Mavzu. Gfr ii-jahon urushidan keyingi yillarda RejA 1/Germaniyada ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi


-§. “Kol davri”: nemis neokonservatizmi va Germaniyaning birlashishi


Download 306.92 Kb.
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi306.92 Kb.
#1506722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
doc. 11- MAVZU docx

4-§. “Kol davri”: nemis neokonservatizmi va Germaniyaning birlashishi.

G.Kol va nemis neokonservatizmi
Hokimiyat tepasiga kelganida Gelmut Kolning siyosiy obro‘si yuqori darajada emas edi. Bo‘yi 193 sm, og‘irligi 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan, og‘ir vazminli, ko‘ngilchan va mehribon ko‘rinuvchi, ammo vaqti-vaqti bilan qat’iyatli va cho‘rtkesar bo‘ladigan Kol o‘z xalqining barcha kamchilik va fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan “oddiy nemis” qiyofasini yarata bordi. Ammo XDSda Kol siyosiy intrigalar, nozik boshqaruv o‘yinlari ustasi, kerakli odamlar bilan “do‘stlasha oluvchi” va sodiq tarafdorlarni qadrlaydigan odam sifatida ma’lum edi. Kol 1930 yilda tug‘ilgan bo‘lib, urushni ko‘rgan, ammo aybdorlik va ruhiy azobdan holi bo‘lgan avlodga mansub edi. Tarbiyasi va dunyoqarashi bo‘yicha katolik va konservator bo‘lgan Kol XDS safiga talabalik davridayoq kirgandi. Gelmut Kol ruhiyati va qarashlariga ko‘ra neokonservativ mafkuraga yaqin bo‘lgan xristian-demokratiyaning yangi konsepsiyasini ishlab chiqayotgan siyosatchilarga rahbar edi. Germaniyaning yangi konservatorlari Erxard tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy bozor xo‘jaligining klassik tamoyillariga tayanar edilar. G.Kol o‘z strategik maqsadlarini yaqqol anglagan holda barcha siyosiy kuchlar bilan samarali muloqot olib borishga e’tiborini qaratdi. Qaror qabul qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik va muammoni “pishib yetilishigacha kutish”ga harakat qilish, bunday siyosiy uslub tufayli G.Kol nemis jamiyatining turli qatlamlari vakillari ishonchini qozondi va Germaniyaning eng mashhur va obro‘li siyosatchilaridan biriga aylandi.
G.Kol parlamentda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun, Bundestagni tarqatib yuborib navbatdagi saylovlarni o‘tkazdi. Saylovlar 1983 yil 6 martda bo‘lib o‘tdi va yangi koalitsiyaning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. XDS 38,2% ovoz va 192 mandat, XSS - 10,6% ovoz va 52 mandat, EDP - 7% ovoz va 34 mandatga ega bo‘ldi. GSDP 38,2% ovoz olib (193 mandat)ga ega bo‘ldi va rasman eng yirik fraksiyaga aylandi, ammo ta’sir kuchi bo‘yicha parlamentda yangi koalitsiyadan ortda qolayotgan edi.
1983 yil Bundestag saylovlarida kutilmagan hodisa “yashillar”ning muvaffaqiyati bo‘ldi. Ular 5,6 % ovozga ega bo‘lib, ilk bor Bundestagda o‘z fraksiyasiga ega bo‘ldi. Saylovda “yashillar” 1983 yil yanvarida partiyaning V s’ezdida qabul qilingan yangi dastur bilan chiqdi. Uning shiori quyidagicha edi:”Maqsadli mehnat qilish yakdillik bilan yashash. Ishsizlik va ijtimoiy huquqlarni cheklashga qarshi kurash”. O‘z harakatlarining eng muhim tamoyillarini saqlab qolgan holda “yashillar” o‘z dasturiga energetika, transport, uy-joy qurilishi, ishsizlik, inflyatsiya, ijtimoiy xizmatlar faoliyatini to‘xtatishga qarshi kurashga qaratilgan bir qator dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni kiritdi. “Yashillar” strategik maqsad sifatida ham inson, ham tabiatni ekspluatatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaydigan totuv va demokratik jamiyat, yangi “ekologik tuzum”ni barpo etishni maqsad qilib qo‘ydi.
“Yashillar”ning partiyaviy spektrning doimiy elementiga aylanishi GFRdagi butun siyosiy tizimini barqarorlashuvi uchun katta ahamiyatga ega edi. “Yashillar” partiyasi rahbarlari “parlament tashqarisidagi muxolifot”ni (ya’ni xalqaro Grinpis tashkilotiga intiluvchi radikal-ekologlarni, qonun chiqarish jarayonida qatnashishga harakat qiluvchi mo‘tadil “parlament qanoti”, urush va fashizmga qarshi kurashuvchi guruhlar, talaba faollari)ni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan “yangi ijtimoiy harakat”larni mamlakat siyosiy tizimiga qo‘shishning o‘ziga xos mexanizmi shakllandi. Bundan faqatgina o‘ng radikal guruhlar mustasno edi. Bu guruhlarning eng yirigi 1983 yilda tashkil qilingan Respublikachilar partiyasi edi. Uning dasturidan ekstremistik xarakterdagi millatchilik va qasoskorlik (revanshizm) o‘rin olgan edi. Terrorizm ilgarigidek barqarorlikka zarba beruvchi rol o‘ynardi.
Yangilangan xristian-demokratik harakatning siyosiy ustunligi butun o‘n yillik davomida yaqqol ko‘rindi. 1984 yil GFR prezidenti etib XDSning eng obro‘li rahbarlaridan biri Rixard fon Veyszekker saylandi. 1987 yildagi parlament saylovlarida XDS/XSS qanotining mavqei pasaydi. XDS 34,5% ovoz (174 mandat), XSS 9,8% ovoz (49 mandat)ga ega bo‘ldi. Ammo hukumat koalitsiyasi 9,1% ovoz (46 mandat) olgan EDP tufayli saqlab qolindi. 37% ovozga ega bo‘lgan GSDP fraksiyasi Bundestagda 187 mandatga ega bo‘ldi. Bu saylovlarda sotsialistlar elektoratining bir qismi rivojlanayotgan “Yashillar” partiyasi (8,3 ovoz, 42 mandat) ga ega bo‘ldi.
Tuzilmaviy siyosatning yangi elementi xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. Ammo g‘arbning boshqa ilg‘or mamlakatlaridan farqli o‘laroq nemis neokonservatorlari bu sohani ustivor deb hisoblamadilar. Xususiylashtirishning birinchi o‘n yilligi davomida G.Kol hukumati (1982-1992) byudjetdan atigi 10 milliard marka oldi, xolos. Shu bilan birga xalq xo‘jaligi faoliyatida katta rol o‘ynamaydigan, unchalik katta bo‘lmagan korxonalar xususiylashtirildi. Kichik va o‘rta biznesga nisbatan yuritilgan rag‘batlantirish siyosati muhimroq rol o‘ynadi. Bu siyosatning asosiy usuli korporativ mablag‘ga cheksiz imtiyozlar beruvchi soliq-moliya islohotini amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida asosiy e’tibor yirik ishlab chiqaruvchilarga qaratildi. Kol hukumati qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar sonini qisqartirishga ( u 80-yillarning oxiriga kelib, iqtisodiy faol aholining 4,5% gacha tushib qoldi) e’tibor qaratdi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlari qisqartirildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining o‘sishi ekinlarning yangi serhosil navlarini yaratish va chorva mollari zotlarini seleksiya qilish, ekinlarni kimyoviy himoya qilish vositalarini yangilash va ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish hisobiga ta’minlandi.
Kol hukumati ichki siyosatining yutug‘i ko‘p jihatdan xo‘jalik iqtisodiyoti doirasida o‘sish fazasi boshlanganligiga bog‘liq edi. Ishlab chiqarishning inqirozdan chiqishi 1983 yildan boshlandi va keyingi 8 yil davomida ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sib bordi. O‘sish cho‘qqisi 1990 yilga to‘g‘ri keldi, YaIM o‘sishi o‘sha yili 4,5%ni tashkil etdi. Ayniqsa, mashinasozlik, avtomobil, kimyo, elektrotexnika sohalari yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Eksport hajmi bo‘yicha GFR AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Sanoat ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida eksportning tez o‘sib borishi tashqi savdoning barqaror oshirib borishga imkon berdi. 1990 yilda tashqi savdo miqdori 148,5 milliard markani tashkil etdi (ikki yil oldin 128 mlrd.marka edi). Ishsizlik darajasi sekin, ammo bir maromda pasaya bordi. 1990 yilga kelib ishsizlik o‘n yil ichida ilk bor 2 mln. kishidan (iqtisodiy faol aholining 7%i) kamroqni tashkil etdi. GFR moliyaviy tizimining barqarorligi markaning xalqaro hisob-kitoblardagi rolining saqlanib qolishiga imkon berdi.
Tashqi siyosatdagi ustivor yo‘nalishlar G.Kol tomonidan kansler lavozimi uchun kurash davridayoq e’lon qilingan edi. U GFRning demokratiya va xalqaro huquq tizimini mustahkamlashga, Atlantik yakdillik prinsipiga rioya qilishga, NATO a’zolari o‘rtasida teng huquqli munosabatlarga erishishga intildi. G.Kol GDR suverenitetini so‘zsiz tan olar, ammo ikkita nemis davlati o‘zaro munosabatlarining (“Germaniya masalasi”) xalqaro-huquqiy xarakterga ega bo‘lishini noto‘g‘ri deb hisobladi. G.Kol hokimiyat tepasida bo‘lishining ilk yillarida NATO dagi strategik sheriklari bilan munosabatlarni mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Mamlakatda urushga qarshi harakatlarning avj olishiga qaramasdan Kol hukumati GFR hududida AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchiriladigan yadro raketalarini joylashtirish bo‘yicha tuzilgan barcha shartnomalarga qat’iy rioya qildi. G‘arbiy Germaniya diplomatiyasi Buyuk Britaniyaning Folklend (Malvin) orollari uchun kurashini va AQShning Grenadaga botirib kirishini ma’qulladi. Kol hukumati strategik mudofaa tashabbusi (SMT) dasturiga qo‘shildi. 1986 yil Reykyavikda bo‘lgan AQSh-SSSR oliy darajadagi muzokoralarida Reyganning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. G.Kol tashqi ishlar vaziri lavozimini o‘zida saqlab qolgan Gensherning faol qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, Yevropada rivojlanish jarayonining yangi bosqichini boshlashga katta hissa qo‘shdi. Kol 1989 yilgi “Evropa Ittifoqi to‘g‘risidagi deklaratsiya”ning imzolanishida ishtirok etdi. 1984 yildan Fransiya G‘arbiy Germaniya aloqalari faollasha bordi.
80-yillar o‘rtalaridagi xalqaro munosabatlar xarakterining o‘zgarishi bilan GFRning global siyosatiga tuzatishlar kiritildi. G.Kol oliy darajadagi Sovet-Amerika muloqotini faol qo‘llab-quvvatladi. U kichik va o‘rta masofaga uchuvchi yadro raketalarining qisqartirilishi tarafdori bo‘ldi. 1988 yil oktyabrida G.Kolning Moskvaga safari va 1989 yil iyunidagi M.Gorbachevning javoban tashrifi ikkala mamlakat rahbariyati o‘rtasidagi samarali muloqotga zamin yaratdi. Sovet-GFR hamkorligining asosiy yo‘nalishlaridan biri SSSRda yashovchi nemis millatiga mansub fuqarolar taqdiri, ularning tarixiy vataniga qaytishlarini qonuniylashtirish va ta’minlash muammosi bo‘ldi. Keyinchalik, SSSR hududida bo‘lgan siyosiy o‘zgarishlarga qaramasdan Sovet-Germaniya aloqalarining ijobiy barqarorligi saqlanib qoldi. Bu samarali hamkorlik G‘arbiy Germaniya diplomatiyasining asosiy masalalari bo‘lgan Germaniyani birlashtirish muammosining hal etilishini ancha yengillashtirdi.




Download 306.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling