Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida


Download 306.92 Kb.
bet9/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

GFR K.Adenauerning kanslerligi davrida.
GFRda konstitutsiyaviy tuzumning samarali yutuqlarga erishishida mamlakatdagi siyosiy barqarorlik yordam berdi. 1949 yilning 14 avgustida Bundestagda bo‘lib o‘tgan birinchi saylovlar quydagi siyosiy kuchlarning ustunligini ko‘rsatdi. Xristian Demokratik Soyuz (XDS) 25,2% 115 mandat ovozga ega bo‘lib Xristian Sotsial Soyuz (XSS) bilan birga 5,8%, 24 mandat parlamentda ko‘pchilikni tashkil etdi. Muxolifatdagi Germaniya Sotsial Demokratik partiyasini saylovchilarning 29,2%i (131 mandat) qo‘llab-quvvatlashdi. Erkin Demokratik Partiya (EDP) (11,2% ovoz, 52 mandat) bilan koalitsiya hukumat tarkibiga kirdi va “uchinchi kuch”ga aylandi.
12 sentyabrda mamlakat prezidentligiga Ozod Demokratik Partiya (ODP) rahbari T.Xeys saylandi, 15 sentyabrda esa K.Adenauer federal kansler lavozimini egalladi.
Xristian demokratlarning mafkuraviy konsepsiyasi GFRning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgiladi. 1953 yil parlament saylovlari arafasida qabul qilingan XDSning Gamburg dasturida G‘arbiy Germaniya davlatida konstitutsiyaviy -huquqiy tuzumning va sotsial bozor xo‘jaligining asosiy tamoyillari, nemis xalqi moddiy va ma’naviy tiklanishiga yo‘naltirilganligi belgilab qo‘yildi. XDS rahbariyati qat’iy ravishda antikommunistik kayfiyatda bo‘lib, Sharqiy Germaniya davlatini tan olmaslik, Shimoliy Atlantika Ittifoqi va Yevropadagi integratsion jarayonlar bilan yaqindan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi. K.Adenauer rahbarligida XDS 1953, 1957, 1961 yillardagi parlament saylovlarida g‘olib chiqdi va haqli ravishda (36,;% va 191 mandat, 39,7% va 217 mandat, 35,8% va 192 mandat)ga ega bo‘ldi. XDS/XSS bloki parlamentda yagona fraksiyani tashkil etib, birlashgan siyosat olib bordi.
Murosasiz K.Shumaxer rahbarlik qilgan Germaniya Sotsial Demokratik partiyasi (GSDP) “prinsipial muxolifot”ga aylandi. Sotsial-demokratlar bozor munosabatlariga qarshi chiqib, iqtisodiyotda ijtimoiy tashabbusni kuchaytirishga da’vat etardi. Tashqi siyosatda esa GSDP Adenauer hukumatining antikommunistik yo‘lini qo‘llab-quvvatlar, ammo yagona Germaniyani barpo etishni kechiktiruvchi har bir qadamni qoralar edi. K.Shumaxer Adenauer hukumatining G‘arbiy Germaniyaning to‘la suvereniteti tiklanmasdan turib uni qayta qurollantirish, Shimoliy Atlantika blokining harbiy-siyosiy tuzilmalariga kiritish, G‘arbiy Yevropadagi integratsiya jarayonlariga jalb etishga bo‘lgan urinishlariga shubha bilan qarar edi. Germaniya Sotsial Demokratik partiyasi (GSDP) 1953 yilgi parlamentga bo‘lgan saylovlarda 28,8 % ovoz 169 mandatga, 1961 yilda 36,2 % ovoz olib 190 mandatga ega bo‘ldi. 1960 yili partiya rahbarligiga G‘arbiy Berlin burgomistri Villi Brandt saylandi. G‘arbiy Germaniyadagi yetakchi siyosiy kuchlarning o‘zaro birlashishi siyosiy radikalizm, eng avvalo so‘l radikalizmiga qarshi kurash bilan birga davom etdi.Germaniya Kommunistik partiyasiga (GKP) Sharqiy Germaniya tuzumi va sovet maxsus xizmatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ekstremistik partiya deb qaraldi. 1951 yilda davlatga qarshi siyosiy harakatlar uchun jazo qo‘llash qonuni qabul qilindi. Bir yildan so‘ng konstitutsion sud neonatsistik sotsialistik partiyani taqiqladi. Kommunistik tashkilotlar, Sovet-Germaniya do‘stlik jamiyatlari faoliyati qattiq nazorat ostiga olindi. 1956 yilda GKP Konstitutsiyaga zid tashkilot sifatida butunlay taqiqlandi.
Adenauerning siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish, G‘arbiy Germaniyada ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam hududiy asosini yaratishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatli bo‘ldi. Tajribali huquqshunos va administrator, qat’iy va talabchan siyosatchi bo‘lgan Adenauer Bonn hukumati faoliyatiga nihoyatda ishchan va tartibli ko‘rinish bera oldi. Barqarorlik va mo‘tadillikka intilish Adenauer siyosiy uslubining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Maqbul, nihoyatda samarali iqtisodiy islohotlar o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Adenauer siyosatining ideologi iqtisodiyot vaziri Lyudvig Erxard edi. Adenauer hukumati mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotning eng murakkab davrida (1949-1950 yillarda) qat’iylik ko‘rsatdi. Pul miqdorining qisqartirilishi va narxlarning liberallashtirilishi aholi daromadlari past bo‘lgan bir paytda narxlarning oshishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning qayta qurilishi esa, ishsizlikning o‘sishi bilan birga ro‘y berdi. Ammo 1951 yildayoq yaxshi tomonga o‘zgarish sezila boshladi. 1952 yilda esa narxlar o‘sishi to‘xtadi, ishsizlik kamaya boshladi. Keyingi yillarda keskin iqtisodiy o‘sish ro‘y beri. Yiliga 9-10%, 1953-1956 yillarda esa yiliga 10-15% gacha o‘sishga erishildi. GFR g‘arb mamlakatlari orasida sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib oldi (faqatgina 1967 yilda Yaponiya GFni uchinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi). Katta eksport tufayli Angliya, Fransiya va Shvesiya davlatlarini qo‘shib hisoblaganda umumiy zahirasiga teng oltin zahira yaratildi. Germaniya markasi Yevropada eng kuchli pulga aylandi. 50-yillarning oxirida ishsizlik amalda yo‘qoldi, aholining real daromadlari 3 marta oshdi. Nemis “iqtisodiy mo‘jizasi”ning bir qator omillari mavjud edi. Erxard tanlagan iqtisodiy tizim (unda liberal bozor mexanizmi davlatning maqsadli soliq va kredit siyosati bilan birga amal qilardi) o‘zining samarali ekanligini isbotladi. Sanoatdagi lobbi (o‘z narxlarini himoya qilish) bilan ko‘p yillik bahs-munozaradan so‘ng Erxard monopoliyaga qarshi qonun qabul qilinishiga erishdi, raqobatni cheklovchi har qanday shartnomalar bekor qilindi. Sarmoya kiritish dasturlarini amalga oshirish uchun Marshall rejasi asosida tuzilgan yirik moliyaviy fond yaratidi. GFRning 1955 yilda NATOga a’zo bo‘lishiga qadar harbiy xarajatlarning yo‘qligi, hamda xorijiy sarmoyalar (3,5 mlrd.dollar) oqimi ham katta rol o‘ynadi. Urush yillarida vayron qilingan sanoatni tiklashga hamohang ravishda eng yangi texnologiyalarning joriy etilishi va nemis xalqining an’anaviy bo‘lgan yuqori ishlash qobiliyati ham mehnat samaradorligining tez o‘sishiga olib keldi. G‘arbiy Germaniyada qishloq xo‘jaligining muvaffaqiyatli rivojlanishi 1941-1949 yillarda okkupatsion hukumatlar yordami bilan amalga oshirilgan agrar islohot natijasi edi. Yer mulklari qayta taqsimlandi, yer fondining katta qismi yirik yer egalaridan olinib o‘rta va kichik yer egalariga berildi. Dehqonlar mehnatining mexanizatsiyalashtirilishi va elektrlashtirilishi bu sektorda ishlab chiqarish o‘sishini ta’minladi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tuzilmasi ham o‘zgardi. Eng nufuzli soha chorvachilik bo‘lib, butun qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 70%ini bera boshladi.
Nafaqa fondi, uy-joy qurilishi, bepul va imtiyozli ta’lim olish hamda kasbiy tayyorgarlik tizimini kengaytirish bo‘yicha qo‘yilgan faol qadamlar bilan birgalikda ishbilarmonlar va ishchilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni rag‘batlantirishga katta e’tibor berildi. Hukumat:”Kapital mehnatsiz, mehnat esa kapitalsiz mavjud bo‘la olmaydi” degan shiorni o‘rtaga tashladi. 1952 yildagi “Korxonalarda ishchilar ahvoli” to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra ish haftasi 52 dan 46 soatga tushirildi, oylik maosh esa urushdan oldingiga nisbatan oshdi. Mehnatga haq to‘lash tizimi alohida korxonadagi mehnat stajiga mos ravishda turlicha belgilangan edi. 1960 yilda “Ishlayotgan yoshlar huquqlarini himoya qilish” to‘g‘risida qonun qabul qilindi, 1963 yilda barcha mehnatkashlar uchun mehnat ta’tili belgilandi. Hukumat tomonidan ishbilarmonlarga, ishchi xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlarni rag‘batlantirishga qaratilgan va oilaviy daromad hamda bolalar sonini hisobga oluvchi soliq imtiyozlari tizimi ishlab chiqildi. Hukumatning mazkur tadbir-choralari iqtisodiy o‘sish davrida unga mos ravishda aholi sotib olish qobiliyatining o‘sishini ta’minladi. Iqtisodiy siyosat tashabbusini Erxard qo‘liga bergan Adenauer GFRning xalqaro mavqeini mustahkamlash uchun harakat qildi. Tashqi siyosatdagi ilk qadam GFRning Shimoliy Atlantika bloki NATOga qo‘shilishi bo‘ldi. “Sovuq urush” sharofati tufayli G‘arbiy Germaniya qisqa vaqtda bosib olingan, suvereniteti cheklangan mamlakatdan yaqindagi g‘oliblarning faol sherigiga aylandi. 1949 yilning noyabridayoq AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va GFR Petersberg shartnomasini imzolashdi. Bu xujjat GFRga mustaqil ravishda tashqi aloqalar o‘rnatish, jumladan, xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish borasida muzokoralar olib borishga imkon berdi. 1950 yilda GFR Yevropa Kengashi a’zosiga aylandi va Yevropa integratsiyasi loyihalariga bag‘ishlangan muzokoralarda faol qatnasha boshladi. Adenauer Vashington bilan o‘rnatilgan aloqalardan Fransiyaning tarixiy raqibiga nisbatan shubhalanishini bartaraf etishda ustalik bilan foydalandi. U G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining harbiy-siyosiy birlashish g‘oyalarini quvvatlar va bu g‘oyalarning amalga oshirilishini Germaniya suverenitetining tiklanishiga bog‘lardi. Bu borada eng muhim erishish “Pleven rejasi”ga ko‘ra “Evropa mudofaa jamiyati”ni tuzish haqidagi muzokoralar bo‘ldi. Bu loyihada GFRning qatnashishiga 1952 yilda AQSh, Angliya, Fransiya va GFR davlatlari o‘rtasida Bonnda imzolangan va okkupatsion statutning o‘rnini bosgan shartnomaning imzolanishidan keyin yo‘l ochildi. Unda okkupatsion rejimning bekor qilinishi, GFRga ichki va tashqi ishlarda mustaqillik berish e’tirof qilingandi. Biroq AQSh, Angliya va Fransiya G‘arbiy Germaniya hududida o‘z qo‘shinlarini saqlab turish hamda G‘arbiy Berlinni nazorat qilish huquqlarini saqlab qolgan edi.
1955 yilda GFR hukumati SSSR bilan munosabatlarni normallashtirishga harakat qildi. Ikkala mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, Adenauer esa 1955 yilning sentyabr oyida Moskvaga rasmiy tashrif bilan bordi. G‘arbiy Germaniyaning bu diplomatik harakati xalqaro miqyosda Germaniya muammosini hal qilishda tashabbusni qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilish bilan izohlanar edi. 1955 yili Jenevada urushdan keyingi davrda ilk bor AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRning hukumat boshliqlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Germaniyaning birlashish istiqbollari muhokama qilindi. Muhokamalar boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi sababli Germaniya muammosini “nemis xalqining milliy manfaatlari va Yevropa xavfsizligiga mos ravishda” hal etish zarurligi to‘g‘risida bayonot berildi. Adenauerning Moskvadagi muzokoralari ham hech qanday ijobiy natija bermadi. Tez orada GFR Sharqiy Germaniyaga zid bo‘lgan eng qat’iy choralardan birini amalga oshirdi. 1955 yilning dekabr oyida “Xolshteyn (GFR Tashqi Ishlar Vazirining kotibi) doktrinasi ” qabul qilindi, unga ko‘ra GFR o‘zi bilan aloqa o‘rnatgan davlatlarni GDRni tan olishdan voz kechishga chaqirdi. Oqibatda GFR 1957 yilda Yugoslaviya bilan, 1963 yilda Kuba bilan aloqalarni uzdi. 1961 yildagi Berlin inqirozi GFRning SSSR bilan munosabatlarining nihoyatda sovuqlashishiga olib keldi.
1955-1957 yillarda Saar muammosining maqbul yechimi ya’ni uning GFRga qaytarilishi Fransiya bilan yaqinlashishga zamin tayyorladi. Bu mamlakatlar 1957 yildagi Yevropa hamjamiyatini yaratish to‘g‘risidagi Rim shartnomalarining tayyorlanishi va imzolanishida katta rol o‘ynadi. Adenauer Fransiya prezidenti Sharl de Goll bilan yaqin shaxsiy munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkala rahbarning 1960 yilda Rambuye, 1962 yil iyulida Parijda uchrashuvlari, hamda 1962 yil sentyabridagi Sh. de Gollning GFRga tantanali tashrifi ikkala mamlakatning strategik ittifoqini rasmiylashtirish imkonini berdi. 1963 yil yanvar oyida Fransiya va GFRning turli sohalarda hamkorlik qilishi, tashqi siyosatni tartibga solish, mamlakat rahbarlari (kamida bir yilda 2 marta) va tashqi ishlar hamda mudofaa vazirlari (uch oyda bir marta) ishtirokida muntazam maslahatlar olib borish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Adenauer Fransiya bilan hamkorlikda GFRning xalqaro mavqei tiklanishini ko‘rardi:”Evropaning hech qanday siyosati Fransiya ishtirokisiz yoki Fransiyaga qarshi bo‘lmasligi kabi, Germaniyasiz yoki Germaniyaga qarshi ham hech qanday Yevropa siyosati bo‘lishi mumkin emas” der edi.


Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling