Oldinga siltanib sakrab tushish (o‘ng tomonga). Tayanib orqaga tebranish holatidan pastga tushishda, tushish tezligini kuch bilan sekinlatib, gavdani to‘g‘ri tutib vertikal holatga o‘tiladi. Tik holatdan o‘tgandan keyin, tos-son bo‘g‘inida biroz bukilish kerak. Oldinga tebranishning oxirgi holatidan oldinroq o‘ng qo‘l bilan qo‘shpoya dastak otdan itarib yuboriladi, shu zahoti chap qo‘l bilan chap dastakdan o‘ng tomonga itariladi va shu qoini gavdadan uzoq- lashtirish kerak boiadi. Bu harakat o‘ng dastak ustidan o‘tishga imkoniyat beradi. Dastak ustidan o‘tilgandan so‘ng chap qo‘l o‘ng dastakni ushlaydi (shu paytda tana tayanchsiz holatda bo‘ladi). So‘ngra sakrab tushiladi. Yerga mustahkam tushish uchun chap qo‘lni o‘ng dastakdan qo‘yib yubormaslik kerak.
Oldinga siltanib (o'ng tomonga) orqaga (chapga) burilib sakrab yerga tushish. Dastlabki barcha harakatlar bundan oldindagi sakrab tushish harakatlariga o'xshash bo‘ladi. 0јng qo‘l bilan o‘ng dastakdan itarib yuborish biroz oldinroq bajariladi, chap qo‘l bilan itarish esa shunday bajarilishi kerakki, u butun tanani uzunasiga joylashgan o‘qi atrofida chapga aylanishga yordamlashsin. So‘ngra tayanchsiz holatda uzunasiga joylashgan o‘q atrofida chapga aylanish sodir bo‘ladi. Uning oxirida (tayanchsiz holat qisqa vaqt davom etishi uchun imkoniyati boricha vaqtliroq) o‘ng qo‘li bilan o‘ng dastakdan ushlash zarur. 0‘sha dastakdan ushlagancha sakrab tushiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |