J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet26/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Eritrotsitlar yadrosiz, ikki tomoni botiq qizil qon hujayralaridir. 1 mm3 qonda o'rta hisobda erkaklarda 4-5 ml, ayollarda 3,9-4,7 ml eritrotsit bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ertirotsitlar soni kamayib (3,5-4 ml), bir yoshdan oshganda kattalar qonidagi miqdorga yetadi. Odam organizmida eritrotsitlar juda ko'p. Agar ularni bir qator qilib ipga tizsak, uzunligi 187000 km ga yetadigan zanjir hosil bo'ladi yoki ustma - ust qilib tahlasak, balandligi 62000 kmli ustun hosil bo'ladi. Qondagi eritrotsitlarning umumiy satxi 3500 m2, gavdamizning umumiy satxi esa faqat 2 m. Eritrotsitlar miqdori har doim bir xil bo'lmaydi. Ba’zi fiziologik sharoitda (jismoniy ish bajarganda, balandlikka chiqqanda, yugurganda va boshqallarda) va kasalliklar vaqtida eritrotsitlar miqdori o'zgaradi. Eritrotsitlar miqdorining oshishi politsetemiya, kamayishi eritropeniya deb ataladi. Eritrotsitlar maxsus sanoq kameralari yordamida aniqlanadi. Eritrotsitlar organizmda katta ahamiyatga ega. Ular o'pkadan to'qimalarga kislorod olib borib, to'qimalarda bo'lgan hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkaga olib keladi. Eritrotsitlar tsitoplazmasidagi rang beruvchi maxsus modda - gemoglobin tarkibida temir bo'lib, gemoglobin qonning gaz tashish vazifasini bajaradi. Qon o'pka kapillyarlaridan o'tayotganda gemoglobin o'ziga kislorodni biriktiradi. Bunday gemoglobin oksigemoglobin (NVO) deyiladi. Qonda o'rta hisobda 13 -14% (100g-qonda 14g) gemoglobin bo'lib, uning miqdorini gemometr yoki gemoglobinometr (asbob) yordamida aniqlanadi.
Leykotsitlar - yadroli qon hujayralari miqdori eritrotsitlar miqdoriga nisbatan 100 barobar kam. Bir mm qonda atigi 4-9 ming leykotsit bor. Ularning miqdori doim o'zgaradi, ovqat yegandan keyin, jismoniy ish bajarganda, xomiladorlar va boshqa ba’zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ko'payadi. Qonda leykotsitlar miqdorining ko'payishi leykotsitos, kamayishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar ikki xil: donador leykotsitlar yoki granulotsitlar va donasiz leykotsitlar yoki agranulotsitlar bo'ladi. Granulotsitlarga neytrofillar, iozinofillar va bazofillar kiradi. Neytrofillar yetilishi va yadrosining shakliga qarab, o'z navbatida yosh, tayoqchasimon yadroli va segment yadroli neytrofillarga bo'linadi. Tsitoplazmasi donasiz agranulitsitlarga, monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Bu hujayralarning yirik yadrosini yupqa qavat tsitoplazma o'rab turadi. Leykotsitlar organizmni zararli mikroblardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Ular qon tomirlarining tashqarisiga chiqib, organizmning bir joydan ikkinchi joyga harakat qilish xususiyatiga ega. Leykotsitlar soxta oyoqlar chiqarib, amyobalarga o'xshab siljiydi. Mazkur organizmdagi biror to'qima mikroblar yoki yot moddalar kirib qolsa, shu joyga juda ko'p leykotsitlar keladi. Ular mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlari yordamida uni har tomondan o'rab oladi va yutib, tsitoplazmada hazm qilib yuboradi. Leykotsitlar mikroorganizmalar bilan kurashganda ko'pincha o'zi ham nobud bo'lib, yiring hosil qiladi. Mikroblar va yod moddalarni hazm qilish xususiyatiga ega leykotsitlarni atoqli rus olimi I.I. Mechnikov (1845-1916) fagotsitlar deb, leykotsitlar mikroblar va har xil zararli moddalarni yutib yuborishini esa fagositoz deb atagan. Leykotsitlardan tashqari, organizmdagi va har xil moddalar ham organizmni himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Organizmga tushgan mikroblar, viruslar, ular zahari va boshqa moddalar antigenlar deb ataladi. Har qaysi antigenga qarshi organizmda maxsus himoya moddasi - antitola hosil bo'ladi. Antitolalar bir necha xil: antitoksinlar, lizinlar va boshqalar bo'ladi. Leykotsitlar qonda 2-4 kunda 12- 15 kungacha yashaydi. Yangi leykotsitlar qizil ilikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi.

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling