J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan
Download 246.89 Kb.
|
MISJ 150 SORAW JUWABI MN
Tish tuzilishi. Tish koronka, boʻyin va ildizdan iborat; koronka va ildizni tish boʻyni chegaralab turadi. Tish boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Koronka va ildiz ichida tish boʻshligʻi hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali tish boʻshligʻiga ochiladi, bu teshik orqali tish boʻshligʻiga qon tomirlari va nerv tolalari oʻtadi. Tishning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka qismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. Tish ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobigʻi yoki periodont deyiladi. Periodontdan tish boʻshligʻiga tishni oziqlantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. Tish ichidagi boʻshliqda tish eti yoki pulpa bilan toʻlgan ildiz kanali bor. Pulpa gʻovak biriktiruvchi toʻqima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada tishdagi qattiq toʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmoqchalar) chiqadi. Tish kurtagida birinchi dentin, keyin emal hosil boʻladi. Avval ular, asosan, organik moddalardan iborat oʻziga xos toʻqimadan tuzilgan boʻlib, keyinchalik homiladorlikning 5-oyi oxiriga kelib, bu oraliq moddalarga mineral moddalar, asosan, kaltsiy tuzlari singiy boshlaydi. Mineral tuzlar kristall holida oʻtirib, emal va dentinga qattiqlik beradi. Sut hamda doimiy tishlarning dentin va emaldan tuzilgan koronkasi tish chiqishidan oldinoq shakllanib boʻlgan boʻladi. Emal juda qattiq boʻlib, tarkibida 96% gacha, dentinda esa 72% cha anorganik (mineral) moddalar bor.
Tish chiqishi maʼlum muddat va tartib asosida boʻladi. Bolalarda birinchi boʻlib pastki, keyin yuqori kesuvchi tishlar chiqadi (6—8 oygacha); bola 8—12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi tishlar chiqadi. Soʻngra tartib bilan birinchi jagʻ (12— 16 oy), qoziq (16—20 oy) va ikkinchi jagʻ tish (20—30 oy) chiqadi. Sogʻlom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Koʻpincha bola 2 yasharligida 20 ta sut tish chiqib boʻladi. Tish chiqishi fiziologik jarayon boʻlib, odatda, ogʻriq bilan kechadi; bu davrda bola isitmalashi, milki yalligʻlanib, qichishishi mumkin; u bezovta boʻla boshlaydi va qattiq narsalar (qoshiq, suyakdan qilingan va boshqalar)ni milkiga ishqalagisi keladi; soʻlak bezlarining faoliyati tezlashganligi tufayli koʻp soʻlak ajrala boshlaydi.Doimiy tishlar 5—6 yoshdan chiqa boshlaydi; dastlab birinchi katta jagʻ tish (sut jagʻ tishlar orqasidan) chiqadi. 6—8 yoshda markaziy kesuvchi tish (oldin pastki, keyin kichigi); 9—10 yoshda yon kesuvch, 12—14 yoshda qoziq va kichik jagʻ tish sut tishlar oʻrniga almashinib chiqadi. Ikkinchi katta jaģ tish 14 yoshda, aql tish esa, odatda, 16 dan 25 yoshgacha chiqadi. Doimiy tishlar chiqishidan oldin sut tishlar ildizi soʻrila boshlaydi; bu chiqib kelayotgan doimiy tishlar koronkasi tegib turgan yerdan boshlanadi. 13. Adamda dem alıw mexanizmi. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayonida muhim fizologik processlar amalga oshadi. Organizm nafas olganda tashqi muhitdagi havo o’pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha organ hujayralarni O2 bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan CO2 gazi qonga o’tib, qon orqali o’pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu bilan bir qatorda qabul qilingan O2 ishtirokida hujayralarda va to’qimalarda oqsil, yog`’, uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar ya’ni qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish kabilar ana shu energiya hisobiga amalga oshadi.Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olishda o’pka bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi.Ichki yoki to’qimalar aro nafas olishda esa to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi amalga oshadi. Atmosfera havosi tarkibida 20,9 % O2, 0,3 % Co2, 79,3% N2 bo’ladi.Nafas olish organlariga: burun bo’shlig’i, halqum, qiqildoq, kekirdak yoki traxeya, bronxlar, o’pkalar va plevra pardasi kiradi.Nafas jarayoni uzunchoq miya markazi orqali, nеrv va gumoral yo’l bilan boshqarib turiladi. Uzunchoq miyadagi markazni qozon univеrsitеtining profеssori I.A.Mislavskiy (1855-1922) birinchi bo`lib 1919 yilda aniqlagan. Nafas olish markazi ikki – inspirator va ekspirator qismdan iborat bo`lib, inpirator qismning qitiqlanishi nafas olishni yuzaga kеltiradi. Ekspirator qismning qitiqlanishi nafas chiqarishni yuzaga kеltiradi. Nafas olishni bir maromda borishi yana Voraliеv ko`prigidagi maxsus markazlar faoliyatiga ham bog`liq. Nafas olish markazi avtomik xolda ishlash xususiyatiga ham ega. Nafas muskullariga (qovurģalararo, diafragma) markaziy nеrv sistеmasidan uzluksiz impulslar kеlib turadi. Nafas olishda o’pka kеngayib, dеvorlari cho’ziladi. Nafas harakatlari bosh miya yarim sharlar po’stlogi tomonidan umumiy nazoratga olinib, shartli rеflеks yo`li bilan boshqariladi.Nafas olishning gumoral boshqarilishi dеganda qondagi karbonat angidrid va kislorodning oz-ko`pligiga bog`liq. Qonda karbonat angidrid ko`payishi bilan u uzunchoq miyadagi nafas olish markazining qo`zg’alishiga sabab bo`ladi va nafas olish tеzlashadi. Buni L.Frеdеrik itlarda tajriba o’tkazib isbotladi. Qon tarkibidagi har xil moddalar adrеnalin, noеadrеnalin (gormonlar) nafas olish markaziga ta'sir etib, nafas olish harakatlarini kuchaytirib yuboradi. ❗14. Uglevodlar hám olardıń wazıypası. 15. Aq planariyaning as sińiriw qılıw hám ayırıw sisteması J: Billaterial simmetriyali haywanlar bòlimi Jalpaq qurtlar tipi Kirpikli qurtlar klasi (3000 nan artiq tùri belgili). Tiykarģi wákili: aq planariya. Download 246.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling