Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


Urushdan keyin Germaniya masalasi


Download 306.92 Kb.
bet5/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

Urushdan keyin Germaniya masalasi.
Urushdan keyin Germaniya masalasi Gitler Germaniyasiga qarshi tuzilgan koalitsiya davlatlarining diqqat markazida turgan asosiy masalalardan biri bo‘ldi. Kun tartibida urush aybdorlarini haqqoniy jazolash va dunyo hamjamiyatini kelajakda Germaniya tomonidan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan navbatdagi tajovuzdan xolos etish masalalari turardi. 1941 yil dekabrida Moskvada bo‘lgan Sovet-Angliya muzokoralaridayoq ikkala tomon reyx hududining bir qismini taqsimlash, ya’ni Avstriya mustaqilligini tiklash, Sharqiy Prussiyani Polshaga, Sudet viloyatini Chexoslovakiyaga qaytarib berish hamda Reyn viloyati va Bovariyada mustaqil davlatlar barpo etish masalalari muhokama qilingan edi. AQSh ma’muriyatida esa Germaniyani parchalab yuborish g‘oyasining tarafdorlari bilan birga unga qarshi turuvchilar ham bor edi. 1943 yil 19-30 oktyabrdagi Moskva konferensiyasida AQSh “Germaniya taslim bo‘lishining asosiy prinsiplari” nomli hujjatni taqdim etdi. Unda gap yangi Germaniyada Prussiya ta’sirini susaytirish, Germaniyani bo‘lib yuborish g‘oyasi ilgari surildi. SSSR bunga qarshi chiqdi.
1943 yilning 28-noyabr-1dekabridagi Tehron konferensiyasida AQSh va Angliya davlatlari boshliqlari Germaniya masalasiga yanada shafqatsizlik bilan yondoshdi. AQSh Germaniyani beshta muxtor davlatga bo‘lishni, Angliya esa Germaniya janubiy viloyatlarini “Dunay federatsiyasi” tarkibiga kiritishni taklif qildi ya’ni Avstriya va Vengriya bilan birgalikda tuziladigan Dunay federatsiyasiga qo‘shish taklif qilingan edi. Bu masalada Stalinning fikri boshqacha edi. U Germaniyani parchalash nemis millatchiligi va revanshizmining yanada kuchayishiga olib keladi, shuning uchun Germaniya bo‘linmas yagona davlat bo‘lishi kerak degan fikrda qoldi. 1944 yil 15 yanvarda Britaniya hukumati tomonidan Germaniyani okkupatsiya zonalariga (hududlariga) bo‘lish rejasi taklif qilindi. Unda, ilk bor kelajakda, GFR va GDR chegarasiga aylangan chiziq aniq ko‘rsatilgan edi. 1944 yil oktyabrdagi Kvebek (Kanada) konferensiyasida Cherchill AQSh moliya vaziri Genri Morgentau tomonidan Germaniyaga nisbatan ishlab chiqilgan rejani ilgari surdi. Bu rejada Germaniyani hududiy jihatdan bo‘lib yuborish, uning sanoat salohiyatini susaytirish va qattiq xalqaro nazorat ostida agrar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi. Faqat urush tugashi arafasida AQSh va Buyuk Britaniyaning Germaniyaga nisbatan siyosati biroz yumshadi. 1945 yil 4-12 fevraldagi Yalta konferensiyasida AQShning Germaniyani 5 qismga, Angliyaning Germaniyani 3 qismga bo‘lish to‘g‘risidagi takliflari kun tartibidan olib tashlandi va urushdan keyingi Germaniyaga yagona davlat sifatida qarash to‘g‘risida bitimga kelindi. Konferensiyada Germaniyani zonalar bo‘yicha okkupatsiya qilish, ya’ni Germaniyani okkupatsion zonalarga bo‘lish, Fransiya uchun ham zona ajratib berish, Berlinga uch davlat qo‘shinlarini kiritish, Germaniya ustidan ma’muriy nazorat ishlarini ittifoqchi davlatlarning okkupatsion qo‘shinlar qo‘mondonlaridan iborat Oliy nazorat organiga topshirish mo‘ljallandi. Konferensiyada german militarizmi va natsizmini bitirish, Germaniyani demokratlashtirish, Germaniyaning harbiy sanoat kuch-qudratini yo‘q qilish, harbiy jinoyatchilarni jazolash, Germaniya yetkazgan zararlarni undirib olish haqida majburiyatlar olindi.
Germaniya masalasi 1945 yil 17 iyuldan 2 avgustgacha Potsdamda bo‘lib o‘tgan konferensiyada uzil-kesil hal etildi. Konferensiya Germaniya mag‘lubiyati to‘g‘risidagi Deklaratsiya va Yaltada ishlab chiqilgan Germaniyaga nisbatan siyosat tamoyillari ko‘rsatilgan kommyunikeni tasdiqladi. Germaniya, shu jumladan, Berlin ham 4 ta okkupatsiya zonalariga ajratildi. Bunda sovet okkupatsiya zonasi Germaniya hududining 40%-ni, aholisining 30%-ini, ishlab chiqarish salohiyatining 33%ini o‘z ichiga olardi. Tartibga solish, Germaniya va uning ittifoqchilari bilan sulh shartnomalarini ishlab chiqish uchun beshta davlat (SSSR, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy) tashqi ishlar vazirlari Ittifoq Kengashi, Bosh qo‘mondonlar nazorat Kengashi hamda Berlinda ittifoqchilarning qo‘shma komendaturasi tashkil qilindi. Germaniyaning iqtisodiy birligini va nemis xalqining yagona demokratik davlat tuzish huquqini saqlab qolish tamoyili qat’iy belgilandi. Ammo shu narsaga e’tibor berish kerakki, Potsdam kelishuvi matniga “G‘arbiy mintaqalar” degan tushuncha allaqachon kiritilgan edi. Potsdam konferensiyasi Germaniyaning yangi chegaralarini belgiladi: Sharqiy Prussiya SSSRga berildi, Odergacha bo‘lgan hudud va G‘arbiy Neyse Polshaga, Sudet viloyati Chexoslovakiyaga qaytarildi, Avstriya mustaqilligi tiklandi. Polsha, Chexoslovakiya va Vengriyada yashovchi nemislar majburan Germaniyaga ko‘chirildi.
Tovon (reparatsiya) hajmi va manbalari to‘g‘risidagi masala bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Oqibatda AQSh delegatsiyasi taklifi qabul qilindi. Unga ko‘ra har bir hukumat o‘z okkupatsiya zonasidan va Germaniyaning tashqaridagi mablag‘lari (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Finlyandiya, Avstriya) hisobidan tovon undirishi kerak edi. SSSR Germaniyadan G‘arb mamlakatlari foydasiga undirilgan oltindan voz kechdi, ammo G‘arbiy okkupatsiya zonalardagi sanoat jihozlarining 10%iga ega bo‘ldi. Germaniya floti SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya o‘rtasida teng bo‘lib olindi. Tovon to‘lovlarining aniq summasi belgilanmadi, chunki Britaniya va AQSh davlatlari Germaniyaning SSSR talabini qondira olishiga ko‘zi yetmadi. SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya bosh qo‘mondonlaridan iborat Ittifoqchilar Nazorat Kengashi (SNS) 1945 yilning iyun oyida tashkil qilindi. Ittifoqchilar Nazorat Kengashi o‘z faoliyatining birinchi oylarida Potsdam konferensiyasi qarorlariga aniqlik kirituvchi “vermaxtga barham berish”, “nemis yarim harbiy tashkilotlarini tarqatib yuborish”, “Germaniyada harbiy qurilishlarni taqiqlash” to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qildi. Ittifoqchilar Nazorat Kengashi Germaniya hududida to‘la hokimiyatni qo‘lga oldi. Uning qarorlari har bir tomonning veto huquqidan foydalanishi ko‘zda tutilgan holda konsensus (hamjihatlik) asosida qabul qilinar edi. Ammo okkupatsiya zonalarida ma’muriy boshqarish mustaqil amalga oshirilar edi. Okkupatsion hukumatlar nazorati ostida mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish va nemis siyosiy partiyalari tiklana boshlandi. Yagona Germaniya hukumatini barpo etishga ilk qadam sifatida markaziy boshqarmalarni (moliya, transport, tashqi savdo va sanoat boshqarmalari) tuzish ishlari boshlandi. Bu boshqarmalar Ittifoqchilar Nazorat Kengashi nazorati ostida faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutildi.



Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling