Mavzu: intellektual o’lchash asboblari va tizimlarining kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlari va istiqbollari reja
Fanning qisqacha rivojlanish tarixi va rivojlanish tendensiyalari, uning fan va texnikaning rivojidagi ahamiyati va roli
Download 70.01 Kb.
|
intellekt 7
2.Fanning qisqacha rivojlanish tarixi va rivojlanish tendensiyalari, uning fan va texnikaning rivojidagi ahamiyati va roli.
Avtomatik qurilmalar (avtomatlar) sanoat inqilobi davrida ham qo‘llanilgan. Rossiyada bu – tokarlik-nus’halash dastgohi uchun A. Nartovning avtomatik supporti (dastgohning kesishga mo‘ljallangan qismi); I. Polzunovning eng ko‘p tarqalgan qalqovichli sath rostlagichi; Angliyada – markazdan qochma Uatt rostlagichi; Fransiyada – Sh. Shakkarning dasturiy boshqaruvli to‘quvchilik dastgohi. Dastlabki avtomatik qurilmalar mexaniq rostlash tamoyiliga asoslangan. Rostlagichlarda ijro organining ko‘chishi uchun sezgir element, ya’ni rostlanuvchi parametrning ta’sirini qabul qiluvchi qurilma orqali kuchaytirib beriladigan kuchdan foydalanilgan. Mashinalarning yagona quvvati oshishi bilan, sezgir elementlarning kuchi ijro organini siljitish uchun yetarli bo‘lmay qoldi. Elektrotexnikaning rivojlanishi va uning amalda qo‘llanilishi, elektr bilan ishlaydigan yangi turdagi avtomatlarning asosi bo‘lgan qator kashfiyot va ixtirolarning paydo bo‘lishiga olib keldi. XIX asrning 70-yillarida V.N. Chikolev va P.N. Yablochkovlar tomonidan taklif etilgan elektr rostlagichlar elektr yoyli chiroqlarni tayyorlashning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini berdi va o‘zining istiqbolli ekaniligini ko‘rsatdi. 1830 yilda P.L. Shilling tomonidan elektrmagnitli releni ixtiro qilinishi bilan avtomatik boshqarish va rostlashning releli sxemalarini yaratilishiga asos solindi. Elektr chiroqlari, yarimo‘tkazgichli asboblar, funksional mantiqiy elementlar, katta integral sxemalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan yanada zamonaviyroq va murakkabroq avtomatlar yaratila boshlandi. Inson ishtirokisiz faqatgina bitta funksiyani bajaruvchi mexanizmlardan iborat avtomatlar nazorat qilish, rostlash va boshqarish funksiyalarini bajaruvchi murakkab avtomatik qurilmalarga aylantirildi. Sanoat, energetika va kosmonavtikadagi ayrim avtomatlarning o‘rniga avtomatik majmualar qo‘llanila boshladi. 1944 yilda paydo bo‘lgan elektron hisoblash mashinalari (EHM) inson faoliyatining yangi sohalari – hisoblash jarayonlari, ilmiy tadqiqot, loyihalash, rejalashtirish va shu kabilarni avtomatlashtirish imkonini berdi. EHM lar takomillashtirilishi bilan korxonalarni butunlay avtomatlashtirish imkoni tug‘ildi, bugungi kunga kelib esa halq xo‘jaligining ayrim sohalarini butunlay avtomatlashtirilgan boshqarish tizim (ABT) lari yaratilmoqda. Avtomatika ko‘proq, mashinasozlik, maishiy-xizmat ko‘rsatish korxonalari va fuqarolik-turar joylari qurilishida qo‘llanilmoqda. Turli vazifadagi nasos stansiyalari to‘la avtomatlashtirildi. Binolarning muhandislik jihozlari va liftlarning ishlashini nazorat qiluvchi birlashgan dispetrcherlik xizmati (BDX) keng tarqaldi. Avtomatikaning jadal rivojlanishi uning fan va texnikaning mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqish zaruriyatin keltirib chiqardi va bu 1930 yilda Ikkinchi halqaro energetik anjumanda amalga oshirildi. Avtomatikaning nazariy asoslari bo‘lib, ko‘pgina olimlarning avtomatik rostlash sohasidagi ishlari xizmat qildi. Chiziqli avtomatik rostlash nazariyasining asoschisi I.A. Vishnegradskiy hisoblanadi. I.A. Vishnegradskiyning ishi A.M. Lyapunov, N.J. Jukovskiy, Yu.I. Neymark va bir qator atoqli olimlar guruhi – N.I. Voznesenskiy, M. Mixaylov, V.S. Kulebakin, A.A. Andronov, V.V. Solodovnikov, V.A. Besekerskiy va boshqalar tomonidan davom ettirildi. A.N. Krilov, I.S. Bruk, L.I. Gurenmaxer, S.A. Lebedev, V.Ya. Bazilevskiy va boshqalarning ishlari hisoblash texnikasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. V.A. Kotelnikov, A.A. Harkevich, V.N. Sidorov, N.A. Jeleznov, I.M. Teplyakov va boshqa olimlar axborotlarni uzatish nazariyasi rivojiga katta hissa qo‘shdilar. Xorijlik olimlardan, Maksvell, Rauss, Gurvis, Naykvist, Viner va boshqalarning ishlari avtomatik rostlash nazariyasining yaratilishi va rivojida katta rol o‘ynadi. Avtomatikaga qisqa va shu bilan birgalikda aniq ta’rif beramiz. Avtomatika – bu ma’lum jarayonlarning amallarini bajarishda inson ishtirokini inkor etadigan usullar va texnik vositalar to‘plami. Download 70.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling