Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Download 306.92 Kb.
|
doc. 11- MAVZU docx
Parlament va Prezident.
Germaniyada Prezident (federal Prezident) davlat boshlig‘i hisoblansada, ijroya hokimiyatning barcha jabhalarini o‘z qo‘liga olgan emas. U bundestag va Bundesrat a’zolaridan tashkil topgan federal majlis tomonidan besh yil muddatga faqat bir marta qayta saylanish huquqi bilan saylanadi. Bundestagga saylash huquqiga ega va 40 yoshga to‘lgan har bir nemis prezident bo‘lib saylanishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, prezidentning saylanishi parlament irodasiga bog‘liq. Federal majlis a’zolarining ko‘pchilik ovozini olgan shaxs saylangan hisoblanadi. Agar ovoz berishning dastlabki ikki turida da’vogarlarning birortasi ham bunday ko‘pchilik ovozni ololmasa, ovoz berishning navbatdagi turidi eng ko‘p ovoz olgan shaxs saylangan hisoblanadi. Federal prezident Xukumat tarkibiga ham, federatsiya va o‘lkalarning qonun chiqaruvchi organi tarkibiga ham kirishi mumkin emas, chunonchi uning haq to‘lanadigan biror lavozimni egallashi yoki foyda olish maqsadida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi qonun bilan ta’qiqlanadi. Prezident vakolatlari barcha parlament boshqaruvidagi davlatlar kabi ancha cheklangan. U Vazirlar Mahkamasini boshqarmaydi. Hukumat boshlig‘i- Kanslerni tayinlasada, uning taklifi bilan ko‘rsatilgan nomzod Bundestag tomonidan muzokaralarsiz saylanishi kerak. Aniqroq aytganda, Bundestag a’zolarining ko‘pchilik ovozini olgan shaxs Kansler etib saylangan hisoblanadi va prezident tomonidan tayinlanadi. Odatda parlament saylovlarida g‘olib chiqqan partiya lideri Kansler etib saylanadi. Federal Prezident buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi. Biroq, ular haqiqiy deb hisoblanmog‘i uchun ularga federal Kansler yoki vakolatli federal vazir imzo chekishlari kerak. Bu hol uning federal Kanslerni tayinlash va uni vazifasidan bo‘shatish, Bundestagni tarqatib yuborish kabi vakolatlariga taalluqli emas. Federal Prezident xalqaro huquqiy munosabatlarda federatsiya vakili sifatida ish olib boradi, federatsiya nomidan xorijiy davlatlar bilan shartnomalar tuzadi, xorijiy davlatlarga vakil tayinlaydi va elchilarni qabul qiladi. Prezident federal sud’yalar, federal amaldorlar, ofitserlar va unter ofitserlarni tayinlaydi va vazifalaridan ozod qiladi. Ayrim hollarda, u federatsiya nomidan avf etish huquqini amalga oshiradi. Nihoyat, prezident Bundestagni tarqatib yuborishi mumkin. Biroq, bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Agar Prezident tomonidan taklif etilgan federal Kansler Bundestag a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan rad etilgan bo‘lsa, u holda Prezident Kansler taklifi bilan 21 kun ichida Bundestagni tarqatib yuborishi mumkin. O‘z navbatida parlament ham Prezident iste’fosini talab qila oladi. Bundestag yoki Bundesrat federal Konstitutsiyaviy Sud oldida Prezident Asosiy Qonunni va boshqa federal qonunlarni qasddan buzganda, unga qarshi ayblov qo‘zg‘atishi mumkin. Agar federal Konstitutsiyaviy Sud uni aybdor deb topsa, prezident lavozimidan mahrum etilgan deb e’lon qilinishi mumkin. Mana shunday holatlarda bo‘shab qolgan Prezident vakolatlarini Bundesrat Prezidenti amalga oshiradi.
Download 306.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling