Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Download 306.92 Kb.
bet1/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx


11-mavzu. GFR II-jahon urushidan keyingi yillarda
RejA
1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
2/ Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning bo‘lib yuborilishi.
3/ GFR va GDR 50-70 yillarda
4/“Kol davri”: nemis neokonservatizmi va Germaniyaning birlashishi.

II-jahon urushidan keyin Germaniyada vujudga kelgan. G‘arbiy va Sharqiy zonalar. Ikki German davlatlarning tashkil topishi.Siѐsiy xarakatlar va partiyalar. (XDC), (XSS) va ularning siѐsiy, ijtimoi va iqtisodiy yo‘nalishlari. GFR-ning tashkil topishi.50-chi yillarda GFR-ning ijtimoi va iqtisodiy rivojlanishi. German ―Iqtisodiy mujisasi‖. GFR va Yevropa Ittifoqi. GFRning g‘arbiy yevropa davlatlariga ta’siri.V.Brand xukumati va uning tashqi siѐsati. 1982 yillardagi saylovlar va XDS-XXS blokining xukumatka kelishi. G.Koll xukumatining tashqi va ichki siѐsati. German davlatlarining birlashuvi. Germaniyaning Yevropa ittifoqidagi o‘rni. Shrѐder va A.Merkel xukumatlari. 12-mavzu. AQSh II-jahon urushidan key.


1/ Yevropaning markazida joylashgan Germaniya Federativ Respublikasining yer maydoni- 356,96 kvadrat kilometr; aholisi 84 mln kishi; davlat tili-nemis tili; poytaxti-Berlin (1999 yil iyuldan); pul birligi-yevro (2002 yil 1 yanvardan); davlat tuzumi-parlamentar demokratik respublika; davlat tuzilishi- 16 ta zemel (o‘lka)dan iborat federativ davlat;
Davlat boshlig‘i-Prezident; hukumat boshlig‘i-Kansler; Parlament ikki palata-Bundestag va Bundesratdan iborat. Parlament Sotsial-demokratlar partiyasi, Xristian-demokratlar ittifoqi va Liberallar partiyasi ko‘pchilikni tashkil etadi. Keyingi parlament saylovlari 2010 yilda bo‘lib o‘tdi. Iqtisodi-erkin bozor iqtisodi. Yalpi ichki mahsulot-1.940.0 mlrd dollar; aholi jon boshiga-23629 dollar; yillik o‘sish-1,5 foiz.
Ikkinchi jahon urushining tugashi bilan nemis zaminida ikkita davlat: 1949 yil may oyida Germaniya Federativ Respublikasi, oktyabrda esa Germaniya Demokratik Respublikasi tashkil topdi. 1949 yil 23 mayda qabul qilingan G‘arbiy Germaniyaning Asosiy qonuni mamlakatni “demokratik va ijtimoiy federativ davlat” deb e’lon qildi. Unga ko‘ra davlat federativ birlik (zemel)lardan tashkil topdi. Darhaqiqat, oradan qirq yil o‘tib 1990 yil 3 oktyabrda GFR va GDR qo‘shilishidan yagona Germaniya davlati qayta dunyoga keldi.

2/Mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Parlament ikki palata-Bundestag va Bundesratdan iborat.


Bundestag umummilliy vakillik palatasi bo‘lib, 656 nafar deputatdan iborat. Deputatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan 4 yil muddatga saylanadilar. Bundesrat esa federal vakillik organi bo‘lib, o‘lkalar manfaatini himoya etadi. Palata 68 a’zodan iborat. Ularning barchasi o‘lkalar hukumatlari tomonidan tayinlanadilar. Shuning uchun Bundesratni hukumatlararo vakillik palatasi deb ham atashadi. Har bir o‘lka kamida uchutadan vakil tayinlaydi. Aholisi 2 milliondan ortiq o‘lkalar 4 tadan, 6 milliondan ortiq o‘lkalar esa 5 tadan, 7 milliondan ziyod aholiga ega o‘lkalar 6 tadan vakil tayinlash huquqiga ega. Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, Germaniyaning Asosiy qonuni har ikki palataning vakolatlarini konstitutsiyaviy tarzda belgilab beradi. Bundestagga quyidagi masalalar bo‘yicha mutlaq vakolatlar beradi; tashqi ishlar, mudofaa, fuqarolar xavfsizligi; federatsiya fuqaroligi; ko‘chib yurish erkinligi, pasport rejimi, immigratsiya, o‘lchov, tosh-torozi rejimi, yagona vaqt o‘lchovi; hududning bojxona va savdo birligi, savdo va kemachilik to‘g‘risidagi shartnomalar, tovar muomalasi, emmigratsiya, ekstradatsiya; valyuta, pul muomalasi erkinligi, xorij bilantovar va to‘lovlarning aylanishi, bojxona va chegara soqchiligi; havo aloqasi, federatsiyaga tegishli temir yo‘llar aloqasi pochta va telekomunikatsiyalar xizmati. Umuman olganda, milliy siyosatning eng muhim masalalari Bundestag vakolatlari sirasiga kiradi. Bundestag 67-moddaga binoan, hukumat rahbari-federal Kanslerga ishonchsizlik votumi bildirishi va uni vazifasidan ozod etish to‘g‘risida iltimos bilan federal Prezidentga murojaat qilishi mumkin.Bundan tashqari Bundestagda tergov komitetlari, Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha komitet, tashqi ishlar komiteti, mudofaa komiteti, petitsiyalar bo‘yicha komitet va boshqa komitetlar faoliyat ko‘rsatadi. Bundestag va uning komitetlari federal hukumatning har qanday a’zosini o‘z majlislarida ishtirok etishini talab etishlari va ularni tinglashlari mumkin.
Bundesrat vakolatlariga kelsak, uning quyidagi vakolatlari belgilangan: fuqarolik huquqi, jinoiy huquq va hukmlar ijrosi, sud tizimi, sud ishlarini yuritish, advokatura, notarial va yuridik maslahat; fuqarolik holati dalolatnomalari; ittifoqlar va yig‘ilishlar huquqi; xorijliklarning bu mamlakatda bo‘lishga va doimiy yashashga bo‘lgan huquqi; qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar to‘g‘risidagi qonunlar; nemis madaniy boyliklarini xorijga tashib ketishdan muhofaza qilish; qochoqlar va ko‘chirma qilingan shaxslarga doir ishlar; ommaviy ijtimoiy ta’minot; o‘lkalardagi fuqarolik; xo‘jalik huquqi; yadro energetikasi va radioaktiv ashyolar; mehnat huquqi, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy sug‘urtalash; ta’lim sohasi; yerlar, tabiiy boyliklar va ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik huquqi; yerlar va qishloq xo‘jaligida ijara huquqi; ochiq dengizda va ichki suvlardagi kema qatnovi, meteorologik xizmat; yo‘l xarakatlari va jamoat transporti; federatsiyaga qaramaydigan relsli yo‘llar; chiqindilarni yo‘q qilish, tabiatni muhofaza qilish, shovqinga qarshi kurashish.
Germaniya parlamentining uchdan ikki qismi Bundestag deputatlaridan, uchdan bir qismi esa Bundesrat a’zolaridan tashkil topgan Qo‘shma komitetlar ham faoliyati ko‘rsatadi. Qo‘shma komitetning tashkil etilishi va bu jarayon faoliyati maxsus reglament bilan tartibga solinadi.
Germaniya parlamentarizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ikki palata orasida raqobatning mavjudligidir. Aynan Konstitutsiyada “raqobat” so‘zining ishlatilishi (72,74- moddalar) bu borada hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Platalar orasidagi vakolatlar taqsimoti masalasi ham yetarli darajada aniqlik bilan o‘z ifodasini topgan. Umummilliy masalalarni hal etishda federal palata-Bundestag ustivor mavqega ega Chunki Asosiy qonuning 31-moddasiga binoan “federal huquq o‘lkalar huquqidan ustunlikka egadir”.




Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling