Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


ZIYORAT TURIZMI KORXONALARI INSON RESURLARINI BOSHQARISHDA RAHBAR VA LIDER PSIXOLOGIYASI


Download 176.92 Kb.
bet7/11
Sana13.01.2023
Hajmi176.92 Kb.
#1091420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
simple

3. ZIYORAT TURIZMI KORXONALARI INSON RESURLARINI BOSHQARISHDA RAHBAR VA LIDER PSIXOLOGIYASI
Barchamizga ma’lumki, har qanday tizimda, xoh u kichik korxona, xoh u katta korporatsiya bo‘lsin, personalni boshqarish, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, nizolarni hal qilishda boshqaruvchi shaxsning psixologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqaruvchi shaxs psixologiyasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, boshqaruvchi rahbar yoki lider psixologiyasi nuqtayi nazaridan personalni boshqarishi mumkin.
Rahbar deganda xodim yoki tashkilotga mas’ul bo‘lgan shaxs tushuniladi. U ishchilar hisobot beradigan kishi, ya’ni ishchi kuchining bevosita rahbari. U xodimlar ustidan nazoratni amalga oshiradi, buyruqlar beradi, ularga topshiriqlar va majburiyatlarni beradi va ayrim masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Tashkiliy sxemada "xo‘jayin" kabi rasmiy unvon yo‘q, ammo bu atama tashkilot, bo‘lim yoki bo‘linmaning egasi yoki rahbari etib tayinlangan shaxsni bildiradi. Shunday qilib, xo‘jayin rahbar, menejer, direktor yoki yuqori darajada ishlaydigan boshqa shaxs bo‘lishi mumkin.
Liderga keladigan bo‘lsak, rahbar atamasi maqsadlarga erishish yo‘lida boshqalarga ta’sir o‘tkazish va ilhomlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxs sifatida ta’riflanadi. U ustun mavqega ega bo‘lgan va boshqalarga o‘rnak ko‘rsatadigan kishi. U o‘z maqsadiga sodiq bo‘lib, unga erishish yo‘lida tinimsiz intiluvchan inson. U o‘rnak ko‘rsatadi, shunday qilib odamlar g‘ayratga ega bo‘lishadi va uning izidan yoki yo‘l-yo‘riqlariga ergashadilar.17
Yaxshi rahbarning fazilatlari quyidagilardan iborat18:

  • Bashoratlilik;

  • Ajoyib muloqot qobiliyatlari;

  • Boshqalarga ta’sir qilish va rag‘batlantirish san’ati;

  • Ishga rag‘batlantira olish;

  • Aniq maqsadlar;

  • Boshqalarni qadrlash;

  • Namuna bo‘la olish;

  • Mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;

Yuqoridagilarga ilova tarzida quyidagilarni keltirib o‘tishimiz mumkinki, rahbar va lider o‘rtasidagi asosiy farqlar bularda ko‘zga tashlanadi:
Birinchidan, rahbar ofisda xodimlarga buyruq beradigan va o‘zini personaldan yuqori tutishini yaqqol bildirib turadigan, qattiq nazoratni qiladigan va ularga nima qilish kerakligini tinimsiz yetkazib turadigan mas’ul shaxsdir. Lider esa bir guruh shaxslarga ta’sir o‘tkazish, ilhomlantirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali boshqalarga yetakchilik qiluvchi va maqsadga erishish yo‘lida uzluksiz mehnat qiladigan shaxsdir. Liderlar o‘z xodimlarini rag‘batlantiradilar, bu esa ularni rahbaridan o‘rnak olishga ilhomlantiradi. Liderlar xodimlarni boshqarish o‘rniga ularni turtki berishga moyildirlar.
Haqiqiy liderlar tez-tez g‘oyalarni taqdim etadilar va o‘z xodimlari bilan birga ishlaydilar. Ular jamoaga maqsadlarni aniq yetkazadilar va ularning harakatlari birgalikda maqsadlarga erishishga qaratilgan. Bu jamoa a’zolarini ilhomlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Agar jamoa yetakchiga ishonch bildirsa, bu jamoa madaniyatini yaxshilashga yordam beradi va xodimlarni hissa qo‘shishga undaydi.
Ikkinchidan, rahbarning xodimlari, liderning esa izdoshlari bor. Yaxshi liderlar vaqtlarini o‘z xodimlaridan yuqorida gapirishdan ko‘ra tinglashga sarflashadi. Ular qaror qabul qilish jarayoniga boshqalarning fikrini inobatga olish va kiritish qadrli ekanini tushunadilar. Rahbarlar esa suhbatlarda ustunlik qiladilar. Ular xodimlardan o‘z buyruqlarini tinglashlarini va bajarishlarini kutishadi, hech qanday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatmaydi. Bunday munosabat o‘z bilimlari va ko‘nikmalari uchun qadrlanmoqchi bo‘lgan ishga jalb qilingan xodimlar jamoasini yaratish uchun to‘g‘ri yondashuv emas.

Download 176.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling