Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/126
Sana23.11.2023
Hajmi4.31 Mb.
#1796164
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126
Bog'liq
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. ikkinchi nashr

D arsga tayyorgarlik
0 ‘qituvchi o ‘quvchilarga taklif etiladigan h a m m a m a sh q ­
larni, d a stu rd a k o'rsatilg an n a z o r a t- m e y o r la r va talablarni 
am alda k o ‘rsata bilishi kerak. D ars oldidan u yangi tayyorlov 
va yordam chi mashqlarni bajarib k o ‘rishi, bajarishga tayyor 
turishi yoki m a sh qn in g bajarilishini im itatsiya ( o ‘xshatish) 
qilishi kerak.
H arakat tayyorgarligini o ‘qituvchi darsning oxirida sport 
zalda yoki ochiq m a y d o n d a kelgusi m a sh g ‘ulotga faollarni 
tayyorlash uchun amalga oshirishi mumkin.
0 ‘qituvchi, ayniqsa, birinchi pedagogik faoliyat yilida ko'p 
ishlashi kerak. Bu davrda im o -is h o ra , xavfsizlikni saqlash 
malakasini shakllantirish, o ‘quvchilarga mashq bajarishlarida 
yordam berish va hokazolarni o ‘zlashtirib olishi lo/.im.
Nazariy va s o ‘z tayyorgarligi
O'qituvchi o ‘quvchilarga beradigan bilimni yaxshi o ‘zlash- 
tirib olgan boMishi kerak: o 'q u v c h ila rn i harakat faolligini 
pasaytirmaslik uch un tilni m ukam m al bilishi va nazariy m a ’lu- 
motlarni e ’lon qilish texnikasini terminologiya nuqtayi nazari- 
dan ham yaxshi bilm og‘i zarur. So'zni faqat o'quvchilarning 
o n g ig a t a ’sir e t i s h i n i g i n a e m a s , h is s iy o tig a h a m t a ’sir 
ko'rsatishini yoddan chiqarmaslik kerak. O'qituvchi bilarmonlik
99


b ila n k o m a n d a — b u y r u q orq ali h a r a k a tn in g m a ’n o s in i 
a n g la tis h i, y u m s h o q , q a t ’iy, j i s m o n i y k u c h la n is h o rq a li 
boshqarishi va o ‘quvchilarda zaruriy javob reaksiyasini hosil 
qilishi mumkin.
Shuning bilan birga, h ar bir darsning oxirida o ‘qituvchi 
o'quvchilarga berishi kerak bo'lgan (ogohlantirish, baholash, 
savollar, m uho k am a, qisqa suhbat va boshqalar) axborotini 
xotirasida tiklashi kerak.
Bundan so‘ng, o ‘qituvchi tilning ravon va ifodali b o ‘lishi 
ustida ishlamog‘i zarur.
Odatda, 
0
‘quvchilar ,,shagom“ , „ikkitadan b o ‘lib“ , „kilo- 
m e t r “ , , , s a n t i m e t r “ , ,,tu s h u n a r l im i ! ? “ , „yen g il a t l e t i k a “ , 
„matolarni q o ‘ying“ va boshqa urg‘u berilgan so‘zlardagi xatolarga 
e ’tibor bilan qaraydilar.
S o ‘z tezligi ustida ko‘p ishlash kerak b o ‘ladi. Shuni yodda 
tutish kerakki, har xil holatlarda har xil tezlik kerak b o ‘ladi: 
agar o ‘qituvchi xatoni tuzatayotgan b o ‘lsa, sekin-asta gapirishi 
z a ru r, s u h b a tla r d a , u yoki bu n a rs a n i s o ‘zlab b e ris h d a , 
tushuntirishda o ‘rta tezlikdan foydalaniladi, o ‘yinlarga rahbarlik 
qilganda esa tez gapirish maqsadga muvofiqdir.
S o‘z ohangi orqali m a ’lum maqsadga erishish mumkin.
S o ‘z ohangi tantanali, bayramona, yil oxirida musobaqalarga 
y a k u n y a s a s h d a , s p o r t b a y r a m la r i d a , k e c h a la r id a , ru h iy
qiyinchiliklarni yengib o ‘tishda, xushchaqchaqlik yoki xafalik
g ‘alabadan so‘ng yoki mag‘lubiyat, intizom buzilganda turlicha 
b o ‘lishi mumkin.
G u ru h g a muvaffaqiyatli rahbarlik qilish u c h u n ishonch 
uyg‘otuvchi, tetik so‘z b o ‘lishi kerak. ,,Baqiruvchi“ o ‘qituvchilar 
ongli intizomga hech qachon erisholmaydilar, chunki 
0
‘quv­
chilar uning qattiq ovoziga ko‘nikib qoladilar. Faqat b a’zi hollarda 
kerak bo'lgan joyda ovoz k o ‘tarilsa, kutilgan samara berishi 
mumkin. 0 ‘ta sekin berilgan buyruq yoki farmoyish o'quvchi­
larning eshitish a ’zolarini doimo tarang tutishga majbur etadi. 
Bu hoi 
0
‘quvchilarni tezroq toliqtiradi va beparvolikka olib keladi.
T o ‘g‘ri gapirish, atamalarini aniq bilish zarur. Hozir ham
am aliyotda uchrab turadigan „O rqa oyoqni t o ‘g ‘rilang!“ va 
hokazolar ishlatilmasligi kerak.

Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling