Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Download 176.92 Kb.
bet3/11
Sana13.01.2023
Hajmi176.92 Kb.
#1091420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
simple

Kurs ishining maqsadi. Ziyorat turizmi tashkiloti va korxonalarida inson resurlarini boshqarishda vujudga keladigan muammolarga psixologik yondashuv jihatdan tahlil qilish va yechim topishni o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iboratdir:
– Turizm sohasida inson reruslarini boshqarishdagi yondashuvlarning turlarini ko‘rib chiqish;
– Inson resurlarini boshqarishda psixologik yondashuvning ahamiyatini ochib berish;
– Inson resurlarini boshqarishdagi ehtimoliy muammolarning psixologik jihatdan oldini olish choralarini aniqlash;
– Psixologik yondashuvning asosiy shakllarini tushuntirish;
– Rahbar va lider shaxsiyatidagi o‘ziga xos o‘xshashli va tafovutlarni aniqlash;
– Jahon turistik tashkilotlari misolida inson resurlarini boshqarishdagi psixologik tahlilni amalga oshirish.
Kurs ishining obyekti va predmeti: Ziyorat turizmida inson resurlari bilan boshqarishning psixologik jihatlari kurs ishining obyekti hisoblanib, ushbu sohada faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar predmet sifatida tanlab olindi.
Kurs ishining tarkibiy qismi: Kirish, to‘rta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

1. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV
Insonlarni ishga yollash va ularni boshqarish Inson resurslarini boshqarishning asosiy qismi hisoblanib, unda psixologiya ish beruvchiga nafaqat bo‘lajak yaxshi kadrlar kimligini va ular nima olib kelishi mumkinligini, balki ularning tashkilotga qanday nomzod kerakligini ham tushunishga yordam beradi. Boshqaruvda psixologiyaning o‘rni to‘g‘risida olimlar quyidagi fikrlarni bildirib o‘tishadi:
Gilbert4 (2005) menejment psixologiyasiga ta’rif berar ekan, menejment psixologiyasi, deganda ishni yo‘naltirilgan ishga yo‘naltiruvchi ongning ta’siri tushuniladi. Muvaffaqiyatli boshqaruvda asosiy e’tibor ishga emas, balki insonga bog‘liq, degan fikrlarni bildirib o‘tadi.
Seyidov5 (2000) menejment va psixologiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatarkan, menejment – rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun tashkilotlarning resurslarini muvofiqlashtirish haqidagi fan, deya ta’riflaydi. “Inson bor joyda, uning faoliyatida namoyon bo‘ladigan psixologik xususiyatlar doimo u bilan birga bo‘ladi. Menejment psixologiyasini o‘rganar ekanmiz, biz shaxs psixologiyasini, uning faoliyatini va eng muhimi - shaxs mentalitetining faoliyatga ta’sirini va faoliyatning shaxs psixologiyasi va xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganamiz. Boshqaruv psixologiyasi - bu birgalikdagi faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish jarayonida shaxsning psixik xususiyatlarini va uning xatti-harakatlarini o‘rganadigan psixologiya bo‘limi”6.
Inson omili boshqaruv psixologiyasida markaziy nuqta, uning mohiyati va o‘zagi sifatida qaraladi. Psixologiyaning aniq amaliy faoliyati sharoitida shaxsni o‘rganish bilan shug‘ullanar ekan, menejerlar doimo kasbiy faoliyatni va uni amalga oshiruvchi shaxsni rivojlantirishni talab qiladigan muammolarga duch kelishadi. Ushbu xilma-xil muammolar orasida Seyidov7 (2000) inson resurlarini boshqarishning 7 asosiy muammolari (1-rasm)dan eng katta e’tiborni to‘rtta asosiy muammo yoki menejment psixologiyasining fundamental savollariga qaratgan: motivatsiya, yetakchilik, shaxslararo munosabatlar, kadrlarni tanlash.8


Download 176.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling