Jarayon va tizimlarning kirish-chiqishdagi ko`rsatkichlari Faktorlar asosiy sathlarining qiymatlarini tanlash
Jarayon va tizimlarning kirish-chiqishdagi ko`rsatkichlari
Download 0.59 Mb.
|
REGRESSIYANING KODLANGAN KOEFFITSIENTLARINI AHAMIYATLILIGINI ANIQLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar
Jarayon va tizimlarning kirish-chiqishdagi ko`rsatkichlariHar qanday tajribani rejalashtirishda tadqiqodchi jarayon yoki tizimga kiruvchi va undan chiquvchi ko`rsatkichlarni aniqlaydi. CHiquvchi ko`rsatkichlar texnik-texnologik, texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, statistik parametrlar va shunga o`xshashlar bo`lishi mumkin. Texnik-texnologik parametrlar – fizik, mexanik, fizik-ximik va shunga o`xshash xususiyatlar bo`lishi mumkin. Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar- maxsuldorlik, foydali ish koeffitsiyenti, ob’yektning ishonchliligi va uzoq vaqt ishga yaroqli bo`lishi, jarayonning bir me’yorda bo`lishi kabilar. Iqtisodiy ko`rsatkichlar- ish va mashinaning maxsuldorligi, mahsulot tannarxi, foyda, rentabellik, sarf-harajat va shunga o`xshashlar. Statistik ko`rsatkichlar – o`rta qiymat, dispersiya, variatsiya koeffitsiyenti va shunga o`xshashlar. Jarayon va tizimning chiquvchi ko`rsatkichi sodda, oson o`lchanuvchi yoki hisoblanuvchi hamda aniqlash xatoligi hisobga olingan holda yagona sonli bahoga ega bo`lishi zarur. Odatda jarayon yoki tizim ko`plab chiquvchi ko`rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Lekin optimallashtirish masalasini yechishda bu ko`rsatkichdan, masala shartiga qarab, ulardan umumiyrog`i tanlanadi. Qolgan chiquvchi ko`rsatkichlarga cheklash shartlari qo`yiladi. Tajriba ma’lumotlari bo`yicha chiquvchi ko`rsatkichlar orasidagi qo`sh korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanib, kuchli korrelyatsiyalanuvchi ko`rsatkichlar tashlab yuboriladi. CHunki bu ko`rsatkichlar jarayon yoki tizim haqida qo`shimcha axborotlar bermaydi. Ko`rsatkichlar ichida bitta yoki bir nechta muhimlarini tanlab olib, graflar nazariyasi bo`yicha ham optimallashtirish masalasini yechish mumkin. Kiruvchi parametrlar jarayon yoki ob’yektga tashqi muhitning ta’sirini xarakterlaydi. Kiruvchi faktorlar ob’yektning miqdor va sifat ko`rsatkichlarini xarakterlaydi. Tajribani rejalashtirish jarayon yoki tizimni aniqlovchi hamma faktorlarni hisobga olish zarur. Agar hisobga olinmagan faktor tasodifiy bo`lib, nazorat qilinmasa, u tajriba xatoligining ortishiga olib keladi. Har qanday faktorning boshqarilib turilishiga erishish zarur, faktorni o`zgartirish yoki bitta qiymatda ushlab turish imkoniyatlarini yaratish zarur. Tajribani rejalashtirish faktorlar qiymatlarini ma’lum sxema bo`yicha o`zgartirish mumkin bo`lgandagina amalga oshiriladi. Bundan tashqari faktor bir qiymatli bo`lib, o`lchash aniqligini yuqori bo`lishini ta’minlash talab etiladi. Ko`p faktorli tajriba o`tkazishda faktorlar bog`liq bo`lmasligi shart, ya’ni har bir faktorning qiymatlarini boshqa faktorlar qanday bo`lishidan qat’iy nazar, talab qilingan sathda ushlab turish mumkin bo`lsin. Bundan tashqari faktorlar sathlarining har bir kombinatsiyasida tajriba o`tkazish imkoniyati mavjud bo`lishini ta’minlash zarur. Faktorlarning bog`liqmaslik va birgalikda bo`lish shartlari tajribani rejalashtirishning asosiy talablaridir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling