Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Klinkerni maydalash. Sement klinkerini maydalab tuyish quvursimon
sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. SHarli tegirmon ichki tomondan mustahkam zirxli po‘lat bilan qoplangan bo‘lib, 2-4 bo‘lmadan iborat. Katta tegirmonlarning o‘lchamlari 3,95x11 m yoki 4,6x16, 4m bo‘lib, soatiga 100 va 135 tonna klinkerni maydalaydi. Tegirmonda klinkerni maydalash shar yoki silindrchalarning tegirmon ichida ma’lum masofaga ko‘tarilib tushishiga va dumalashiga asoslangan. Klinkerni po‘lat sharlar yirikroq silindrchalar esa maydaroq tuyushga mo‘ljallangan. Bu tegirmonlar to‘xtovsiz ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, klinker bir tomondan ichi bo‘sh val (sapfa) orqali tegirmon ichiga kiritiladi va ikkinchi tomondan tuyulgan sement chiqarib olinadi. Tuyulgan sement maxsus nasoslar yordamida siloslarga yuboriladi. YOpiq siklda ishlaydigan tegirmonlarda etarli darajada tuyulmagan sement zarralari markazdan qochuvchi prinsipda ishlaydigan separatorlarda ushlab qolinib qaytadan tegirmonga yuboriladi. Bu usulda sementni 40005000 sm 2 g solishtirma yuzagacha maydalash mumkin. YOpiq sikl usuli tez, o‘ta tez qotuvchan va maxsus sement turlarini olishda ishlatiladi. Sement klinkeri maydalanayotganda tegirmonga 3,5% gacha gips va 15% atrofida gidravlik qo‘shimchalar kiritiladi. Tayyorlangan sement temirbeton siloslarda sovuguncha va erkin kalsiy oksidi so‘nguncha saqlanadi va iste’molchilarga yuboriladi. Siloslar diametri 8-15m, balandligi 25-30m, sig‘imi esa 4000-10000 t gacha bo‘ladi. Sement qog‘oz yoki polietilen qoplarga joylashtiriladi (50 kg gacha) yoki sement tashuvchi vagonlarda yoki avtomobillarda tashiladi. Nazorat savollari 5. Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi? 6. Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib bering? 5. Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy xossalari xaqida aytib bering. 6. Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering. 14. Portlandsement klinkerining mineralogik tarkibi va unga qo‘shiladigan qo‘shimchalar nimalardan iborat? 15. Portlandsement asosiy xossalarini va korroziyasini aytib bering. 16. Portlandsement turlarini gapirib bering. 17. Putssolanli va shlakli sementlar nima? 18. Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib bering. 10. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari haqida gapirib bering. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling