Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi
Download 262.71 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH TIZIMLARINING TASNIFI. TEXNOLOGIK JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARINI TARKIBI VA STRUKTURASI-конвертирован (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- - eskiz loyihasi (EL)
- - texnik loyiha (TL)
- texnik taklif (TT) – hujjatlar to‘plami (loyihani ishlab chiqishning maqsadga
muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)); Xulosa buyurtmachi texnik topshirig‘ini tahlil qilish va ishlab chiqilayotgan yoki mavjud buyumning xususiyatlarini hisobga olib, ularni qiyosiy baholash asosida beriladi. Belgilangan (korxonada, vazirlikda va hokazo) tartibda kelishilgan va tasdiqlangan TT eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. - eskiz loyihasi (EL) - (uning maqsadini, asosiy parametrlari va gabarit o‘lchamlarini belgilaydigan) hujjatlar to‘plami. Ob’ektning nihoyatda murakkabligi holatida ushbu bosqichdan avval avanloyiha (loyihadan avvalgi tadqiqot) bo‘lishi mumkin. Zarur bo‘lganda EL bosqichida ishlab chiqilayotgan ob’ektning maketlarini yasash va sinovdan o‘tkaziladi. - texnik loyiha (TL) – hujjatlar to‘plami (yakuniy texnik echimlarni o‘z ichiga olgan, loyihalashtiriladigan ob’ektning tuzilishi haqida to‘liq tasavvur beruvchi, ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotni beruvchi). Barcha ishlar sikli loyiha faoliyatiga yakun yasaydigan bosqich - sertifikatlash (yaratilgan buyumning sifati darajasini aniqlash va uning talablarga muvofiqligini tasdiqlash) bilan tugatiladi. 2.1. Ishlab chiqarishning texnik va texnologik rivojlanishi vazifalari 2.1.1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash Yangi, zamonaviy va jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotni o‘zlashtirish ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni tashkil etish va takomillashtirish bilan bevosita uzluksiz bog‘langan. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash izchil bog‘liq bo‘lgan standartlar bilan belgilab beriladigan yangi texnika va texnologiyani yaratish, o‘zlashtirish va joriy qilish bo‘yicha ilmiy, loyiha-konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish-xo‘jalik ishlarning majmuidir. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash konstruktorlik va texnologik tayyorlashni o‘z ichiga oladi, shuningdek, korxonada mavjud bo‘lgan texnik tayyorlash rejasiga muvofiq bajariladi. Korxona moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni, mehnatni va boshqarishni tashkil etish ishlab chiqarishni texnik tayyorlashdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish; - yangi mahsulotni yaratish yoki chiqariladigan mahsulotni yaxshilash; - mahsulotni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish; - yangi asosiy va yordamchi jihoz-uskunalarni sotib olish; - ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minlash; - kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish; - texnik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish; - axborot ta’minotini tashkil etish. Texnik tayyorlash mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni samarali o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning yangi texnologik usullarini va tashkil etish yo‘llarini joriy qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning vazifasi zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlari asosida ishlab chiqarish jarayonini yuqoriroq texnik va texnologik darajaga o‘tkazish imkonini beradigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish hisoblanadi. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash konstruktorlik va texnologik tayyorlashdan iborat. Turli ko‘lamdagi va yo‘nalishdagi korxonalarda ishlab chiqarishni tayyorlashning texnologik bosqichlari turlicha ifodalanishi mumkin. Lekin ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ishlarning asosiy qismi korxonaning bevosita vakolatiga kiradi. Download 262.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling