Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Download 176.92 Kb.
bet2/11
Sana13.01.2023
Hajmi176.92 Kb.
#1091420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
simple

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

37













ILOVA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

40




KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Turizm sohasi bugungi kunda har qanday mamlakat iqtisodiyotida lokomotiv yo‘nalishlaridan biri bo‘lganligi bois, jahonning ko‘plab mamlakatlari ushbu sohani jadal rivojlantirishga, sayyohlar uchun mamlakatda qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash, xususan, transport logistikasi, joylashtirish vositalari, ovqatlanish joylar, ko‘ngilochar maskanlar, dam olish zonalari, rekreatsion hududlarda qulayliklar yaratib kelmoqda.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlardan namuna olgan holda mamlakatimizda ham turizmni rivojlantirish, sohada izchil islohotlarni olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlisga murojaatnomasida:“Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan,” – deb takidlagan edi.1 Xususan, davlatimiz rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini ta'kidladi2. “Jumladan:
– sentabrgacha bo'lgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3 baravarga ko'paydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;
– yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo'ldi (2019-yil davomida 951 million dollar bo'lgan);
– yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o'rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag'i 305 dollargacha ko'paydi (bu 2019 yilda o'rtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);
Ichki sayohat qiluvchilar soni ham o'tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga o'sib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.
Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo'liga ish haqi bo'lib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi ko'rsatib o'tildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish o'rni turdosh tarmoqlarda qo'shimcha ikkita ish o'rni paydo bo'lishiga turtki beradi. Buni tushungan viloyat, tuman va shahar hokimlari tadbirkorlar bilan ishlab, sayyohlar keladigan joylarni ko'paytirayapti.”3
Darhaqiqat, sohani to‘g‘ri boshqarish va uni rivojlantirish bevosti ushbu sohada faoliyat yuritayotgan barcha inson resurslarining qay tartibda ishni yo‘lga qo‘yganligi va ular qanday boshqarilayotganligiga bog‘liqdir.
Bugungi kunda har qanday turistik tashkilotda faoliyat yuritayotgan rahbar o‘z qo‘l ostidagilar bilan xayrixoh bo‘lishi, tashkilot yoki korxonada sog‘lom ish muhitining yo‘lga qo‘yilgani va ishchi xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro ichki munosabatlarning yaxshi bo‘lishini ta’minlash, darhaqiqat, bevosita menejer yoki rahbarning zimmasiga yuklanadi. Shunday vaziyatlarda menejer yoki rahbar psixologik jihatdan o‘zini qanday tutish kerakligi, vaziyatga psixologik jihatdan to‘g‘ri baho bera olishi, nafaqat turistik tashilotlarda, balki har qanday sohada bugungi kunimizda eng muhim va dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Download 176.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling