29
2 – lipidlar turli organik erituvchilarda
yaxshi eriydilar, suvda esa
umuman erimaydilar.
Lipidlarning barchasi gidrofob moddalardir. Lipidlarga yog„lar,
mumlar, pigmentlar (xlorofillar va karatinoidlar), fosfolipidlar,
glikolipidlar va steroidlar kiradi.
Lipidlar organizmda muhim
ahamiyatga ega bo„lib, yog„lar-zaxira moddalar, mumlar-himoyalovchi
moddalar, fosfolipidlar-hujayra strukturasi
komponentlarining biologik
membranasi, xlorofil va karatinoidlar-fotosintez jarayonining muhim
komponentlari vazifalarini bajaradilar.
Lipidlarni tarkibiga qarab ikki guruhga:
oddiy va
murakkab
lipidlarga bo„lish mumkin.
Oddiy lipidlarning ko„pchiligi ikki komponentli bo„lib,
kimyoviy
jihatidan spirtlarning yog„ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab
efirlaridir. Ularga yog„lar, mumlar, steroidlar,
oddiy diollipidlar va
boshqalarni kiritish mumkin.
Murakkab lipidlar ko„p komponentli birikmalar bo„lib, ularning
tarkibida yog„ kislotalar va spirtlardan
tashqari azot asoslari, fosfat
kislota, uglevod va boshqalar qoldig„i uchraydi. Ularga
fosfolipidlar,
Do'stlaringiz bilan baham: