J: Mox tárizlilerdiñ dùnyas jùzi boyinsha 5 miñday tùri, Ğmda terrritoriyasinda 1500 dey tùrleri tarqalģan. Kòpshilik wàkilleri arqa yarim sharda, tawlarda, tropikaliq ellerde, yaģniy iģalliq jetkilikli orinlarda keñ tarqalģan


Download 246.89 Kb.
bet6/70
Sana18.06.2023
Hajmi246.89 Kb.
#1598428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
MISJ 150 SORAW JUWABI MN

Epiteliy toʻqimasi — koʻp hujayrali hayvonlarda — tanani va tana boʻshligʻini qoplab turuvchi, koʻpchilik bezlarning asosiy funksional tarkibini tashkil etuvchi toʻqima. Embriogenezda epiteliy har uchchala murtak varaqlaridan hosil boʻladi va tana qoplogʻichi, ularning hosilalari hamda koʻpchilik bezlarning hosil boʻlishida qatnashadi. Epiteliy tez eskirib qolishi tufayli kuchli regeneratsiya qilish xususiyatiga ega. Epiteliy bazal membrana bilan chegaralangan, unda tomirlar boʻlmaydi; oziq moddalarni unga yaqin joylashgan biriktiruvchi toʻqimadan oladi. Epiteliy cheklovchi, himoya, moddalar almashinuvi (soʻrish, ajratish), sekret ajratish funksiyasini bajaradi. Funksiyasiga binoan, qoplovchi va sekretor epiteliyga ajratiladi. Qoplovchi epiteliy oʻz navbatida, bir qavatli, koʻp qavatli va oraliq qavatli boʻladi. Bir qavatli epiteliy hujayralari bazal membrana bilan bogʻlangan (oshqozon va ichak devori, mezoteliy tana boʻshligʻini oʻrab turadigan epiteliy). Koʻp qavatli epiteliyning faqat ichki qavati bazal membrana bilan qoplangan (teri epiteliysi), oraliq (2 qavatli) epiteliyning tashqi koʻrinishi organ devori choʻzilishiga qarab oʻzgarib turadi (mas, qovuq, siydik chiqarish yoʻli epiteliysi). Sekretor epiteliy esa bezlarda boʻladi. Epiteliy hujayrasining tuzilishi uning sekretorlik funksiyasi bilan bogʻliq. Epiteliy shakliga binoan, yassi, kubsimon va silindrsimon boʻladi. Shimuvchi epiteliy hujayrasi sirti tuksimon jiyakli, hilpillovchi epiteliyda hilpillovchi kipriklar boʻladi. Himoya funksisini bajaruvchi epiteliy uchun muguzlashish xususiyati, bezli epiteliy uchun donador endoplazmatik toʻr va Golji kompleksining rivojlanishi xos.
Biriktiruvchi toʻqima — odam va hayvonlarda mezenximadan rivojlanadigan toʻqimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funksiyalarni bajaradi. Xususiy, togʻay va suyak Biriktiruvchi toʻqimalari farq qilinadi. Xususiy biriktiruvchi toʻqima koʻpincha trofik, himoya va plastik funksiyalarni, togʻay biriktiruvchi toʻqima esa mexanik funksiyani bajaradi; u xondroblast va xondrotsitlar, hujayraaro modda hamda kollagen va elastik tolalardan iborat. Xususiy biriktiruvchi toʻqima zich va gʻovak biriktiruvchi toʻqima ga boʻlinadi. Gʻovak biriktiruvchi toʻqima terini muskullarga biriktirib, aʼzolar orasini tuldirib turadi, shilliq va seroz pardalarning Biriktiruvchi toʻqimali qavatini hosil qiladi. Uning hujayrali tarkibida fibroblastlar, gistiotsitlar makrofaglar, semiz hujayralar — labrotsitlar, plazmatik hujayralar — plazmatsitlar, yogʻ hujayralari — lipotsitlar, retikulyar hujayralar, qisqartiruvchi hujayralar — peritsitlar, xromatoforlar, endotelial hujayralar ajratiladi. Zich biriktiruvchi toʻqima shakllangan va shakllanmagan boʻladi. Shakllanmagani teri asosini yoki uning toʻr qavatini tashkil etadi. Shakllangan zich biriktiruvchi toʻqima tolali tuzilmalarning tartibli joylashishi bilan ajralib turadi; baʼzi aʼzolar (koʻz oqi, teri, fassiya) da ular oʻrim boʻlib joylashsa, boshqalarida (boylamlar, paylarda) parallel joylashadi. Shakllangan zich niriktiruvchi toʻqima dan tomirlar, bronxlar va boshqa tuzilmalar devorini hosil qiladigan elastik toʻqimalar ham tashkil topadi. Suyak biriktiruvchi toʻqima dan odam va umurtqali hayvonlar skeletk tashkil topadi. Suyak toʻqima osteoblastlar, osteotsitlar va osteoklastlardan iborat. Hujayraaro modda kollagen tolalardan tuzilgan boʻlib, tarkibida koʻpgina mineral tuzlar bor.

Download 246.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling