Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Download 306.92 Kb.
|
doc. 11- MAVZU docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- .Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning bo‘lib yuborilishi.
Siyosiy partiyalar.
Germaniyada siyosiy partiyalar faoliyati Asosiy Qonuning 21- moddasi, 1967 yil 24 yanvarda qabul qilingan qonun va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan “partiyalar xalqning siyosiy irodasini shakllantirishga ko‘maklashadi. Ular erkin ravishda tashkil etilishi mumkin. Ularning ichki tuzilishi demokratik tamoyillariga mos kelishi lozim. Erkin demokratik tuzum negizlariga zarar yetkazishga yoxud uni yo‘q qilishga yoki GFRning mavjud bo‘lishini xavf ostiga qo‘yishga intiladigan partiyalar g‘ayrikonstitutsiyaviydir”. Germaniya Sotsial-demokratlar partiyasi (GVDP), Xristian demokratlik soyuz (XDS), Xristian sotsial soyuz (XSS), Liberallar partiyasi va Yashillar partiyasi asosiy partiyalar hisoblanadi. Xristian-demokratlar Ittifoqi ixtiyoriylik asosida katolik va protestantlarni o‘zida birlashtirgan, katta ta’sirga ega partiyadir. 1949-1966 yillarda Bundestag ko‘pchiligini tashkil etdi. Partiya lideri K.Adenauer esa 1949-1963 yillar davomida Kanslerlik vazifasini bajardi. Hozirda uning 1 millionga yaqin a’zosi bor. 1982 yilgi parlament saylovlari yana ularning foydasiga hal bo‘ldi. 1998 yilda esa hokimiyat tepasiga Sotsial-demokratlar partiyasi keldi. (1998-2002, 2002-2006 yy). Ular marksizm g‘oyalaridan ancha yiroq bo‘lgan islohatchi sotsialistlardan tashkil topib, g‘oyalariga ko‘ra adolatsizliklardan xoli kapitalistik va liberal tuzum tarafdorlaridir. Sotsial-demokratlar partiyasi (1969-1982 y.y.), parlamentda ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Partiya lideri Brandt (1969-1974), Shmidt (1974-1982), hukumatni ketma-ket boshqardilar. Hozirda partiyaning taxminan 1 millionga yaqin a’zosi bor. Liberallar partiyasiga kelsak, erkin iqtisod va siyosat mazkur partiyaning asosiy maqsadidir. Uning bor-yo‘g‘i 100 ming atrofida a’zosi bor, xolos. Mustaqil holatda hokimiyat tepasiga kelmagan bo‘lsada, 1969-1982 yillarda Sotsial-demokratlar bilan birgalikda hukumatni boshqarishda ishtirok etdi. Ko‘pincha, Bosh vazir-Kanslerning iste’fo berishi ham partiyalar faoliyati bilan bog‘liq. 1963 yil K.Adanauer bir tomondan qarib qolganligi bois (o‘sha paytda u 87 yoshda edi), ikkinchi tomondan esa Liberallar partiyasi bilan shartnomaviy majburiyati tufayli iste’fo berdi. Xristian-demokrat Kansler L.Erxard 1966 yil liberal vazirlarning hukumatdan chiqib ketishi va o‘z partiyasining yordamidan mahrum bo‘lgach, vujudga kelgan tang ahvoldan iste’fo berish bilan chiqa oldi, xolos. Liberallarning sotsial-demokratlar partiyasi bilan birlashishi tufayli 1969 yil kansler V.Kizinger va bu partiyaning sotsial-demokratlardan ajralib, xristian-demokratlar partiyasiga qo‘shilishi natijasida 1982 yil kansler U.Shmidt o‘z lavozimi bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, partiyalar hukumat faoliyatini belgilashda ham muhim rol o‘ynaydi. 1982-1998 yillar Germaniya tarixiga “Kol asri” nomi bilan kirdi. Bu davr ichida ikkala Germaniya birlashdi, yagona nemis davlati tashkil topdi, iqtisod gullay boshladi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay Kol iqtisodiy firibda ayblandi, 2000 yil 18 yanvarda Xristian-demokratlar partiyasi raisligidan ozod etildi. 1998 yil parlament saylovlarida g‘olib chiqqan J.Shreyderning Sotsial-demokratlar partiyasi mamlakatni 2006 yilgacha boshqardi va o‘z o‘rnini yana liberallarga bo‘shatib berdi. Liberal demokratlar 2010 yilgi Bundestag saylovlarida Angela Merkel boshchiligida ikkinchi bor g‘alaba qilib mamlakatni boshqarmoqda. 2-§.Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyaning bo‘lib yuborilishi.
Download 306.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling