviy mexanizatsiyalash va 
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning yuqori darajasi xos bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning ommaviy turi yirik korxonalar uchun odatdagi turi 
bo‘ladi. Mahsulot chiqarishning katta hajmi yuqori unumli jihoz-uskunalarni 
(avtomatlar, agregat dastgohlari, avtomatik liniyalar) ishlatish imkonini beradi.
Farqlashtirilgan texnologik jarayon ish o‘rinlarining har biriga 
operatsiyalarning cheklangan sonini biriktirish orqali ularni tor darajada 
ixtisoslashtirish imkonini beradi.
Texnologik jarayonni puxta ishlab chiqish, maxsus dastgohlar va jixozlarni 
qo‘llash tor ixtisoslashgan ishchi-operatorlarning mehnatidan foydalanish imkonini 
beradi. Shu bilan birga, yuqori malakali ishchi-sozlovchilarning mehnatidan keng 
foydalaniladi.



Download 262.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling