Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi
Download 306.92 Kb.
|
doc. 11- MAVZU docx
1949 yil Konstitutsiyasi Sharqiy Germaniyada “proletariat diktaturasi davlati” tashkil qilinganligini e’tirof etdi, shu bilan birga Konstitutsiya xalq hokimiyati, davlatning demokratik tuzumi, davlatning antifashistik xarakteri kabi konstitutsion tamoyillarni ham o‘z ichiga olgan edi. Konstitutsiyada rasman demokratik huquq va erkinliklarni, jumladan, so‘z, uyushmalarga birlashish, matbuot erkinligi, nikoh va oilani, hamda kichik millatlar huquqini himoya qilish bo‘yicha davlat javobgarligi belgilab qo‘yilgan edi. GDRda ko‘p partiyaviylik tizimi saqlanib qoldi, ammo u o‘ziga xos ko‘rinishga ega edi. Barcha qonuniy partiyalar (GBSP, Milliy demokratik partiya, Dehqonlar demokratik partiyasi, GLDP, XDS) Milliy frontga birlashtirildi. Xalq palatasiga saylovlar o‘tkazish uchun Milliy front barcha partiyalarining yagona ro‘yxatini tuzib, har bir partiyaning oldindan Xalq palatasidagi ovozlar o‘rnini belgilab qo‘ydi. (GBSP uchun 117 mandat, qolgan partiyalar uchun 52 mandat ajratildi. Shuning uchun Saylovlar natijasi oldindan ma’lum edi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy saylovlar asosida saylanadigan Xalq palatasi 1949 yil Konstitutsiyasiga ko‘ra GDRning oliy organi edi. 1960 yilda prezidentlik lavozimi ham bekor qilindi. 1949 yildan 1960 yilgacha (vafotiga qadar) bu lavozimni V.Pik egallagan edi. Prezidentlik lavozimi o‘rniga davlat rahbari vazifasini bajaruvchi organ - Davlat Kengashi tuzildi. Ijro etuvchi hokimiyat Minstrlar Soveti bo‘lib, u ham Davlat Kengashi kabi Xalq majlisi tomonidan saylanar edi. Sharqiy Germaniya davlat tuzumining shakllanishida GBSPning 1950 yil iyulida bo‘lib o‘tgan 111-s’ezdi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. S’ezda GBSP MK Bosh kotibi etib V.Ulbrixt saylandi. SSSRning sotsializm qurishdagi ijtimoiy, iqtisodiy tajribasidan nusxa olishni, GBSPning hukmron partiya sifatida mamlakat hayotining barcha jabhalarini nazorat qilishini boshlab berdi. Tashkil qilinganidan boshlab GDR Sotsialistik davlatlar doirasida imtiyozli mavqega ega bo‘ldi. GDRda erishilayotgan muvaffaqiyatlarga sotsialistik tuzum muvaffaqiyatlari va afzalligi deb qaraldi. GDRda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sovet hukumati 1950 yilda reparatsiya (tovon) to‘lovlarini ikki marta qisqartirdi, xom-ashyo va texnika yordamini kuchaytirdi. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan ko‘pgina sovet hissadorlik korxonalari GDRning davlat sektoriga topshirildi. 1950 yil oktyabrida Pragada bo‘lib o‘tgan 8 ta Sharqiy Yevropa mamlakatlari konferensiyasida ilk bor “Germaniyaning birlashgan qurolli kuchlarda ishtiroki” to‘g‘risida so‘z bordi. 1950 yili GDR o‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga qabul qilindi. 1952 yilda GDRda sotsialistik tuzum asoslarini yaratishning boshlangani rasman e’lon qilindi. Davlat boshqaruvini markazlashtirish darajasi nihoyatda kuchaydi. Politsiyada xodimlar tarkibining siyosiy tozalanishi o‘tkazildi. Qishloq joylarni majburiy ravishda kooperativlashtirish, sanoatni keng miqyosda davlat tasarrufiga o‘tkazish boshlandi. Aholining turmush darajasi pastligicha qolaverdi. Shaxsiy ishbilarmonlik tashabbusini bug‘ish, ishchilarga ishlab chiqish normalarini oshirish, soliqlar oshirilishi, dinning ta’qib qilinishi va “sotsializm asoslarini qurish”ga xos bo‘lgan boshqa yot jarayonlar xalq uchun juda og‘ir edi. Stalin vafoti GDR rahbariyatiga o‘z siyosatiga o‘zgartish kiritishga imkoniyat tug‘dirgandek bo‘ldi. Shu munosabat bilan 1953 yil 10 iyunda GBSP MK “yo‘l qo‘yilgan xatolar”ni tuzatish uchun “yangicha yo‘l” tutish to‘g‘risida qaror chiqardi. Dehqonlar va hunarmandlarga nisbatan soliq siyosatini yumshatish choralari amalga oshirildi. O‘z navbatida 16 iyunda Berlin ishchilarining ham chiqishiga sababi bo‘ldi. 16 iyunda ishchilar ish soatlari hajmini qisqartirishni talab qilib chiqdilar. 17 iyunda bu to‘lqin Sharqiy Germaniya shaharlarini qamrab oldi. Bu tarqoq harakatning asosiy sabab GBSP siyosatidan norozilik, past turmush darajasi va mamlakat hududida sovet qo‘shinlarining saqlanib turishi edi. Ishchilarning chiqishlarini bostirish uchun sovet tank qismlari ishga solindi, qurbonlar soni 25 dan 300 tagacha etdi. 17 iyun voqealari GBSP rahbariyatini islohotlar jarayoniga tuzatishlar kiritishga majbur qildi. SSSR bergan qarzlar va moddiy yordamdan foydalanib, chakana narxlarni pasaytirish va ishchi xodimlar oyligini oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Yengil sanoat va uy-joy qurilishiga sarmoyalar oshirildi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ixtiyoriy qo‘shilish tamoyili izchillik bilan amalga oshirildi. 3 mingdan ortiq musodara qilingan xususiy do‘konlar o‘z egalariga qaytarildi. GDR rahbariyati Umumgermaniya muammosini hal qilish masalasiga nisbatan o‘ta murosasiz mavqeni egalladi (G‘arbda bu siyosat “Ulbrixt doktrinasi” deb nomlandi). Umumiy bitim (1954 yil 26 mayda) imzolanishi paytida GDR hukumati GFR bilan chegara bo‘ylab “taqiqlangan zona” yaratishini e’lon qildi. U tikanli sim, chegara posti, patrul va hokazolar bilan ta’minlangan mustahkam mintaqa qo‘rinishiga ega bo‘ldi. Germaniya muammosida SSSR va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi 1953-1955 yillardagi muzokoralarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi GDRning sotsializm sistemasi blokiga o‘tib ketishini ta’minladi. 1954 yilda SSSR reparatsiyaning qolgan qismini olishdan voz kechdi va GDRga o‘ziga qarashli Sharqiy Germaniya hududidagi sanoat korxonalarini topshirdi. GDRga iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kreditlar berdi va GDR hududidagi sovet harbiy qismlarining ta’minoti uchun beriladigan to‘lovlarni qisqartirdi. 1954 yil mart oyida SSSR va GDR o‘rtasida GDRga to‘liq davlat suverenitetini berish to‘g‘risida bitim tuzildi. SSSR faqatgina GDR xavfsizligi va to‘rt mamlakat kelishuvlarida ko‘zda tutilgan tashqi siyosatni nazorat qilish majburiyatini oldi. 1955 yilda GDR Varshava shartnomasi tashkiloti (VShT) ga a’zo bo‘lib kirdi. 50-yillar oxiridan GDR atrofidagi siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. 1958 yil 10 noyabrda Sovet-Polsha do‘stligi mitingida so‘zlagan nutqida Xrushchev “Berlindagi okkupatsion rejim qoldiqlari”dan voz kechish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida bayonot berdi. 27 noyabrda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya GDR va GFRdavlatlari boshliqlariga yuborilgan xatda G‘arbiy Berlinni “qurollardan holi bo‘lgan erkin shahar”ga aylantirish to‘g‘risida taklif kiritildi. SSSR G‘arbiy Berlin va GFR o‘rtasidagi transport harakati tartibini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shu masala bo‘yicha to‘rt mamlakat tashqi ishlar vazirlarining Jeneva yig‘ilishi natijasiz yakunlandi. Amerikaning josus U-2 samolyotining SSSR osmonida urib tushirilishi bilan bog‘liq voqealar, Parijdagi oliy martabali uchrashuvning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va 1961 yil iyunda Xrushchev va Kennedi o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz muzokoralar GDR atrofidagi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. 1961 yil yozidan boshlab aholining GDRdan Berlindagi ochiq chegara orqali G‘arbga ko‘chishi boshlandi. Agar 1959 yilda GDRni 144 ming kishi, 1960 yilda 203 ming kishi tark etgan bo‘lsa, 1961 yilning faqat iyul oyida GFRga 30 ming, avgust oyining birinchi o‘n kunligida 48 ming kishi qochib o‘tdi. 1961 yilning 13 dan 14 avgustiga o‘tar kechasi SSSRning tashabbusi bilan Berlinning g‘arbiy va sharqiy sektorlarini ajratib turuvchi temir beton devor qad rostladi. Bu tadbirni GDR hukumati davlat chegarasini mustahkamlash va “g‘arb agentlari” harakatlariga barham berish uchun qo‘llanilgan chora deb sharhladi. Berlin devori Yevropani ikki qarama-qarshi lagerga bo‘lgan “temir parda” ramziga aylandi. 60-yillarda GDRning taraqqiyoti Vengriya va Chexoslovakiyadagi jarayonlarga o‘xshash edi. 1963 yilda GBSP ning U1 s’ezdi partiya dasturini qabul qildi. Unda GDRda sotsialistik taraqqiyot bosqichi boshlanganligi e’lon qilindi, mehnat unumdorligi va xalq xo‘jaligi kompleksi samaradorligini oshirish, fuqarolar o‘rtasida “sotsialistik munosabatlar” o‘rnatish, Germaniyaning milliy birligini tiklash vazifalari qo‘yildi. 1963 yildan “sotsialistik bozor” modelini yaratishga qaratilgan iqtisodiy islohotni amalga oshirish boshlandi. GBSPning 1967 yildagi U11 s’ezdining “rivojlangan sotsialistik ijtimoiy tuzum”ni yaratish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. 1968 yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiya GDRni “nemis millatining sotsialistik davlati” deb e’lon qildi. Ilgarigi davlat tuzumini saqlab qolgan 1968 yil Konstitutsiyasi GBSP rolini yanada aniqroq belgilab qo‘ydi. Ulbrixt va uning tarafdorlari mamlakatda partiya yetakchi mafkuraviy-siyosiy kuch bo‘lishi kerak, ammo ma’muriy boshqaruv Davlat Kengashi qo‘lida bo‘lishi kerak, deb hisoblashardi. GDR rahbariyatining 1968 yildagi “Praga bahori” voqealariga munosabati namoyishkorona ruhda bo‘lib, Ulbrixt Varshava shartnomasi tashkiloti (VShT) mamlakatlarining Chexoslovakiyaga nisbatan qattiqqo‘lligini qo‘llab-quvvatladi. GDRning harbiy kuchlari “Praga bahori”qatnashchilarini qonga botirishda ishtirok etdi. 1971 yil bahorida Ulbrixt “o‘z iltimosiga ko‘ra” GBSP MK birinchi kotibi vazifasidan ozod qilinib, partiyaning faxriy rahbariga aylandi. GDRning yangi rahbariyati Erix Xonekker boshchiligida SSSR siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Faol iqtisodiy siyosatni saqlab qolgan holda mavjud tuzum ustidan mafkuraviy nazorat kuchaytirildi. GBSP saflarida birlikni mustahkamlagan va nokommunistik partiyalarga tazyiqni kuchaytirgan E.Xonekker turmush darajasini ko‘tarish orqali jamiyatda ijtimoiy tinchlikka erishishga harakat qilardi. 70-yillarda GDRda narxlar barqaror saqlangan holda oylik maosh va nafaqa to‘lovlari oshirib borildi. Dunyodagi noqulay iqtisodiy vaziyatga qaramasdan 70-yillarning birinchi yarmida mamlakat milliy daromadi 33%ga oshdi. Xonekker rejimi Umumgermaniya masalasiga munosabatni tubdan o‘zgartirdi. 1971-1972 yillarda G‘arbiy Berlin masalasida ikkita Germaniya davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda oldinga siljish ro‘y berdi. Ammo bu yangiliklarni qo‘llab-quvvatlagan Xonekker ( ajralish, ayrilish, uzoqlashish, to‘siq yaratish) “alohidalik” siyosatini qo‘llab birlashish masalasiga qarshi edi. GDR Konstitutsiyasining yangi tahriridan (1974 y) Germaniyaning birlashishga erishishi davlat siyosatining asosiy maqsadi degan band olib tashlandi. Ushbu bandning joyiga GDR - sotsialistik hamdo‘stlikning ajralmas qismidir” va SSSR bilan ittifoqchilik munosabatlari abadiy va daxlsizdir degan band kiritildi. Ikki nemis davlati fuqarolari o‘rtasidagi aloqalar cheklab qo‘yildi. GFR bilan chegaralar bo‘ylab, kesib o‘tuvchilarni otib tashlash hollari tez-tez ro‘y berib turdi. “Uzoqlashish” siyosati Sharqiy Germaniya rahbariyatiga “mahbuslar bilan savdo-sotiq qilish”ga xalaqit bermadi: ma’lum to‘lov evaziga GDRda “davlatga qarshi jinoyat”da ayblangan shaxslar ozod qilinib GFRga sotilar edi. Bu amaliyot 60-yillardayoq GFR tashabbusi bilan boshlangan edi, ammo bu savdo aynan Xonekker hukmronligi davrida nihoyatda kengaydi. 1964-1989 yillarda jami 33 ming kishining har biri o‘rta hisobda 95847 doychmarkadan sotildi. Download 306.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling