Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Sinov savollari: 
1. C vitamini qaysi erituvchida yaxshi eriydi? 
2. Askorbin kislota o„zining kimyoviy tuzilishiga ko„ra, qaysi 
moddaning laktoni hisoblanadi? 
3. C vitamin yetishmasa qanday kasallik vujudga keladi? 
4. C vitaminini qaysi o„simlik to„qimalaridan ajratib olish mumkin? 
 
 
 
 


39 
10-laboratoriya ishi 
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash 
 
Ishdan maqsad: Namlikni quritish usuli orqali aniqlashni 
oʻzlashtirish; tekshirilayotgan mahsulotlarning quruq moddalar massa 
ulushini aniqlash.  
Jihozlar, asbob va uskunalar: 10 ml hajmdagi byukslar; pipetkalar, 
doka, analitik tarozi, quritish shkafi, quritgichli eksikator. 
Umumiy ma’lumotlar. Suv – hayot manbaidir. Inson tanasining 2/3 
qismi suvdan tashkil topgan. Masalan¸ suvning miqdori qonda – 83%, 
miyada – 75%, muskullarda – 75%, terida – 72%, suyaklarda – 22% ni 
tashkil qiladi. Hayvonlar organizmini 70% suvdan iborat. Inson suvsiz 2 
sutkadan ortiq yasholmaydi, ovqatsiz esa bir necha hafta yashashi 
mumkin.
Suv tirik organizmda boradigan barcha biokimyoviy jarayonlarda 
ishtirok etadi. Oziq – ovqat sanoatida suv texnologik maqsadlarda 
ishlatilishi 
mumkin, 
ya‟ni suv xomashyo hamda oziq-ovqat 
mahsulotlarini tarkibida ham boʻlishi mumkin. Suv eritmalar
ekstraktlar, 
siroplar 
olishda 
ishlatiladi. 
Ichimlik 
suvi 
inson 
salomatligining asosiy komponenti hisoblanadi.
Suv barcha oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kirib, uning 
konsistensiyasi va strukturasiga moslashib, uning tashqi koʻrinishiga, 
saqlanishida esa ta‟m va mahsulotlarning barqarorligiga ta‟sir etadi. Suv 
oziq-ovqat mahsulotlarida “bogʻlangan” va “erkin” holatda boʻladi. 
“Bogʻlangan” suv turlicha ozuqa komponentlari oqsillar, lipidlar va 
uglevodlar bilan bogʻliq. “Erkin” holatdagi suv biopolimerlar bilan 
bogʻlangan va gidrolitik jarayonlarni oʻtishi uchun moslashgan boʻladi.
Suvning xususiyatlaridan biri haroratga bogʻliq boʻlgan holda 
zichlikning oʻzgarishidir (2-rasm).


40 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling