M kariyev, R. Alimov
O‘qotar qurollardan sinish tasnifi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqotar qurollardan sinishning umumiy xarakteristikasi va uning davolash prinsiplari
O‘qotar qurollardan sinish tasnifi
0‘qotar qurollardan sinish jarohatlanish turi, xarakteriga joyla- shishiga ko‘ra bo'linadi. Jarohatlovchi snaryadga ko‘ra: o‘qli, par- chali. Yaralanishning xarakteriga ko'ra: teshib o'tuvchi, ko‘r yara, tegib o'tuvchi; sinishning turiga ko‘ra: a) to'Iiq bo'Imagan (chetidan, teshiksimon); b) to'Iiq bo'lgan — ko'ndalang, uzunasiga, qiya, yirik parchali, mayda parchali parchalangan. Jarohatning lokalnizatsiyasiga ko‘ra: yelka, bilak, panja, son, boldir, tovon suyaklarning sinishi; jarohatlanishning qo'shilib kelishiga ko‘ra: 1) yumshoq tuqima: a) yirik shikastlanishlar bilan; b) kichik shikast- lanishlar bilan; 2) yirik tomiriarni: a) shikastlanish bilan; b) shikast- lanishsiz; 3) nervlarni: a) shikastlanishli, b) shikastlanishsiz; 4) bo‘g‘imlar: a) shikastlanishli, b) shikatslanishsiz turlari kuzatiladi. O'qotar qurollardan sinishning umumiy xarakteristikasi va uning davolash prinsiplari O'qotar qurollardan sinishning morfologik strukturasi, klinik ke- chish, davolash xususiyatlari, yopiq jarohatlardan va birlamchi ochiq sinishlardan farq qiladi. 1. Hamma o'qotar sinishlar birlamchi ochiq va birlamchi mikrobli, ifloslangan hisoblanadi. Yumshoq to'qimalarning yirik jarohatlarida ikkilamchi infeksiya bilan ifloslanish mo'lligi ortadi. 2. Katta tezlikdagi snaryad bilan yaralanganda oyoq-qo'l to'qimasi shikastining 3 zonasini hosil qiladi: 1) jarohat kanafi; 2) birlamchi o'lik zona; 3) ikkilamchi o'lik zona. 3. Yuqori tezlikka ega o'qning kinetik energiyasi suyak to'qimasining buzilishiga olib keladi. Yirik oskolkali, mayda parchalik juda ko'p sinishli va suyak to'qimasining katta defektli sinishlari ko'payadi. 4. O'qotar quroldan sinishda ma’lum masofada suyak o'zagida patalogik o'zgarishlar yuz beradi. 150 Shikastlanishning 4 zonasi farqlanadi: 1. Suyak o’zagining gemorragik infiltratsiya zonasi. 2. Funksiyasi butun suyak o’zagi bo’lgan qon quyilishli zona. 3. Nuqtali qon quyilish zonasi. 4. Yog‘li nekroz zonasi. 5. O'qotar qurollardan sinishlar, ayniqsa, uzun suyaklar va katta bo'g’imlarni ko'pincha yirik tomirlar va nervlarning shikastlanishi bilan kechadi: to’liq uzilish, nervlarning o’tkazuvchanligi buzilishi, qon tomirlarda tromblarning hosi! bo’lishi. 6. Uzun suyaklarning o'qotar qurollar bilan jarohatida organizm- ning umumiy o'zgarishi yuz beradi. Masalan, anemiya qon yo’qotishdangina emas, balki qon yaratilishining buzilishidan ham sodir boMadi. 7. 0‘qotar sinishlar, ayniqsa uzun suyaklar, travmatik shok bilan, anaerob infeksiya bilan kechadi. O'qotar qurollardan sinishlar diagnostikasi bir tomondan belgilar- ga ya’ni uzun suyaklarning sinish belgilari (qo‘l-oyoq funksiyasining buzilishi, qisqarishi yoki deformatsiyasi, patologik jarohati, suyak si- niqlarining krepitatsiyasi va h.k.) asoslansa, boshqa tomondan, kiruvchi va chiquvchi teshiklar joylashishi va oMchami hisobga olinadi. Ba’zi hollarda suyak siniqlari yarada ko’riladi. Diagnozni aniqlash uchun maxsuslashgan xiruigik yordami bos- qichi — rentgenologik tekshiruv tasdiqlaydi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling