Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Sharqiy Germaniyada sotsializmning tanazzulga yuz tutishi va Germaniyaning birlashishi


Download 306.92 Kb.
bet13/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

Sharqiy Germaniyada sotsializmning tanazzulga yuz tutishi va Germaniyaning birlashishi.
XX asrning 80-yillarida ikkala nemis davlati munosabatlarida yangi sahifalar ochildi. Kutilmaganda GDRdagi rasmiy targ‘ibotlarda Umumgermaniya masalasi yana kun tartibiga chiqdi “Umumiy madaniy meros” to‘g‘risida so‘zlar tez-tez qo‘llana boshladi. Xonekkerning GFRda “demokratik kuchlar” g‘alabasidan keyin Germaniyaning birlashish masalasi to‘g‘risidagi bayonoti shov-shuvga sabab bo‘ldi. 1981 yilda Xonekker va Shmidt uchrashuvida ilk bor Yevropa xavfsizligi uchun GFR va GDR ning “umumiy javobgarligi” iborasi tilga olindi. Sharqiy Germaniya rahbariyatining yangi yo‘li Bonnda qo‘llab-quvvatlandi. G.Kol hukumati GDRni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar ko‘rdi. 1983-1984 yillarda umumiy qiymati 1,9 milliard markadan iborat kredit berish to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Ikkala mamlakat universitetlari, shahar jamoalari, ijodkor ziyolilar guruhlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi. 1987 yilda tarixda ilk bor GDR rahbari Bonnga tashrif buyurdi. Ammo Xonekker hech qanday liberal-islohotchi emas edi. GFR bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qilishdan maqsadi o‘z hokimiyatini mustahkamlashga bo‘lgan intilishdan boshqa narsa emas edi. Ichki siyosatda, aksincha konservativ kayfiyatlar kuchaydi. Xonekker va uning tarafdorlari hokimiyati avtoritar xarakterga ega bo‘la boshladi. O‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on bilan yo‘q qilish usullari ko‘proq qo‘llanila boshladi.
SSSRda qayta qurish siyosati boshlangandan so‘ng GDR rahbariyati Gorbachevning islohotchilik yo‘lidan borishdan voz kechdi. 1987 yilda GBSP ning g‘oyaviy boshlig‘i K.Xager “Shtern” jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi:”Agar qo‘shningiz devor bezaklarini almashtirsa, bu siz ham ta’mirni boshlashingiz kerak degani, emas-ku?!”. Faravonlik davlat qarzlarining o‘sib borishi hisobiga saqlab turildi. Agar 1971 yil GDRning g‘arb davlatlaridan qarzi 3,5 mlrd markidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1989 yilga kelib u 10 baravar oshdi. Moliyaviy inqiroz xavfi aniq bo‘lib qoldi.GDR aholisi orasida barcha muammolarni Germaniyaning qo‘shilishi orqali hal qilish g‘oyasi tobora kuchayib bordi.
O‘sib borayotgan ichki siyosiy inqiroz Xonekker hukumatini ochiqchasiga terror usulini qo‘llashga majbur etdi. G‘arbga qochib o‘tishga urinishlar berahmlik bilan jazolanar edi. “Shtazi” maxsus xizmati keng qamrovli josuslik tizimini yaratdi. GDR aholisi 18,4 mln. kishini tashkil etgani holda davlat xavfsizligi vazirligi shaxsiy tarkibi 100 ming kishidan oshib ketdi, yana shuncha kishi “Shtazi” agentlik tarmog‘iga jalb qilingan edi. Bularga qo‘shimcha 2 mln.dan ortiq GBSP a’zolari ham bor edi. Shunga qaramay sotsialistik tuzumning tanazzuli yaqin edi. 1989 yil kuzida Chexoslovakiya bilan ochiq chegara orqali Avstriya va GFRga qochoqlar oqimining ko‘lami GDRdagi sotsialistik tuzum o‘z umrining so‘nggi kunlarini yashayotganligidan darak berardi.
GDRning 40-yilligini nishonlash kunlari yaqinlashib kelmoqda edi. M.Gorbachevning 1989 yil 6 oktyabrdagi safari sirtdan “do‘stona” vaziyatda o‘tgan bo‘lsada GBSPdagi kurash so‘nggi nuqtasiga kelgandi. 7-8 oktyabrlarda ommaning politsiya bilan to‘qnashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu qonli voqea davlat rahbarlarini siyosiy xatolarga yo‘l qo‘yishda ayblashga asos bo‘ldi. 1989 yil 18 oktyabrda GBSPning 1X Plenumida Xonekker egallagan lavozimlaridan chetlashtirildi. Uning o‘rnini Egon Krens egalladi. Hukumat yuqori eshelonlarida tozalash boshlandi. Ammo GBSPning yangi rahbariyati mamlakat boshqaruvini tezda qo‘ldan boy bera boshladi. Deyarli har kuni GDRning turli shaharlarida ommaviy mitinglar va namoyishlar bo‘lib o‘tardi. 7 noyabrda Vazirlar Kengashining butun tarkibi Villi Shtof rahbarligida iste’foga ketdi. 8 noyabrda esa GBSP MKning tarkibi tubdan o‘zgartirildi. 13 noyabrda Xalq palatasi Vazirlar Kengashining raisi lavozimiga mashhur muxolifatchi GBSPning Drezdendagi okrug qo‘mitasi birinchi kotibi Xans Madrovni sayladi. Madrov tezda GFR bilan “shartnomaviy hamjamiyat” tuzish rejasini ma’lum qildi. Rejada ikkala german davlatlarining iqtisodiy, valyuta va transport ittifoqini bosqichma-bosqich shakllantirish, konfederatsiya tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu reja G.Kol tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
1989 yil dekabr boshida yuz bergan “Sharqiy Germaniyada qayta qurish” voqeasi GBSP siyosiy monopoliyasining barham topishiga olib keldi. 1 dekabrdayoq GDR Konstitutsiyasidan partiyaning rahbarlik roli to‘g‘risidagi modda chiqarib tashlandi. Ikki kun o‘tgach GBSP MK X11 Plenumi Xonekker rahbarligidagi sobiq yetakchilarni partiya safidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 8 dekabrda GBSPning Favqulodda s’ezdida E.Krens ham o‘z vazifasidan ozod qilindi. S’ezd partiya rahbari etib Gregor Gizini sayladi (Bosh kotib lavozimi va siyosiy byuro bekor qilindi). Partiyaning o‘zi Demokratik Sotsializm Partiyasi (DSP) nomini oldi.
1989 yil noyabrida GDRda yangi partiya - Sotsial-Demokratik Partiya (SDP) tashkil topdi. 1990 yil yanvarida o‘z dasturiy asoslariga ko‘ra Bovariyadagi XSIga juda yaqin bo‘lgan Nemis Sotsial Soyuzi (NSS) tuzildi. Tez orada NSS va XSS o‘rtasida mustahkam aloqalar o‘rnatildi. G‘arbiy Germaniyadagi XDS esa, aksincha, o‘zining Sharqiy Germaniyadagi sherigi bilan yaqinlashishga shoshilmadi. Faqat GDRda erkin saylovlar o‘tkazish arafasida G.Kol Sharqiy Germaniya xristian demokratlarini qo‘llab-quvvatlay boshladi. 1990 yil 18 martdagi saylovlar arafasida GDRda siyosiy kuchlarning birlashuvi ro‘y berdi. 5 fevralda G. Kol taklifi bilan Sharqiy Germaniyadagi XDS, NSI va “Demokratik zarba” “Germaniya uchun Alyans” blokiga birlashdi. Bu koalitsiya amalda GFR rahbariyati tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlandi va ikkala Germaniyani birlashtirish bo‘yicha yanada aniq dastur ishlab chiqildi. 1990 yil 18 martdagi saylovlar kutilgan natija berdi. XDS 40,9%, NSS-6,32%, “Demokratik zarba”-0,92% (shunday qilib, “Germaniya Alyansi” 48,14%) ovozga ega bo‘ldi. Germaniyani birlashtirishning xalqaro-huquqiy yechimi “2+4” shaklidagi AQSh, SSSR, Buyuk Britaniya, Fransiya muzokaralarida o‘z yechimini topish kerak edi. Bu muzokoralar 1990 yil mayida boshlandi. Britaniya va Fransiya rahbarlarining shoshilmasliklariga qaramay bu muzokoralar ishtirokchilari nemis xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan olishdi. Bunda SSSR prezidenti Gorbachevning birlashgan Germaniya rahbariyatiga mamlakatning harbiy va iqtisodiy bloklarga kirish masalasini o‘z ixtiyoriga berish va GDRdan sovet qo‘shinlarini olib chiqib ketish to‘g‘risidagi qarori muhim rol o‘ynadi. Umuman, M.S.Gorbachev GDRning GFRga qo‘shilishiga rozi ekanligini G.Kolga 1990 yilning 10 fevralidayoq ma’lum qilgan edi. 1991 yil 12 sentyabrda “2+4” ishtirokchilari tomonidan “Germaniya masalasini” uzil-kesil hal etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shartnomada Germaniyaning urushdan keyingi chegaralari daxlsizligi, GFRning ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lmasligi yoki ishlab chiqarishi mumkin emasligi qat’iy belgilangan edi. Shartnomaga ko‘ra Germaniya o‘z qurolli kuchlarini kerakli darajada qisqartirishi kerak edi. Sharqiy Germaniyada Sovet qo‘shinlarining 1994 yilgacha bo‘lishi va ularni chiqarish tartibi ham kelishib olindi.
1990 yilning may oyidayoq GDR va GFR hukumatlari tomonidan 1 iyulda kuchga kirgan ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy, valyuta va ijtimoiy ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma imzoladi. Bu shartnoma 1-iyulda kuchga kirdi. 22 avgustda GDR Xalq palatasi GFRning saylov tartibi asosida Umumgermaniya saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida qonun qabul qildi. GDRni GFRga asosiy qonunning 23-moddasiga muvofiq, qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu esa GDRda davlatchilik barham topganini va uning hududida G‘arbiy Germaniya qonunchiligi joriy etilganligini bildirardi. Bu voqea sanasi sifatida 1990 yil 3 oktyabr belgilandi. 24 avgustda Bundestag Xalq palatasining GDRni GFRga qo‘shish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi va Umumgermaniya saylovlarini 1990 yil 2 dekabrga belgiladi. Bu qarorlar 31 avgustda imzolangan va 1990 yil 3 oktyabrda kuchga kirgan “Germaniyaning birlashishi to‘g‘risidagi Shartnomada” o‘z aksini topdi. 3 oktyabrdan boshlab GDR dunyo xaritasidan o‘chirildi. Oktyabrning o‘rtalarida Sharqiy Germaniyadagi ma’muriy tizim G‘arbiy Germaniyadagi ma’muriy boshqaruv tizimi bilan birlashtirildi. Okruglar o‘rniga ilgarigidek beshta zemel hududiy birligi tiklandi. “Zemel”landtaglariga (mahalliy parlament) saylovlar 14 oktyabrda bo‘lib o‘tdi. Brandenburgda sotsial-demokratlar, qolgan to‘rtta zemelda-xristian demokratlarning qo‘li baland keldi. 2 dekabrda Butun Germaniya hududida Bundestag saylovlari o‘tkazildi. Bu saylovlar hukmron koalitsiyaning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. XDS 36,7% ovoz va 268 mandat, XSS-7,1% ovoz va 51 mandat, EDP-11% ovoz va 79 mandatga ega bo‘ldi. 33,5% ovoz va 239 mandatga ega bo‘lgan GSDP o‘z mavqeini ancha mustahkamlab oldi. Bundestagning 1990 yil 20 dekabrdagi Ta’sis majlisida kansler G.Kol boshchiligidagi birinchi Umumgermaniya hukumati tuzildi.




Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling