Material egilishga sinalganda neytral o‘qning
yuqori qismi siqilishga,
pastki qismi esa cho‘zilishga ishlaydi. Odatda materiallarning
buzilish alomatlari
(darz, yoriq va sh.k.) ularning cho‘ziluvchi qismida boshlanadi.
CHo‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallar cho‘zilishdagi
mustahkamlik chegarasiga qarab uch guruxga bo‘linadi:
1)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan ko‘p
bo‘lgan tolali materiallar (yog‘och, shisha tolasi);
2)cho‘zilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o‘zaro
teng yoki
oz farq qiluvchi materiallar (po‘lat);
3)cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi
siqilishdagiga nisbatan kam
bo‘lgan materiallar (tosh materiallar, shisha, cho‘yan va sh.k.).
Materiallarning cho‘zilishdagi mustahkamlik
chegarasini aniqlash uchun
undan davlat standartida ko‘rsatilgan namunalar tayyorlanadi.
Mo‘rt materiallarning (tabiiy toshlar, beton,
sementli qorishma,
keramika
va sh.k.) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi
mustahkamlikning 1 10-1 50 qismini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda materiallarning mustahkamligini ultratovush impuls usulida
aniqlash joriy etilmoqda. Bu usul namunada ultratovushning tarqalishi, so‘nishi va
rezonans holatlarga asoslangan.
Materiallarning mustahkamligini aniqlash standart usullari namunalari 2.3
jadvalda berilgan.
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: