Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


-§. Tijorat bank kapitali va uning tarkibi


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

 
4-§. Tijorat bank kapitali va uning tarkibi 
 
Bank o‗z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib 
o‗tish kerakki, bank nazariyasida bank o‗z mablag‗i va o‗z kapitali 
tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan «O„z mablag„i» 
tushunchasi keng ma‘noga ega bo‗lib, u bankning ichki faoliyati 
jarayonida tashkil topgan barcha passivlarni (bankning ustav, zaxira va 
boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi zaxiralarni, taqsimlanmagan 
foyda va joriy yil foydasini) o‗z ichiga oladi. Bankning o„z kapitali 
deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta‘minlashga, ko‗rilishi 
mumkin bo‗lgan zararlarni qoplashga qaratilgan, maxsus tashkil 
qilinadigan fond va zaxiralarni tushunimiz kerak. Bank kapitaliga ustav 
kapitali, zaxira kapitali, ta‘sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o‗tgan 
va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun 
tashkil qilingan zaxiralar kiradi va u bank faoliyatida muhim 
funksiyalarni bajaradi.


116
Bankning o‗z kapitali – hisob-kitob yo‗li bilan aniqlanadigan 
kattalik. U iqtisodiy ma‘nosiga ko‗ra bank kapitali funksiyalarini 
bajaradigan o‗zlik mablag‗larni ichiga oladi.
Bankning o‗z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz 
mablag‗laridan farqli o‗laroq, bevosita bankning o‗ziga tegishli bo‗lgan 
mablag‗lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqi 
shundaki, bankning o‗z kapitali aylanma mablag‗larining 10 foizini, 
korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizni tashkil qiladi. 
Bank kapitaliga bankning o‗z mablag‗larining asosiy elementlari 
kiradi, ya‘ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank 
faoliyatini ta‘minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan 
zaxiralar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishi kerak. 
- bank faoliyatining barqarorligi; 
- kreditor huquqlari bo‗yicha subordinatsiyalanganlik; 
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo‗qligi. 
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori xalqaro Bazel 
qo‗mitasining talablariga ko‗ra asosiy (birinchi darajali) va 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling