Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Ishning 
bajarilishi: 
Tekshirilayotgan 
materialni 
tayyorlash 
(mineralizatsiya).
Avvaldan 500

C haroratda qizdirilgan va sovutilgan tigelga 5-25 g 
tahlil qilinayotgan mahsulotni solamiz. Namunani mineralizatsiya 
qilishni kul miqdorini aniqlash usuli boʻyicha oʻtkazamiz. 
Kul solingan tigelga 5 ml 25% HCl eritmasi solib, ustini soat oynasi 
bilan yopamiz. Choʻkmani eritish uchun qaynayotgan suv hammomiga 
qoʻyamiz. Hosil boʻlgan eritmani filtrlab, 50 ml oʻlchov kolbasiga 
solamiz. Tigelni chayib, chizigʻigacha distillangan suv bilan yetkazamiz. 


59 
Oʻlchov silindrida 10 ml filtratni oʻlchab, uni 100 ml tubi tekis 
kolbaga solamiz. Uni 2 n NaOH eritmasi va metil qizil bilan rangi sariq 
rang boʻlguncha neytrallaymiz. 
Kalsiy va magniy massaviy ulushini aniqlash 
250 ml li tubi tekis kolbaga 100 ml distillangan suv, 2 ml 2% natriy 
sulfat (Na
2
SO
4
) eritmasi, 5 ml ammiak-bufer eritmasi (pH=9,3), 0,4 g 
(shpatel ichida) erioxrom qora T quruq aralashmasini NaCl bilan solib 
uni aralashtiramiz. 
Hosil boʻlgan eritmani havorang-koʻk yoki yashil havo rangidan 50 
ml oʻlchov silindrida oʻlchab, titrlash uchun 2 ta kolbaga solamiz. 
Birinchi kolbaga 2 ml neytrallangan kul eritmasidan quyamiz (tajriba 
namuna), bunda eritma qizil sharob rangiga kirishi kerak. 2 minutdan 
soʻng kolba ichidagini 0,005 n trilon B eritmasi bilan havorang-koʻk 
yoki yashil havorangga oʻtguncha titrlaymiz. Nazorat sifatida ikkinchi 
kolbadagi eritma ishlatiladi. 
Tekshirilayotgan namunadagi kalsiy va magniy tuzlarining massaviy 
ulushi yigʻindisini quyidagi formula orqali topamiz (M
C
, mg%):
M

=


,
100
1
,
0
0


mV
V
V
k
(16.1)
bu yerda: V
0
– tajriba namunasini titrlash uchun sarf boʻlgan 0,005 n 
trilon B eritmasining hajmi, ml;
V
k
– nazorat namunasini titrlash uchun sarf boʻlgan 0,005 n trilon B 
eritmasining hajmi, ml; 
V – titrlash uchun olingan neytrallangan filtrat hajmi, ml; 
m – tekshirilayotgan namuna ogʻirligi, g; 
0,1 – 1 ml 0,005 n trilon B eritmasiga mos keluvchi kalsiy miqdori, mg; 
50 – filtratning umumiy hajmi, ml; 
100 – foizga hisoblanadigan koeffitsiyent. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling