Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Download 306.92 Kb.
bet3/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

Parlament va hukumat.
Germaniyada ijroya xokimiyat-federal Kansler rahbarligidagi hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Kansler milliy siyosatni asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Hukumat a’zolari-federal vazirlar uning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Ular o‘z tarmog‘idagi ishlarni mustaqil ravishda olib boradilar. Vazirliklarning faoliyatlari orasidagi muvofiqlashuv federal Kansler tomonidan yo‘lga solinadi. U prezident taklifi bilan Bundestag tomonidan muzokarasiz saylanadi. Agar taklif etilgan shaxs saylanmay qolsa, saylovdan keyin 14 kun ichida Bundestag federal Kanslerni o‘z a’zolarining mutlaq ko‘pchilik ovozi bilan o‘z nomzodini saylash mumkin. Agar mana shu muddat mobaynida saylov bo‘lmay qolsa, zudlik bilan ovoz berishning yangi turi o‘tkaziladi, unda eng ko‘p ovoz olgan shaxs saylangan hisoblanadi. Mazkur nomzod Prezident tomonidan yetti kun ichida tayinlashi kerak, aks holda Prezident Bundestagni tarqatib yuboradi (63-modda). Bundestag federal Kanslerga, ko‘pchilik a’zolar tomonidan uning o‘rniga voris tanlab, federal Kanslerni bo‘shatish to‘g‘risidagi iltimos bilan federal Prezidentga bu iltimosni qondirishi va tanlangan shaxsni Kansler etib tayinlashi lozim. (67-modda) Mazkur holat Germaniya tarixida ikki marta qayd etilgan va ularning ikkinchisi Bosh Kanslerni iste’fo berishi bilan yakun topgan.
1972 yil aprelda Kansler V.Brand Bundestagning ishonchsizlik xavfi ostida qolgan va atigi ikkita xayrixoh ovozi bilan iste’fodan qutulib qolgan edi. Biroq, bu holatda Kansler uzoq yashay olmas edi. 1972 yil 20 sentyabrda u o‘ziga ishonch bildirish haqidagi murojaatni Bundestagga taqdim etdi. 248 ovoz (233 taga qarshi)bilan Bundestag uning nomzodini rad etgach, Prezident parlamentni tarqatib yuborgan edi. Lekin, bu jarayon Asosiy qonuning 68-moddasi bilan amalga oshdi. 1982 yilda esa Kansler Shmidt Bundestag ishonchsizligiga duchor bo‘ldi va 1 oktyabrda iste’fo berishga majbur bo‘ldi.
Germaniya siyosiy hayotida “tub” o‘zgarishlar kam uchraydi. Chunki siyosiy kuchlarning ancha barqaror muvozanati qaror topgan. Partiyalar kurashida ham nemislarga xos tabiat sezilib turadi.




Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling